Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Toshkent_viloyatiga_tashrif

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo’ldi.

🏫1975-yilda qurilgan mazkur maktab tumanning Beshyuz MFYsi Nafosat ko‘chasida, tuman markazidan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan.

2005-yilda kapital rekonstruksiya qilingan. 240 o‘ringa mo‘ljallangan maktabda bugungi kunda 352 nafar (1,6 koeffitsent) o‘quvchi ta’lim olmoqda.

📝Tashrif davomida ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning toifa va malakalarini oshirishga, chet tili o‘qituvchilariga sertifikat olishda keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar berildi.

🏘Keyingi manzil Beshyuz MFYda  faoliyat ko'rsatayotgan 2 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti bo'ldi.

❗️
Ulardan birining sharoitlari qoniqarsiz darajada ekani qayd etilib, jihozlash past darajada va qator antisanitar holatlarni hisobga olib, MTT faoliyatini to'xtatib turish bo'yicha topshiriq berildi.

Ikkinchi oilaviy MTT esa 22 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, sharoitlar a'lo darajada. Shu boisdan, uni 50 o'rinli qilish uchun direktor amaliy yordam choralarini ko'rishini ma'lum qildi.

🔸Shuningdek, A.Shin Bekobod pedagogika kollejida davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.

✔️Unda bolalar ta'lim-tarbiyasi hamda ovqatlanishni yaxshilash bo'yicha qator takliflar ilgari surildi.

Kollej faoliyatiga to’xtalganda esa 600 o'rinli o'quv maskanining 140 o'rinda ishlayotganiga tanqidiy baho berildi.

Kollejda pullik xizmatlarni rivojlantirish yo'nalishida, xususan nodavlat MTT lari o'rtasida ko'rik-tanlovlar tashkil etish, bo'sh turgan binolarda MTT ochish kabi tavsiyalar berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Ayni damda “Menejerlik o’quv kurslari”ning ilk bitiruvchilariga sertifikat topshirish tadbiri
bo’lib o’tmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ochib berib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

📣"Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!

25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.

📍 Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:

Offlayn yo'nalishlar:
3D dizayn,
Raqamli dizayn,
Startup loyihalar,
Grafik dizayn.

Onlayn yo'nalishlar:
Python,
Sun'iy intellekt (AI),
Frontend (React.js),
Web dizayn,
Back-end (.Net),
Back-end (Go),
Mobile flutter.

❗️Shoshiling!

👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz/

✔️Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.

⚡️ Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari-2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.

Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!

👉Batafsil: https://t.iss.one/digitalgeneration_uz

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from my.gov.uz
📣Eʼlon!

❗️my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

📱21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

⚙️ Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

🟡 Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!

📱Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun “Menejerlik o‘quv kurslari”ning ilk 64 nafar bitiruvchilariga sertifikat topshirdik.

Bilasiz, bu yildan umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyotini yo‘lga qo‘ydik.

1 oy davomida nomzodlar amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, liderlik va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.

Mazkur o'quv kursida jami 105 nafar nomzodlar o'qishdi. Shundan mashgulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan 64 nafar
"ilk qaldirgochlar" sertifikatga ega bolishdi.

Shuni alohida ta'kidlashni istardim, har qanday sohada bo'lgani kabi ta'limda ham samarali boshqaruv tizimning rivoji uchun juda muhim.

Chunki, direktorning o'zi ijodkor, zamonaviy ko‘nikmalardan xabardor va yangiliklarni qo'llab-quvvatlaydigan bo'lsagina, jamoaning tashabbuslari qo'llab-quvvatlanadi. Yangiliklar yaratiladi.

Umid qilamanki, bu tizim ko‘plab iqtidorli rahbarlarni, ta'lim tizimiga katta hissa qo‘shuvchi chinakam fidoyi kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Biz esa ularni butun faoliyatlari davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi

❗️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2024-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.

👉 IV oʻquv chorak darslari 2024-yil 28-mart kunidan boshlanadi.
__________

Весенние каникулы школьников начинаются с 21 марта

Согласно Положению, утвержденному Постановлением Кабинета Министров от 15 марта 2017 года № 140 «Об общем среднем образовании» весенние каникулы в общеобразовательных школах в нашей стране начинаются 21 марта и длятся до 27 марта 2024 года (7 календарных дней).

Занятия IV учебной четверти начнутся с 28 марта 2024 года.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” bosh gʻoyasi asosida madaniy-maʼrifiy tadbirlarga start berildi.

👉 Tadbirlarni milliy qadriyat va anʼanalarimiz, zamonaviy tajribalar asosida hamda yuqori saviyada tashkil etish uchun 4 ta yoʻnalishdagi loyiha va tanlovlar oʻtkaziladi:


Xalq sayllari:

“Kim oladi-yo....”, “Chillak”, “Varrak”, “Eshak mindi”, “Lanka”, “Oq terakmi, koʻk terak”, “Arqon tortish”, “Koʻz bogʻlar” oʻyinlari

Keksalarni eʼzozlash haftaligi:

“Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganini pari bilmas”, “Uch avlod uchrashganda”, “Milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalar” kabi mavzularda uchrashuv va davra suhbatlari

Sogʻlom turmush tarafdorimiz aksiyasi:

“Besh tashabbus Navroʻzda”, “Milliy kurash”, “Polvonlar bellashuvi”, “Yelkada kurash” sport musobaqalari

Ekologiya yoʻnalishi:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi, “Ekopatrul” loyihasi, “Eng obod taʼlim muasssasasi”, “Obod maktab” ekologik tanlovlari.

✔️ Mazkur tadbirlarga respublikadagi mavjud 10 182 ta taʼlim muassasisidagi 4.5 mln. nafar oʻquvchi-yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Mehrli Maktab" loyihasi doirasida MMTV «УчимЗнаем» gospital maktablar loyihasi bilan birgalikda Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Nukusdagi "Mehrli Maktab" gospital maktablarining pedagogik xodimlari uchun onlayn ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazdilar.

Gospital pedagogika sohasidagi tajribali mutaxassis va ekspert asosiy e’tiborni uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan bolalar bilan kommunikatsiya qilish va ota-onalar bilan individual ishlash masalalariga qaratdi. Mashg‘ulot ishtirokchilari amaliyotda yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha faol savollar berib, tajriba almashishga tayyorligini hamda o‘z o‘quvchilari uchun yanada samarali va g‘amxo‘r pedagog bo‘lishga intilishini namoyish etdilar.

В рамках проекта Mehrli Maktab МДШО совместно с проектом госпитальных школ «УчимЗнаем» провели онлайн лекцию для педагогического состава госпитальных школ Mehrli Maktab из Ташкента, Андижана, Ферганы и Нукуса.

Главный акцент опытный специалист и эксперт в области госпитальной педагогики сделал на коммуникации с детьми, проходящих длительное лечение и индивидуальной работе с родителями. Участники лекции активно задавали вопросы, возникающие в практической деятельности, проявляя готовность к обмену опытом и желание стать более эффективными и заботливыми педагогами для своих учеников.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Sherzodxon Qudratxo‘ja
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustoz

"Ustoz — otangdan ulug‘". Bu ustozlarga nisbatan aytilgan tashbehdir.

Ustozi yo‘qning ustozi shaytondir.

Jamiyatda bo‘layotgan voqealar uydagi tarbiyaning oyinasi.

@SherzodxonQudratxoja
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matematika va Fizika fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichining ikkinchi tur jarayonlariga start berildi.

Jarayonlarni quyidagi havolalar orqali kirib kuzatishingiz mumkin.
Matematikadan👉 @jonliefirfizmat
Fizikadan👉https://meet.google.com/jed-jjrp-bis

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM