Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Gimnastikaga_ilk_qadam

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida "Gimnastikaga ilk qadam” festivaliga start berildi.

Bundan ko’zlangan maqsad — badiiy gimnastikani ommalashtirish va keng targʻib qilish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarini gimnastika sport turi bilan muntazam shugʻullanishga jalb etishdan iborat.

📍 Unda bog’chalarning 5-6 yoshli tarbiyalanuvchilar ishtirok etishmoqda.

Festival davomida bolaning aqliy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda oʻzini namoyon qilishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

✔️ Festivalning tuman (shahar) bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarga viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanma beriladi.
_____
Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Gimnastikaga_ilk_qadam

Toshkent shahrida “
Gimnastikaga ilk qadam” festivalining final bosqichi boʻlib oʻtdi

Bugun Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi bilan hamkorlikda poytaxtdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Gimnastikaga ilk qadam” festivalining final bosqichi oʻtkazildi.

Festivalda Toshkent shahrining tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 12 ta jamoaning 120 nafar tarbiyalanuvchilari o'zaro kuch sinashishdi.

❗️Yakuniy natijalarga ko'ra, Olmazor tumani 201-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining “Oʻzbegim qizlari” jamoasi mutlaq gʻolib deb topildi.


Festivalda faol ishtirok etgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoalariga “Eng yaxshi kompozitsiya”, “Eng yaxshi dinamika”, “Eng yaxshi obraz”, “Eng yaxshi xoreografiya”, “Eng yaxshi gimnastika elementlaridan foydalangan jamoa”, “Takrorlanmas kompozitsiya”, “Eng uygʻun jamoa”, “Eng hissiyotli jamoa”, “Eng yaxshi texnik harakatlar”, “Eng jozibador libos”, “Eng ahil jamoa” nominatsiyalari berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM