Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.5K subscribers
21.1K photos
5.97K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#London

Vazirlik delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda

🔴 Ayni damda Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Tadbir Buyuk Britaniya ta’lim davlat kotibi va vaziri Djillian Kigan tomonidan ochib berildi hamda nufuzli spikerlar tomonidan ma'ruzalar tashkil etildi.

Forumning birinchi kunida bo'lib o'tgan yalpi majlisda:

ta'limga yangi metodikalarni joriy etish,
sun’iy intellektdan foydalanish,
ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Ma'lumot o'rnida: ushbu nufuzli tadbirda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari va 70 dan ziyod Ta'lim vazirlari qatnashishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😉 Hammaga xayrli kun!

🏁 O‘zbekistonning barcha hududlarida asosiy maqsadi yoshlar orasida ekologik madaniyat darajasini oshirishdan iborat ta’lim eko-oromgohlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Ma’lum bo‘ldiki, shunchaki maqsadga erishilmadi, balki yoqimli bonus olindi: bolalar ham ta’lim oldilar, ham yangi do‘st orttirdilar.

📝 Tadbirlarda 1 500 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etdi, yana 500 nafari ularga onlayn tarzda qo‘shildi. Endilikda ishtirokchilar o‘z bilimlari bilan atrofdagi odamlar — sinfdoshlari, do‘stlari, qarindoshlari bilan bo‘lishishga tayyor. Chunki faqat birlashsakkina atrofimizdagi dunyoni yaxshilashimiz mumkin.

🤝 Bizning ajoyib mentorlarimiz — Dilmurod Yo‘ldoshev, Elyor Norpo‘latov va Orzugul G‘oyibovalarga alohida rahmat. Sizlarning mehnatingiz va sa’y-harakatlaringiz tufayli bolalarni qiziqtirib, ilhomlantirishga, ularga atrofimizdagi tabiatga ehtiyotkorona munosabatni rivojlantirishga yordam berdingiz.

👋😉 Всем доброго дня!

🏁 Во всех регионах Узбекистана успешно завершились образовательные эколагеря, которые ставили перед собой важную цель — повышение уровня экологической культуры среди молодежи. И как оказалось, не только цель была достигнута, но и был получен приятный бонус: ребята не только учились, но и нашли новых друзей.

📝 1 500 школьников приняли участие в мероприятиях, а еще 500 присоединились к ним онлайн. Теперь участники обучения готовы поделиться своими знаниями с окружающими — одноклассниками, друзьями, родственниками. Ведь только объединившись, мы можем изменить мир вокруг нас к лучшему.

🤝 Отдельная благодарность нашим замечательным менторам — Дильмураду Юлдашеву, Эльёру Норпулатову и Орзугуль Гойибовой. Благодаря вашему труду и усилиям вы смогли заинтересовать и вдохновить ребят, помочь им развить бережное отношение к окружающей нас природе.

🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Respublika tashxis markazi (*Hamidov)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM