Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
104K subscribers
22.6K photos
6.2K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#pisa #pisa2021

PISA тадқиқотига тайёрланамиз: «Харид қилиш қарори»
PISA дастурининг математик саводхонлик йўналишига оид «Харид қилиш қарори» номли топшириғи ўқувчиларнинг таҳлил қилиш, жадвалдаги маълумотларни ўқий олиш, фоизни ҳисоблаш ва таққослаш каби кўникмаларини баҳолашга қаратилган.

Топшириқ иккита саволни ўз ичига олиб, ўқувчиларни бироз фикрлашга, мулоҳаза юритишга ундайди.

Азиз ўқувчилар, мазкур ҳавола орқали «Харид қилиш қарори» деб номланган топшириқ билан танишинг ҳамда математик билимларингизни синаб кўринг.

———————————

PISA tadqiqotiga tayyorlanamiz: “Xarid qilish qarori”
PISA dasturining matematik savodxonlik yo‘nalishiga oid “Xarid qilish qarori” nomli topshirig‘i o‘quvchilarning tahlil qilish, jadvaldagi ma’lumotlarni o‘qiy olish, foizni hisoblash va taqqoslash kabi ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan.

Topshiriq ikkita savolni o‘z ichiga olib, o‘quvchilarni biroz fikrlashga, mulohaza yuritishga undaydi.

Aziz o‘quvchilar, mazkur havola orqali “Xarid qilish qarori” deb nomlangan topshiriq bilan tanishing hamda matematik bilimlaringizni sinab ko‘ring.

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#pisa #pisa2021

PISA тадқиқотига тайёрланамиз: «Келажак велосипеди»
PISA дастурининг креатив фикрлаш йўналишига оид «Келажак велосипеди» номли топшириғи ўқувчиларнинг ижодий-илмий муаммоларни ҳал қилиш қобилиятларини баҳолашга қаратилган. Топшириқ учта саволни ўз ичига олиб, ўқувчиларни бироз фикрлашга, мулоҳаза юритишга ундайди.

Азиз ўқувчилар, мазкур ҳавола орқали «Келажак велосипеди» деб номланган топшириқ билан танишинг ҳамда креатив фикрлашингизни ишга солиб, топшириқни бажаришга уриниб кўринг.

——————————

PISA tadqiqotiga tayyorlanamiz: “Kelajak velosipedi”
PISA dasturining kreativ fikrlash yo‘nalishiga oid “Kelajak velosipedi” nomli topshirig‘i o‘quvchilarning ijodiy-ilmiy muammolarni hal qilish qobiliyatlarini baholashga qaratilgan. Topshiriq uchta savolni o‘z ichiga olib, o‘quvchilarni biroz fikrlashga, mulohaza yuritishga undaydi.

Aziz o‘quvchilar, mazkur havola orqali “Kelajak velosipedi” deb nomlangan topshiriq bilan tanishing hamda kreativ fikrlashingizni ishga solib, topshiriqni bajarishga urinib ko‘ring.

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#PISA
#Parij

Fransiyaning Parij shahridagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida (OECD)
PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro va milliy hisobotlar tayyorlash ishlari O’zbekiston vakili ishtirokida bo’lib o’tdi.

❗️Dastur doirasida Salvador, Mongoliya, Ruminiya, Ukraina, Yamayka mamlakatlaridan jalb etilgan mutaxassislar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bosh mutaxasisi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)da bo'lib o'tayotgan xalqaro va milliy hisobotlarni tayyorlash hamda tadqiqot natijalari tahliliga bag‘ishlangan treninglarida ishtirok etdi.

⚡️Ma'lumot uchun, mazkur dastur doirasida OECD tashkiloti ekspertlari va yetakchi tahlilchilari ishtirokida tashkil etilgan treninglar hamda amaliyotlar asosida ishtirokchi mamlakatlar xalqaro hisobotlar bilan ishlaydilar va milliy jamoa bilan hamkorlikda Milliy hisobotlarni tayyorlaydilar.

✔️Ta'kidlash joiz, trening jarayonlarida orttirilgan tajribalar asosida kelgusida mamlakatimizda xalqaro tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish, baholash tizimini takomillashtirish hamda ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda muhim hisoblanadi.

❗️Eslatib o'tamiz, PISA 2022 tadqiqotlarining xalqaro va milliy natijalari 2023-yil dekabr oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PISA

OECD rahbariyati bilan PISA 2022 tadqiqoti natijalari va PISA 2025 jarayonlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT - OECD) bosh kotibining maxsus maslahatchisi, Ta'lim direksiyasi rahbari Andreas Shlyaher o‘rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda vazirlik mas'ullari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Ta’lim masalalari bo‘yicha bosh tahlilchisi Tyu Xalgrin va maslahatchi Katerina Obvinseva ishtirok etishdi.


Mazkur uchrashuvda tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qilishdi:

PISA 2022 tadqiqotida yuqori natijalarga erishgan davlatlar tajribasini o‘rganish hamda ular bilan ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash;
IHTT bilan hamkorlikda maktab direktorlari va o‘qituvchilarning salohiyatini rivojlantirish, o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish, o‘qitish metodikalarini yaxshilash;
PISA 2025 tadqiqotiga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko‘rish hamda tadqiqot natijalari asosida tendensiyalarni tahlil qilish.

⚡️Shuningdek, onlayn uchrashuv davomida tomonlar ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishda birgalikda ishlashga kelishib olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#PISA

Bangkokda
PISA 2025 tadqiqotining xalqaro darajadagi uchrashuv va treninglari boshlandi

🔴 Mazkur treninglarda OECD, ACER, Westat, cApStAn, OAT, Hallstat tashkilotlari hamda dunyoning 91 ta mamlakati qatorida O'zbekiston vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlari ham ishtirok ham etishmoqda.

O'quv seminarlari milliy loyiha menejerlari hamda tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ekspertlar uchun bo'lib o'tmoqda.

Joriy yilning 3-fevraliga qadar davom etadigan ushbu xalqaro tadbirda:

PISA 2025 tajriba-sinovini tashkil etish,
maktablar va ishtirokchilarni tanlab olish,
ularning ishtirokini ta’minlash,
tadqiqotni o‘tkazish platformasini joriy etish, ma’lumotlarni boshqarish,
kognitiv materiallarni kodlashtirish va baholash bo‘yicha ACER tizimini o‘rganish kabi masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

❗️Bundan tashqari, ACER va Westat tashkilotlari bilan ham uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PISA

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nodavlat ta’lim muassasalari assosiatsiyasi hamkorligida “PISA xalqaro tadqiqotlari doirasida milliy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ustozlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi va xalqaro tadqiqotlarning nodavlat ta'lim tizimini yanada rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda Respublikamiz bo‘ylab 400 nafarga yaqin ustozlar ishtirok etdi hamda tizimni rivojlantirishga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan:

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun erishilgan natijalar asosida vazifalarni aniqlash,
milliy ta’lim tizimini rivojlantirish uchun ustuvor vazifalarni belgilash,
o‘quvchilar faoliyati va kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarini yaxshilash.
maktabgacha va maktab sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish,
pedagoglar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rag‘batlantirish kabi mavzularda so‘z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PISA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Taʼlimni rivojlantirish Respublika ilmiy metodik markazi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda PISA 2025 tajriba-sinov jarayonlarini tashkil etish” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov, vazirlik va institut mas'ullari ishtirok etishdi.

Seminar treningda tadqiqotlardagi mas’ul mutaxassislar uchun tadqiqot materiallari bilan ishlash, test va so‘rovnomalarni oʻtkazish uchun moʻljallangan platformani boshqarish boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib borilmoqda.

Tadbir doirasida OECD departament direktori o'rinbosari Tue Hallgreen onlayn ishtirok etib, PISA xalqaro tadqiqotining ta’lim tizimini takomillashtirishdagi ahamiyati” mavzusida taqdimot o'tkazdi.

Bundan tashqari:

"PISA 2022 tadqiqoti natijalari tahlil va ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha takliflar",
“Raqamli dunyoda o’rganish ko’nikmasini baholash” mavzularida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.


🔴 Bugun seminar-treninglarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PISA

Yurtimizda PISA 2025 tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlariga start berildi

🔴 Xabar qilinganidek, bugundan mamlakatimizdagi tanlab olingan 83 ta umumtaʼlim maktabida xalqaro PISA 2025 tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlari boshlandi.

Xalqaro PISA tadqiqotlari 15 yoshli oʻsmirlarning savodxonligi, kreativ va mantiqiy fikrlash qobiliyati, maktabda olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishi, bir soʻz bilan aytganda mustaqil hayotga tayyorgarligini baholovchi jarayon hisoblanadi.

➡️ Tajriba-sinov jarayonlari joriy yilning 18-may kuniga qadar davom etadi.

Maʼlumot uchun: PISA 2025 tadqiqotida dunyo boʻylab 91 ta mamlakat ishtirok etmoqda.
______
Foto: joylarda oʻtkazilayotgan
PISA 2025 jarayonlaridan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM