Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
100K subscribers
23.4K photos
6.31K videos
142 files
13.2K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichiga start berildi

Avval xabar berganimizdek, o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi eʼlon qilingan edi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni mazkur tanlovning respublika bosqichiga start berildi.

❗️Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maktablarining 2 nafardan ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Tanlovning 1-sharti, “Ustoz dilidagi o‘ylar” mavzusida esse yozish bilan boshlandi.

17-oktabr kuni “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak учун poydevor” shiori ostida “O‘zbek tili” va “Ona tili” fanlaridan mahorat darsini o‘tkazish bilan davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.

Gulu niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan kelajakka bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.

Erkin Vohidov
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
😊 Barchaga salom!
Kechagi so‘rov yakunlarini sarhisob qilamiz.
Faqat yarmingiz savolga to‘g‘ri javob bera oldingiz.
Qishloq xo‘jaligida dunyodagi chuchuk suv hajmining 72 foizga yaqini sarflanadi! 16 foizini shaharlar va aholi yashash maskanlari hamda 12 foizini sanoat ishlatadi.
Kichik so‘rovimizdan qanday saboq chiqarish mumkin?
1. Suv zaxiralarini asramoqchi bo‘lsak, qishloq xo‘jaligidan boshlashimiz kerak.
2. Suvdan foydalanish sohasidagi bilimlarimizni oshirishimiz lozim. 😉

Shuning uchun "Zamin" fondi, MMTV, Yoshlar agentligi va FAOning "Yosh fermer" qo‘shma loyihasi doirasida 20 oktyabr kuni juda qiziqarli "Suv hayot uchun. Suv oziq-ovqat uchun" nomli ish daftarini e’tiboringizga taqdim etamiz. Unda suvni asrash bo‘yicha ko‘plab qiziqarli faktlar va amaliy misollar to‘plangan.

#YoshFermer
#SuvHayotUchun
#SuvOziqOvqatUchun

😊 Всем привет!
Подводим итоги вчерашнего опроса.
Лишь половина из вас верно ответила на вопрос.
Сельское хозяйство использует около 72% общего объема пресной воды по всему миру! Города и населённые пункты — 16% и промышленность использует 12%.
Какие два вывода напрашиваются из нашего мини-опроса?
1. Если мы хотим сохранить запасы воды, то начинать нужно с сельского хозяйства.
2. Знания в области водопользования нам нужно углублять. 😉

И в рамках совместного проекта Фонда Zamin, МДШО, АДМ и ФАО «Юный фермер» 20 октября мы представим вам очень интересную рабочую тетрадь «Вода для жизни. Вода для продовольствия». В ней собрано масса интересных фактов и практических примеров по сохранению воды.

#ЮныйФермер
#ВодаДляЖизни
#ВодаДляПродовольствия

Zamin | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

Vazirlik delegatsiyasi Koreyada tajriba almashmoqda

🔴Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan tajriba almashinuvi bo‘yicha seminar-treninglarda ishtirok etishmoqda.

Yig‘ilishni Seul ta'lim departamentining ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha boshlig‘i Xan Nyen Gyi ochib berdi. Unda ikki mamlakat ta'lim tizimi o‘rtasidagi o‘xshashliklar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

❗️Shuningdek, treninglar doirasida sun'iy intellekt bo‘yicha mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Mehrli_maktab

Gospital maktablar pedagoglari malaka oshirishdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Rossiyaning "УчимЗнаем" gospital maktabi bilan hamkorlikda gospital maktablar pedagoglari uchun kasbiy rivojlantirish amaliyot dasturi tashkil etildi.

Unda "Uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun ta’lim muhitini yaratish” ijtimoiy loyihasi va ikki davlat ta'lim tizimidagi gospital maktablar tajribasi muhokama qilindi.

⚡️Shuningdek, "Mehrli maktab" va Rossiyaning A.I.Gersen pedagogika universiteti filiali o'rtasida talabalarning amaliy mashg'ulotlarini o'tkazish to'g'risida memorandum imzolandi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1295

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Tanlov_fanlari

Umumta'lim maktablarida tanlov fanlarining joriy etilishi jarayonlari "Mening yurtim" telekanalining "Hudud" informatsion dasturida yoritildi.

Unda oqituvchi, oquvchi hamda ota-onalar mazkur tizimning afzalliklari haqida so‘z yuritishdi.

Ma'lumot o‘rnida: bu yil tanlov fanlari tajriba-sinov tariqasida Respublikamiz bo‘ylab 135 ta maktabda joriy etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

YASHIL MAKON LOYIHASI “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABLARIDA!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish boʻyicha "Eko barkamol maktab" aksiyasini e'lon qiladi.

📌Bugun aksiya doirasida Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi bog' yaratishni boshladi.

🌱Jamoa tomonidan 10 tup mevali, 50 tup manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Siz ham #Yashil_makon umummilliy loyihasida daraxt koʻchatlari ekish boʻyicha "Eko barkamol maktab" aksiyasiga qoʻshiling va daraxt eking!

☝️Tabiatni birgalikda asraylik!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM