Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.5K subscribers
21.1K photos
5.97K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Yubiley

"Tong yulduzi" 95 yoshda


Bugun O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi muassisligidagi “Tong yulduzi” gazetasining 95 yilligi hamda “Tong yulduzi” yoritgan olam” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

✔️ Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi vakillari, jurnalistlar va ijodkorlar, o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

❗️Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ochib berdi hamda tahririyat jamoasini qutlab, o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.

⚡️Shundan so‘ng, tahririyat jamoasiga Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri tabriknomasi hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Bundan tashqari, hamkor tashkilotlar vakillari ham so‘zga chiqib, gazetaning 95 yilligi bilan barchani muborakbod etishdi.

Yubiley tadbiri doirasida uzoq yillar gazetada faoliyat yuritgan Ravil Albekovning suratlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ёзги оромгоҳлар мавсумга шайми? (+видео)

Яна саноқли кунлардан сўнг мактаб ўқувчилари учун “сўнгги қўнғироқ” чалинади ва улар таътилга чиқадилар. Албатта, ёзги таътил қанчалик мароқли ва мазмунли ўтса, болажонларнинг келгусида таҳсилни давом эттиришларида шунчалик яхши натижа беради. Бугунги кунда ёзги оромгоҳлар мавсумга шайми ва қанча бола қамраб олинади? Бу ҳақида батафсил маълумот олиш учун Мактаб ва мактабгача таълим вазирлиги бўлим бошлиғи ўринбосари Баҳромжон Аминовга юзланамиз.

🎥 https://youtu.be/cAvMRqPEgbs

Батафсил: https://uza.uz/posts/600259

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
#Эълон
#School_champions

📣 Umumta’lim maktablarining ingliz tili fani o’qituvchilari diqqatiga!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi hamda Buyuk Britaniyadagi Norvich til taʼlimi instituti hamkorligida maktablarda uzluksiz kasbiy rivojlanish yetakchilarini (School Champions) saralash tanlovi e'lon qilinadi.

Agar Siz:

umumta’lim maktabida ingliz tilidan dars berayotgan bo'lsangiz,
uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini yangi modelini o’z maktabingizga tatbiq etmoqchi bo’lsangiz — unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun!

Loyihada qatnashish istagida bo’lgan ingliz tili o'qituvchilari joriy yilning 20-iyuniga qadar ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish

Tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar suhbatga taklif etiladi.

Batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Qoraqalpog’istonda xizmat safarida bo’lib turibdi.

Uchrashuvlar doirasida Usmon Sharifxodjayev dastlab Amudaryo tumanidagi 76-maktabda Respublika o‘quv-amaliy seminarining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shundan so’ng, vazir o’rinbosari tumanidagi DXSH asosida tashkil etilgan 100 o‘rinli “Zebo Qilichboy” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, u yerda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Kun davomida u Amudaryo tumanidagi 11-maktabda Milliy Gvardiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yosh gvardiyachilar” sinfining ochilish marosimida ham ishtirok etdi.

Bundan tashqari, Yoshlar markazida o‘tkazilgan “Qoraqalpog‘iston tajribasi” bo‘yicha taqdimotda ham ishtirok etdi va o’z tavsiyalari bilan bo’lishdu.

Usmon Sharifxodjayev chet tili repititorlari va o‘quv markazlariga umumta’lim maktablarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtlarda foydalanishga berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Nukus shahridagi 34-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Bu yerda "Real Innovative" o‘quv markazi mas’ullari bilan suhbatlashildi.

Shundan so‘ng, Toshkent shahridagi “Mehrli maktab”ning Qoraqalpog‘istonda tashkil etilgan filialida bo‘lib, u yerda davolanayotgan o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Usmon Sharifxodjayev shuningdek o‘ziga biriktirilgan Nukus shahridagi 8-maktab faoliyati bilan tanishdi va pedagoglar jamoasi bilan muloqot qildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI
EʼLON QILINDI!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yozgi taʼtilda taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan maydonchalarga 175 minga yaqin bolalar bepul qamrab olinadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish, ularning boʻsh vaqtlarini maroqli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilgi yoz mavsumi davomida vazirlik tizimidagi 32 ta, jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi — 3 ta;

Jizzax viloyatidagi — 1 ta;

Samarqand viloyatidagi — 2 ta;

Fargʻona viloyatidagi — 2 ta;

Toshkent viloyatidagi — 5 ta;

Xorazm viloyatidagi — 19 ta oromgohga umumiy hisobda 9 ming nafar bolaning qamrab olinishi rejalashtirilgan.

👉 Ma’lumot uchun: hozirgi vaqtda respublika miqyosida 192 ta statsionar oromgoh faoliyat ko‘rsatadi.

❗️ Shuningdek, oromgohlarga jalb etilmagan bolalar uchun joylardagi taʼlim muassasalarida 1 105 ta sogʻlomlashtirish maydonchalari (bepul) tashkil etiladi va ularga 174 297 nafar bola jalb etiladi. Bu maydonchalarda sport, sanʼat va IT yoʻnalishlarida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda bolalarga moʻljallangan qiziqarli kino va multfilmlar namoyishi tashkil etiladi.

✔️ Bolalar oʻrtasida kitobxonlikni keng joriy etish maqsadida oromgohlarga 110 ming dona bolalar adabiyotlari yetkazib beriladi va “kitob.uz” platformasidan elektron va audio adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

👉 Yozgi taʼtil davrida oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha yurtimizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabida qisqa muddatli “Ijodkorlar oromgohi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XORAZM VILOYATIDAGI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Xiva shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarga kasb-hunar va 2 ta xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha viloyatdagi namunali maktab hisoblanadi.

Maktabning birinchi qavatidagi bo‘sh turgan xonalar tadbirkorlarga ajratib berilib, ushbu xonalarda 14 ta yo‘nalishda ishlab chiqarish va kasbga o‘rgatish xonalari tashkil qilingan.

Bugungi kunda maktabda tikuvchilik, gilamdo‘zlik, qandolatchilik, kashtachilik , kulolchilik, kompyuter dasturlash, do‘ppido‘zlik, robototexnika kabi kasblar o‘rgatilmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt