Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#COP29 #Boku

Joriy yilning 10-22-noyabr kunlari Boku shahrida oʻtkazilayotgan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi – COP29 doirasida oliy darajadagi tadbirlar tashkil etilib, muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024–2030-yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish boʻyicha Xalqaro strategiya imzolandi. Ekologik taʼlim va “yashil” koʻnikmalarni rivojlantirish, ushbu jihatlarni ham rasmiy, ham norasmiy taʼlim tizimiga singdirish strategiyaning muhim qismidir.

Shuningdek, tadbirlarda “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi aʼzolari ham ishtirok etib, mintaqaviy va xalqaro eko-oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini namoyish etdilar.

Yosh ekofaollarimiz Ekologik kun tartibi boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasini tuzish, bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlim loyihalarini muvofiqlashtirish uchun maydon taqdim etuvchi raqamli platformani ishlab chiqish, “Young Climate Champions” xalqaro ekofaollar hamjamiyatini kengaytirish, “Transchegaraviy ekotizimlar” kabi loyiha va takliflarni bildirishdi.

@hilola_umarova
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi.

👉 Jonli efirni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Attestaciya_2024
#joqarı_nátiyje_menen_tanısıń

Pedagoglar attestaciyasında Ámiwdáriyalı oqıtıwshı 98 ball aldı

Ámiwdáriya rayonı 7-sanlı mekteptiń Texnologiya páni muǵallimi Jumatova Nazokat Shavkatovna búgingi pedagoglar attestaciyasında 98 ball menen  joqarı kategoriyaǵa iye boldı.

#Attestaciya_2024
#yuqori_natija_bilan_tanishing

Amudaryolik o‘qituvchi pedagoglar attestatsiyasida 98 ball oldi

Amudaryo tumanidagi 7-maktabning Texnologiya fani o‘qituvchisi Jumatova Nazokat Shavkatovna pedagoglar attestatsiyasida 98 ball bilan yuqori toifaga ega bo‘ldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi

Bugun Maktabgacha va maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda xodimlarning diniy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirish maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik markaziy apparati mas’ul xodimlari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashda ma’rifiy Islomning o‘rni beqiyosligi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.


🔰So‘ngra Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining mas’ul xodimi Ilhom Ma’rupov Islom dini ta’limotining bag‘rikeng va moʻtadil, mehr-oqibat, odob-axloqqa yo‘g‘rilgan tinchlikparvar g‘oyalari borasida so‘z yuritdi.

Tadbir so‘ngida insonlarni ezgulik yo‘lida birlashib, hamkor va hamnafas bo‘lib, taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan turli shakldagi to‘siqlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish mavzusida fikr almashildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari_tajribasi
#Kembrij_oʻquv_dasturi

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Kirish imtihonlari bugun, 14-noyabr kuni Nukus shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilib, bir bosqichda, matematika va ingliz tili fanlaridan 30 tadan jami 60 ta topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt berildi.

Qabul jarayonida jami 315 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 96 nafari o‘zbek sinfiga, 219 nafari qoraqalpoq sinfiga to‘g‘ri keldi. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 20 nafar o‘quvchi o‘zbek sinfiga, yana 20 nafar o‘quvchi esa qoraqalpoq sinfiga qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilayotgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur sinflarga muntazam ravishda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan metodik yordam koʻrsatib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM