Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.9K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

📣 PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR-3

Xorijning yetakchi OTMlariga kirish uchun "motivation letter" qanday yozilishini bilasizmi?

Bu insho turi nega kerakligi, ahamiyati haqida to'laqonli ma'lumotga ega emasmisiz?

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Аxborot xizmati tomonidan yo'lga qo'yilgan "Maktab maslahatchisidan tavsiyalar" ruknining navbatdagi sonida bu haqda batafsil ma'lumot berilmoqda.
________

👉Video Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi tomonidan tayyorlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

📌“KITOBXONLIK FESTIVALI” QORAQALPOG‘ISTONDA

⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Kitobxonlik festivali" o‘tkazildi.

⚡️Ushbu festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandilar:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

🪩🎼Festivalda “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar va kitob koʻrgazmalari tashkil etilib, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar orqali festival haqiqiy bayramona tus oldi.

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro matematika olimpiadasi
jamoasi bilan kuchaytirilgan o’quv mashg’ulotlarini olib borish uchun xorijiy mutaxassis taklif qilindi

Ayni kunlarda nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning yakuniy bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Saralash bosqichi uchun boshqa olimpiadalarda foydalanilmagan yangi topshiriqlar tuzish hamda o’quvchilar bilan kuchaytirilgan o’quv mashg’ulotlarini olib borish uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan xorijiy mutaxassis Grigoriy Chelnokov taklif qilingan.

Grigoriy Chelnokov matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o’qituvchisi. 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoalarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab kelmoqda.

Xalqaro Jautikov olimpiadasi, Shaharlar turniri, Umumrossiya matematika olimpiadasi kabi olimpiadalarda hakamlar hay’ati tarkibida faoliyat olib boradi. Uning Xalqaro jurnallarda ko’plab maqolalari chop etilgan. Kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriyaga oid qator masalalar muallifi.

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) 2023-yil 2-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo’lib o’tadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
😉 Barchaga xayrli kun!
Navoiy - O‘zbekistonning eng yosh shaharlaridan, uning asos solinganiga 70 yil ham to‘lmadi.
🏭 Shunga qaramay, u mamlakatimiz sanoatining markazi. Aynan shuning uchun shahar uchun ekologik me’yorlar yuqoriroq.

Bugun Navoiyda ilk bor o‘tgan ta’lim eko-oromgohida 200 nafar odam ishtirok etdi, 440 kishi onlayn ulandi.

Ekologik hamjamiyat shakllanishi uchun yaxshi sharoit!

Navoiy, safimizga qo‘shil, ko‘kalamzorlashtirish, energiya samaradorligini oshirish, resurslarni tejash bo‘yicha g‘oyalaringni taklif et!

🤝 Biz senga ko‘maklashamiz!
__

😉 Доброго дня всем!
Навои - один из самых юных городов Узбекистана, ему нет даже 70 лет.
🏭 Но это не мешает быть ему ведущим промышленным центром нашей страны. И именно поэтому для города выше экологические нормы.

Сегодня в первом для Навои образовательном эко-лагере приняло участие 200 человек и 440 подключились онлайн.

Хорошие стартовые условия для создания эко-сообщества!

Навои, подключайся, предлагай свои идеи как стать зеленым, энергоэффективным, ресурсосберегающим!

🤝 Мы тебя поддержим!

Zamin | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

📶 Onlayn ⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan Samarqanddagi me’moriy yodgorlik - “Go‘ri Amir” maqbarasi, Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar moddiy madaniyat tarixi muzeyi va Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga onlayn sayohat o‘tkaziladi.

🌐Ushbu onlayn sayohat 2023-yil 7-aprel kuni soat 11:00 da Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.

👇 Ulanish uchun:
https://us06web.zoom.us/j/84768620034?pwd=N1RGTWlHSm1sbGI4TW5uMHU0Z0MwZz09

Идентификатор конференции:
847 6862 0034
Код доступа: 496740

🌐 Barcha yurtdoshlarimizni ushbu onlayn sayohatga taklif qilamiz!

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

Men umumta’lim maktabida matematika fanidan dars beraman. Menga har oylik ustama to’lanadi. Ustama olayotgan o‘qituvchilarga ham mukofot puli beriladimi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida" 1-ilovaning 9-bandiga ko‘ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalaridagi tashkil etiladigan ishchi guruh qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi fikrlarini hisobga olib, Jamg‘armada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. Nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr— O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Nizomning 32-bandida Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlashda adolat va xolislik prinsiplariga amal qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram