Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimida qatnashdim.

Ishtirokchilarning yuz-koʻzidagi ishonch, oʻz kasbiga boʻlgan mehr-muhabbatini koʻrib, rosti mening ham quvonchim ortdi.

Tanlovning yakuniy bosqichida 82 nafar iqtidorli tarbiyachi 6 ta nominatsiya doirasida bellashdi. Natijalarga koʻra, har bir yoʻnalish boʻyicha 3 nafardan, jami 18 nafar ishtirokchi gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Barcha gʻolib tarbiyachi ustozlarimizni samimiy tabriklab qolaman.
#imtihon_natijalari_2024
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:


🤖 @Ijod_natija_2024_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
🟨🟨🟨🟨🟨

Joriy yilning 21-29-iyul kunlari Eronda tashkil etilgan 54-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) da Nukus shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o'quvchisi Javohir Sadullayev  bronza medalini  qo'lga kiritdi.

Ushbu yutuq bilan o‘quvchimizni va ota-onalarini hamda ustozlarini muborakbod etamiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Фарғона

Bugun Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan 5 kunlik seminar-treningning ochilish marosimi bolib otdi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etdi hamda hududdagi ta'lim tashkilotlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, istiqboldagi rejalar hamda yangi loyihalar haqida so‘z yuritdi.

Ochilish marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov va shahar hokimi Shukrulloxon Nisbatullayev ham ishtirok etdi.

Seminar-treninglarda:

"O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish";
"Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini tashkil etish";
"Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari";
"Yurtimizda olib borilayotgan xalqchil siyosatning mazmun-mohiyati: murojaatlarni ko‘rib chiqishda rahbarlarning mas’uliyati" kabi mavzularda so‘z bormoqda.

Trening mashg‘ulotlari joriy yilning 4-avgustiga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024

Yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

📣 ERTAGA soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bagʻishlangan JONLI MULOQOT tashkil etiladi.

Unda vazirlik boshqarma boshligʻi Sardor Rahimboyev hamda masʼul xodimi Hasan Ubaydullayev mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtadi.

👉 Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟨🟨🟨🟨🟨

O'zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida
🥇 1 ta oltin, 🥈 2 ta kumush, 🥉 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 21-30-iyul kunlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 🥇 1 ta oltin, 🥈2 ta kumush, 🥉 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Sovrindorlar bilan tanishing:

🥇Daler Rahimov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-sinf o'quvchisi - OLTIN MEDAL;
🥈Axror Baxodirov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o'quvchisi - KUMUSH MEDAL;
🥈Saida Abdullayeva – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM  11-sinf o'quvchisi - KUMUSH MEDAL;
🥉Mirjahon Muxammadov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-sinf o'quvchisi - BRONZA MEDAL.

Ushbu yutuq bilan o‘quvchilarimizni va ota-onalarini hamda ustozlarini muborakbod etamiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

❗️Joriy yilning 9-10-iyul kunlari  Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✳️BUXORODA O‘TGAN “MEHNAT YARMARKASI” JARAYONIDA 220 NAFAR YOSH MUTAXASSISLAR MAKTAB HAMDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA ISHGA JOYLASHDILAR

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan shahar va tuman bo‘limlari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi” o‘zi sevgan kasbda faoliyat yuritishni maqsad qilgan oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishi bitiruvchilari uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-07-29-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |