#Xorijiy_hamkorlik
#Bryussel
🔴 Ayni damda Belgiyaning Bryussel shahrida Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkilotining Boshqaruv Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.
📍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti Boshqaruv Kengashi a’zosi Usmon Sharifxodjayev ham ishtirok etmoqda.
✔️ Kengash doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida ishlab chiqilgan va 2023-2026 -yillarga mo‘ljallangan Milliy Yo‘l xaritasi (National Compact) taqdimoti bo'lib o'tdi. Bundan tashqari, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qilindi.
❗️ Shuningdek, tadbir davomida vazirlik delegatsiyasi va Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti raisi Djakaya Kikvekeva, UNESCO Bosh direktori o‘rinbosari Stefaniya Janini hamda UNICEFning Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Global direktori Robert Jenkins bilan istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jakaya Kikveke O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, tashkilotning o'zaro hamkorlikka tayyor ekanligini ta'kidladi.
❕Ma'lumot uchun, Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti xalqaro tashkilot bo‘lib, unga 100 dan ortiq mamlakat va donor tashkilotlar, xususan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, UNICEF, UNESCO kabi tashkilotlar a'zo hisoblanadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱 Telegram | 📹 Youtube | 📒 Facebook | 📸 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Bryussel
UNICEF tashkilotining Ta’lim sektori rahbari Robert Jenkins va UNESCO Bosh kotibi o‘rinbosari Stefaniya Janini bilan muhokamalar bo'lib o'tdi
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev Belgiyaning Bryussel shahrida bo'lib o'tayotgan Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkilotining Boshqaruv Kengashi yig'ilishida ishtirok etayotganligi haqida xabar bergandik.
📍 Mazkur yig'ilish doirasida Usmon Sharifxodjayev UNICEF tashkilotining Ta’lim sektori rahbari Robert Jenkins bilan uchrashdi. Robert Jenkins O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni ijobiy baholab, UNICEF bu borada har qanday ko‘makka tayyor ekanligini bildirdi.
Tomonlar uchrashuv davomida inklyuziv ta’limni joriy etish dasturini ishlab chiqish va uni xalqaro ekspertizasini o‘tkazish, inklyuziv ta’lim yo‘nalishida hamkorlikda konferensiya tashkil etishga kelishib olishdi.
❗️ UNESCO Bosh kotibi o‘rinbosari Stefaniya Janini bilan uchrashuvlar chog'ida, Janini xonim 2022-yil noyabr oyida O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘tkazilgan xalqaro anjuman yuzasidan O‘zbekiston hukumatiga yana bir bor o‘z minnatdorchiligini bildirib, Toshkent deklaratsiyasi rasman UNESCO qarorgohida tasdiqlanganligini va e’tirof etilganligini qayd etdi.
📍 O‘z navbatida uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikda maktab ta’limi pedagoglarini kasbiy rivojlantirish bo'yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishishdi.