Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
97.5K subscribers
24.1K photos
6.41K videos
144 files
13.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Eko_maktab

EKOLOGIK MADANIYAT - DAVR TALABI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Suvni tejang” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Dars jarayonida o‘quvchilar 3 guruhga bo‘linib, o'zlari tayyorlagan taqdimotlarni namoyish etishdi. Jumladan, 1-guruh “Yashil rangni saqlash uchun ko‘k rangni tejang!”, 2-guruh “Suv yo‘q – hayot yo‘q!”, 3-guruh esa “Suvni tejaydiganlardan bo‘l, isrof qiluvchilardan emas!” shiori ostida o'z loyihalarini ko'rsatib berishdi.

❗️Keyingi bosqichda o‘quvchilar “Gidrosferani saqlash”, “Orolni asrab qolish” hamda “Suvni tejash” masalalari bo‘yicha o'z yechim va takliflari haqida taqdimot qilishdi.

✔️Mashg‘ulot so‘ngida o‘quvchilar bergan xulosa va takliflar umumiylashtirildi. Bunda har bir o‘quvchi har kungi iste’mol qiladigan suvni tejashi va bu uchun har birimiz ekologik madaniyatga ega bo‘lishimiz muhim ekanligi ta'kidlandi.

#Сувни_тежайдиганлардан_бўл_исроф_қилувчилардан_эмас

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram