Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
99.7K subscribers
23.6K photos
6.34K videos
142 files
13.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

"BEG‘UBOR BOLALIK" MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRI O‘TKAZILMOQDA!

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 30-may kuni “Dream park” G‘ofur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘ida “Beg‘ubor bolalik” ma'naviy-ma'rifiy tadbiri tashkil etilmoqda.

Tadbir davomida:

➡️to‘garak a’zolarining ijodiy sahna ko'rinishlari,
➡️o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar viktorinasi,
➡️sportchi bolalar tomonidan sahna ko‘rinishlari,
➡️estrada xonandalarining eng sara kuy qo'shiqlari,
➡️muzqaymoq party bo’lib o’tadi.

Tadbir 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan maxsus maktab internati va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda inkuliziv ta’lim to‘garak a’zolarini qo‘llab quvvatlash maqsadida o'tkazilmoqda.

🗓 Vaqti: 30-may, 17:00
📍Manzil: “Dream park” G‘ofur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i.

➡️Barchangizni tadbirga taklif etamiz!

O‘TKAZIB YUBORMANG!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#qabul_2024

⚡️HURMATLI OTA-ONALAR, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI HAMDA BLOGERLAR!

📶 Sizni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!

📝 Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli haqida batafsil maʼlumot beriladi.

🗣Matbuot anjumanida Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin.

❗️Shuningdek, Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King onlayn tarzda ishtirok etadi.

📆 Sana: 30-may
⌛️ Soat: 15:00
🗺Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. AOKA binosi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi.

Mazkur qaror bilan:

umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati;

— umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati alohida roʻyxat shaklida tasdiqlandi.


Shuningdek:

— taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtmagan test markazlarida, masofadan (uyda) nazoratsiz olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllamaslik;

— amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz va ustamalar qoʻllash tartibi belgilandi.

🔹 Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan:

— italyan tili boʻyicha — Accademia Italiana di Lingua (AIL);
arab tili boʻyicha — The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL);
yapon tili boʻyicha — Japanese Language Proficiency Test (JLPT);
koreys tili boʻyicha — Test of Proficiency in Korean (TOPIK I);
turk tili boʻyicha — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydın TÖMER) sertifikatlari chiqarib tashlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida qatnasha olmagan pedagoglar ishtirokida attestatsiya jarayonlari boshlandi

Avval xabar qilinganidek, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglari attestatsiyadan oʻtkazilmoqda.

Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.

👉 Test sinovlarini bu yerda jonli kuzatib boring.

🔹 Foto: joylarda oʻtkazilayotgan attestatsiya jarayonlaridan

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.

❗️Bunda matematika fanidan 11-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.

✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
_______

В скором времени состоится очередной этап жеребьевки предметов, по которым будет проходить итоговая государственная аттестация в 2023-2024 учебном году.

❗️На официальной странице YouTube Министерства, проводятся процессы жеребьёвки для 11 классов по предмету математика.

👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/gK1fUYd0U24?feature=share

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#қонунчиликдаги_ўзгаришларга_шарҳ

✔️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga sharh berildi.

Maʼlumot uchun: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillar boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati ushbu qoʻshma qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi.

❗️ Qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bilag‘on bolajon” chellenjini e’lon qiladi!

✔️ Buning uchun farzandingiz bilan quyida ko‘rsatilgan oilaviy dam olish maskanlariga tashrif buyring va “Bilag‘on bolajon” o‘tadigan joyga kelib farzandingiz bilan selfiga tushgan holda ijtimoiy tarmoqlarda #Bilag'onbolajon #Kitobbiznidustimiz xeshteglari ostida rasmlarni joylang.

📅 Mazkur chellenjda kitobxon bolajonlar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishi mumkin. Ushbu chellenj quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
🔹 30-may, 16:00 dan 18:00 gacha - “Ekopark” bog‘i.
🔹 31-may, 16:00 dan 18:00 gacha - “Anhor-Lokomotiv” bog‘i.
🔹 31-may, 19:00 dan 20:00 gacha - “Magic City” bog‘i.


🎤 Chellenjda faol qatnashing!

🎁 “Bilag‘on bolajon” chellenjida ishtirok etib berilgan savollarga javob bering hamda kitob yutib oling!
#Xalqaro_hamkorlik
#Mehrli_maktab

"Mehrli maktab" va Buyuk Britaniyaning “Chelsea Community Hospital School” maktabi oʻrtasida hamkorlik o'rnatildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida "Chelsea Community Hospital School” direktori Janette Stеel boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, Toshkent shahridagi "Mehrli maktab" rahbariyati, vazirlik hamda delegatsiya vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Tadbir soʻngida "Mehrli maktab" va “Chelsea Community Hospital School” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
______

✔️ Shuningdek, bugun kunning birinchi qismida “Chelsea Community Hospital School” vakillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogik universitetida bo'lishdi.

Unda mehmonlar yurtimizdagi “Mehrli maktab” pedagoglari va shu yo‘nalishda tahsil olayotgan universitet talabalari bilan o‘zlarining ish tajribalarini o‘rtoqlashdi hamda uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan bolalar bilan ishlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM