Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"Yosh fermer" loyihasi doirasida Nukusda biz oziq-ovqat xavfsizligi sohasida duch kelayotgan xavf-xatarlar, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday tahdid solishi, hosildorlikni pasaytirishi va ocharchilikni oshirishi haqida eslatib turuvchi kun — Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Qoraqalpog‘istonlik g‘oliblarga Yashil bayroqni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi yana 8 ta maktab o‘quvchilari onlayn tarzda qo‘shildilar.

Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilarni mukofot bilan samimiy qutladi. Bu mukofot yoshlarning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan sadoqatining ramzi hamda yosh avlodning global muammolarni hal etishda faol ishtirok eta olishining isbotidir. Qutlov so‘zlarini FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu va FEE ta’lim masalalari bo‘yicha katta direktori Pramod Kumar Sharma ham bildirdilar.

Bo‘lajak COP-29 ga bag‘ishlangan eko-festival turli voqealarga boy bo‘ldi: "Yosh eko-chempionlar" dasturi yetakchilari Qoraqalpog‘istonda Yoshlar jamoatchilik ekologik nazoratini yo‘lga qo‘yish tashabbusini taqdim etdilar. Ular tuproq holatini o‘rganish, organik chiqindilar va barglarni biogumusga qayta ishlash ko‘nikmalarini egalladilar, barqaror issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etdilar, mevali bog‘ ekdilar, "daladan dasturxongacha" oziq-ovqat yo‘lini qisqartirish bo‘yicha o‘z usullarini taklif qilgan holda bahs-munozaralarda qatnashdilar. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha nutritsiologlarning mahorat darslarini tingladilar va barcha mehmonlarni hayratga solgan qizg‘in fleshmob namoyish etdilar. Tadbirda Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan FAO tomonidan e’lon qilingan plakatlar tanlovining taqdimoti o‘tkazildi, unga arizalar qabul qilish 8-noyabrga qadar davom etadi.

Ta’lim eko-festivali doirasida "Zamin Creative" inklyuziv studiyasining "Tanho qayiq" nomli teatrlashtirilgan spektakli namoyish etildi va avstriyalik fotosuratchi Klaus Pixlerning "Fermadan qutigacha" fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlarining buzilib borishining turli bosqichlari tasvirlangan hayratlanarli va ayni paytda noxush tasvirlar namoyish etilgan. Bekorga yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bag‘ishlangan ushbu fotoko‘rgazma juma kunigacha davom etadi.

#EcoSchoolsUzbekistan #YoungFarmer #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube