Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI XORAZMDA

🌍Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Respublika bo‘ylab yil davomida bo’lib o’tadigan "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⌨️Festival Xorazm viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili)

Eslatib oʻtamiz, festivaldan maqsad:
📌to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
📌ichki turizmni rivojlantirish,
📌tajriba almashish,
📌to‘garaklar faoliyati bilan tanishish,
📌madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
📌ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etishdan iborat.

🌐Festivalda Xorazm viloyatidan umumiy 19 mingdan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

🎉Tanlov kuy-qoʻshiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-o’quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yaxshi natija qayd etgan TOP-10 maktablar ro’yxati e’lon qilindi

📊 Jumladan:

✔️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
✔️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
✔️ Toshkent shahridagi Temurbeklar maktabi — uchinchi o’rinda — 152,29 ball;
✔️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
✔️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
✔️Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
✔️Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
✔️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
✔️Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball;
✔️ Farg’ona viloyati chet tillarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi oʻninchi oʻrinda147,33 ball.

👉
Batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Koreya davlatining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Koreya tomoni bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, investitsiya va grant mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish, koreys tilini ikkinchi chet tili sifatida rivojlantirish haqida so’z yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#ikkinchi_bosqich

⚡️PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BO’LIB O’TDI

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilindi.

✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

💫 Imtihonda ishtirok etgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda tanlov gʻoliblarini samimiy tabrikladi.

Yuqori malakali metodist-tarbiyachi va tarbiyachilarni aniqlash hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda umumiy hisobda 11 320 nafar tarbiyachi ishtirok etdi.

Tanlovning yakuniy bosqichida 82 nafar iqtidorli tarbiyachilar 6 ta nominatsiya doirasida oʻzaro bahs olib borishdi. Natijalarga koʻra, har bir yoʻnalish boʻyicha 3 nafardan, jami 18 nafar ishtirokchi gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Belgilangan 4 ta nominatsiya boʻyicha birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun maxsus tavsiyanoma bilan taqdirlanishdi.

Tanlov gʻoliblarining toʻliq roʻyxati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM