Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.94K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Эътироф
#Attestatsiya

Abdurasul Rahimov,
Buxoro viloyati, Romitan tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi:


Men yaqinda malaka toifasi uchun test jarayonlarida ishtirok etdim. Jarayon yakunida shu fikrga keldimki, o‘ziga ishonchi baland, bilimi bor o‘qituvchi uchun bu jarayonlar hech qanday qiyinchilik tug‘dirmas ekan.

Quvonarlisi, malaka (test) sinovlari fan mutaxassislari tomonidan tuzilganligi yaqqol sezilib turibdi. Ya’ni testlar "fan egalari" tomonidan, tavsiyaviy ahamiyatga ega o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari asosida tuzilgan.

Barcha savollar aniq manbaga ega. Hattoki fan o‘quv rejasi mavzulariga yaqin bo‘lgan chalkash savollar ham kuzatilmadi. Savollar saviyasi yuqori darajada.

O‘qituvchidan faqatgina diqqat, e’tibor hamda asoslangan bilim talab etiladi.

Men test jarayonlarida 86 ballni qo‘lga kiritdim. Mutaxassislik bo‘yicha umumiy hisobda 2 ta xatolikka yo‘l qo‘yibman. O‘z natijamdan quvondim. Lekin yana o‘z ustimda ishlab, bundan-da yuqori natijalarni qayd etishga ahd qildim.

O‘zim va bir qancha hamkasblarim ushbu jarayon haqida ijobiy fikrda. Shu o‘rinda, ushbu jarayon tashkilotchilariga, test mualliflariga o‘z minnatdorligimni bildirib qolaman.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tinglovchi_fikri

Menejerlik o'quv kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar ushbu kurslar haqida qanday fikrda?

👉 Batafsil videolavhada👆👆

💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🚀Telegram | 🔵Facebook
🎬YouTube   |  📷Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_26

VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Taqdirlash_marosimi

“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining Respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi.


Yakuniy natijalarga ko’ra:

🥇Jizzax viloyati, Yangiobod tumani 13-umumta’lim maktabining “Yosh chegarachilar” jamoasi — 1-o’rinni,

🥈Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani 4-umumta’lim maktabining “Sohibqiron” jamoasi — 2-o’rinni,

🥉Andijon viloyati, Paxtaobod tumanidagi 25-umumta’lim maktabining “Turon” jamoasi —3-o‘rinni egalladi.

Gʻoliblar maxsus diplom, kubok, medallar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DARSDAN SO‘NG

"...Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda,
Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi.
Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi
Hammadan ham yomon yig‘ladi."

Matnazar Abdulhakim

#Устозга_эҳтиром
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kelajakka_yul_maktabdan_boshlanadi
🤩BUXORO VILOYATI: O‘QUVCHILARGA KASB-HUNAR O‘RGATISH BORASIDA SAMARALI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Ayni paytda Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish, bu orqali ularni jamiyatda o‘z o‘rniga ega insonlar bo‘lib yetishiga ko‘maklashish, qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Gʻijduvon tumanidagi 60-IDUMda tikuvchilik, sartaroshlik, pishiriq pishirish, mobilografiya va IT yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, bu to‘garaklarda 100 nafardan ortiq o‘quvchilar tadbirkorlar ko‘magida kasb-hunar sirlarini o‘rganib kelishmoqda. Ular orasida mustaqil ravishda buyurtma olib, yaxshigina daromad topayotganlari ham bor.

Shofirkon tumanidagi 11-umumta’lim maktabida hudud ehtiyojidan kelib chiqib, 6 nafar tadbirkorni jalb etgan holda tashkil etilgan oshpazlik, limonchilik, asalarichilik, tikuvchilik, patdo‘zlik, mebelsozlik va payvandlash to‘garaklari esa 300 nafarga yaqin o‘quvchini qamrab olgan. Bu o‘quvchilarning 20 nafardan ortig‘i ayni paytda o‘z daromadiga ega.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#turon_maktab_teatri
#respublika_bosqichi

🌀 Ishtirok etuvchi jamoalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Tan nuri” jamoasi
Andijon viloyati, Andijon shahar 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Avloniy izdoshlari” jamoasi
Buxoro viloyati, Kogon shahar 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Umid” jamoasi
Jizzax viloyati, Jizzax shahar 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yosh iste’dodlar” jamoasi
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Ma’rifat yulduzlari” jamoasi
Navoiy viloyati, Navoiy shahar 11-sonli AFCHO‘IM ning “Ibrat” jamoasi
Namangan viloyati, Namangan shahar 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Ibrat izdoshlari” jamoasi
Samarqand viloyati, Samarqand shahar 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Maroqand” jamoasi
Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Stage & Struck” jamoasi
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Jadidlar” jamoasi
Toshkent viloyati, Nurafshon shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Nihol” jamoasi
Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Nurli kelajak” jamoasi
Xorazm viloyati, Urganch shahar 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yosh teatrchilar” jamoasi
Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani 112-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Umid nihollari” jamoasi


🎭 Respublika bosqichida ko‘rishguncha!

📣 Bizni @turonteatriuz telegram kanalida kuzatib boring!
#Эътироф
#Attestatsiya

Bekzod Yarbulov,
Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumanidagi 25-umumta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi:


Bu yilgi attestatsiya sinovlarini adolatli va shaffof tarzda tashkil etib, o‘qituvchilarga katta imkoniyat yaratib berilgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Men 80 ball bilan oliy toifani olishga erishdim.
__________
Shohida Temirova
Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, 9- DMTT tarbiyachisi
:

Yaqinda malaka toifasi uchun testda ishtirok etib, birinchi toifani qo‘lga kiritdim.

Fursatdan foydalanib, attestatsiya jarayonidan xizmat qilgan barcha pedagog ustozlarga rahmat aytmoqchiman.

Savollar, test jarayoni adolatli tashkil etilgani, maktabgacha ta'lim sohasiga ham alohida e'tibor berilganligi tufayli alohida minnatdorlik bildiraman.

Attestatsiya savollari malakali, bilimli pedagoglarni tanlashga, oʻz ustida ishlashlariga qaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktablari
#Qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🕊PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Joriy yilning 21-22-may kunlari kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkaziladi

Avval xabar berilganidek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan edi.

Unga koʻra, 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi belgilangan.

✔️ Shu munosabat bilan, joriy yilning 21-22-may kunlari mazkur stajyor-oʻqituvchilar ishtirokida test sinovlari oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

👉 Kasbiy sertifikatlash sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

Ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

❗️ 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_27

VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😉 Ekofaollar, salom!

🎂 "Eco-schools" xalqaro ekologik loyihasining 30-yillik yubileyi arafasida loyihaning milliy operatorlari muhim uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda Buyuk Britaniya, Irlandiya, Afrika mamlakatlari, Armaniston, Estoniya va boshqa ko‘plab davlatlar vakillari ishtirok etdi.

🇺🇿 O‘zbekistonga "Eco-schools Uzbekistan”ning milliy operatori hisoblangan "Zamin" fondi vakillik qildi.

🇺🇳 O‘zbekistonning loyihaga milliy va xalqaro hamkorlarni, xususan, BMT tashkilot va tuzilmalarini faol jalb qilish borasidagi tajribasi uchrashuv ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi.

🍀 Uchrashuv davomida ishtirokchilar loyiha doirasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, muvaffaqiyatli misollar haqida so‘z yuritdilar va Ekologik ta’lim fondi (FEE) vakillari bilan dolzarb muammo va qiyinchiliklarni muhokama qildilar.

🌏 Milliy operatorlar uchrashuvi loyihaning kelgusi rivojlanish rejalarini muhokama qilish va umumiy maqsad — sayyoramizni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish yo‘lida kuchlarni birlashtirish imkonini berdi.

👋😉 Экоактивисты, привет!

🎂 Накануне 30-летнего юбилея международного экологического проекта Eco-schools прошла важная встреча национальных операторов проекта. В мероприятии приняли участие представители Великобритании, Ирландии, стран Африки, Армении, Эстонии и многих других государств.

🇺🇿 Узбекистан был представлен Фондом Zamin, который является национальным оператором Eco-schools Uzbekistan.

🇺🇳 Участников встречи особо заинтересовал узбекистанский опыт активного вовлечения национальных и международных партнеров в проект, в частности, структур ООН.

🍀 Во время встречи участники делились своим опытом работы в рамках проекта, рассказывали об успешных кейсах и обсуждали с представителями Фонда экологического образования (FEE) текущие проблемы и трудности.

🌏 Встреча национальных операторов позволила обсудить дальнейшие планы развития проекта и объединить усилия для достижения общей цели — сохранения нашей планеты для будущих поколений.

🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM