Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.9K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bormi?

Yangilanayotgan Konstitutsiyada ta’lim olish huquqlarga oid 9 ta eng muhim yangiliklar belgilanmoqda

1. Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

2. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

3. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

4. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.

5. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

6. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

7. Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.

8. Oliy ta’lim tashkilotlari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.

9. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichi.

Xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichi Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida quyidagi grafik asosida tegishli fanlardan belgilangan sanalarda tashkil etiladi.

📘Matematika — 5,6 hamda 8-9-aprel kunlari;
📙Fizika — 8-9-aprel kunlari;
📕Kimyo — 15-16-aprel kunlari;
📗Biologiya — 29-30-aprel kunlari;
📔Informatika va AT —
29-30-aprel kunlari;

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
#Xorijiy_hamkorlik

XORIJIY HAMKORLAR BILAN 2026-YILGACHA TA’LIM SOHASINI ISLOH QILISH BO’YICHA YO‘L XARITASI IMZOLANDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE), UNICEF hamda milliy va xalqaro hamkorlar ishtirokida 2023-2026-yillarda ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade hamda xalqaro va mahalliy hamkorlar ishtirok etishdi.

✔️ Mazkur Yo‘l xaritasi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda birgalikda ish olib borish ko’zda tutilmoqda:

🔹o’qituvchilar malakasini oshirish,
🔹o’quvchilar bilimini adolatli baholash tizimini joriy etish,
🔹maktablarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash,
🔹zamonaviy darsliklar ishlab chiqish va joriy etish,
🔹ta’limda boshqaruv tizimini takomillashtirish.

❗️Davra suhbati davomida vazirlik va xalqaro hamda mahalliy hamkorlar o’rtasida Yo’l xaritasi imzolandi.

Endilikda mazkur Yo‘l xaritasi 54 ta hamkor tashkilotni birlashtirib, ta’lim sektoridagi islohotlarni amalga oshirish uchun aniq dasturni ta’minlaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Уважаемые родители!

❗️  Переводить ребенка из школы в школу стало легко и удобно

📍В целях предоставления для вас больше удобств на платформе
my.maktab.uz разработана еще одна государственная услуга!

🎓 Теперь на платформе 🇺🇿Министерства дошкольного и школьного образования my.maktab.uz у вас есть возможность подать заявку на онлайн-перевод вашего ребенка в другую школу, расположенную в любом регионе страны, в том числе в школы города Ташкента, Республики Каракалпакстан и областных центров.

👨‍💼Более подробную информацию вы можете получить с помощью этого видео-инструктора, а также через телеграм-канал @mymaktab_uz или по телефону ☎️ 71 203-07-04.

🌐 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farg‘ona maktablarida bo‘ldi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev Marg‘ilon shahridagi maktablarda bo‘ldi.

Dastlab vazir o‘rinbosari shahardagi 11-maktabda bo‘lib o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

Ta’lim muassasasida tashkillangan noan’anaviy ota-onalar majlisida ishtirok etdi.

Tadbir doirasida tashkillangan madaniy dasturda o‘quvchilar Vatanni, ota-onani madh etuvchi she’rlarni yoddan aytib, qo‘shiqlar ijro etishdi.

Shuningdek, shahardagi ixtisoslashgan maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayoni bilan tanishdi.

Dilshod Kenjayev shu kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida yangi bunyod etilgan qo‘shimcha o‘quv binosi va o‘quvchilar yotoqxonasidagi sharoitlar va imkoniyatlar, tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur tomoshasida qatnashdi.

Tadbirda so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, jumladan, kelajak avlodga ko‘rsatilayotgan e’tibor va rag‘bat, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi g‘amxo‘rliklar xususida gapirdi.