Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Boku

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda Ozarbayjonning Boku shahrida “O‘quvchilar taʼlimi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi boʻyicha II ICESCO konferensiyasi”da ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbir Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot (OECD) hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan.

Mazkur anjumanga 30 ga yaqin mamlakatlar vakillari qatnashishmoqda.

Konferensiyaning maqsadi - 2022-Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi (PISA) natijalarini muhokama va tahlil qilish, shuningdek, o‘quvchilarni baholashning asosiy nuqtalarini aniqlash va tajriba almashishdir.

Konferensiya doirasida:

ICESCOga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutlar,
xalqaro baholashlardan kontekstual maʼlumotlarni yigʻish uchun baholangan koʻnikmalar,
baholash metodologiyalari va vositalari muhokama qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#COP29 #Boku

Joriy yilning 10-22-noyabr kunlari Boku shahrida oʻtkazilayotgan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi – COP29 doirasida oliy darajadagi tadbirlar tashkil etilib, muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024–2030-yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish boʻyicha Xalqaro strategiya imzolandi. Ekologik taʼlim va “yashil” koʻnikmalarni rivojlantirish, ushbu jihatlarni ham rasmiy, ham norasmiy taʼlim tizimiga singdirish strategiyaning muhim qismidir.

Shuningdek, tadbirlarda “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi aʼzolari ham ishtirok etib, mintaqaviy va xalqaro eko-oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini namoyish etdilar.

Yosh ekofaollarimiz Ekologik kun tartibi boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasini tuzish, bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlim loyihalarini muvofiqlashtirish uchun maydon taqdim etuvchi raqamli platformani ishlab chiqish, “Young Climate Champions” xalqaro ekofaollar hamjamiyatini kengaytirish, “Transchegaraviy ekotizimlar” kabi loyiha va takliflarni bildirishdi.

@hilola_umarova