Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
123K subscribers
21.5K photos
6.05K videos
140 files
12.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from IT taʼlim
#Tarbiya_hayot_darsi #9_sinf
ODAMLAR HAYOTINI OSONLASHTIRGAN O‘ZBEK

Kech bo‘lib qolgani tufayli Botir do‘kondan qo‘l telefoni hisobini to‘ldirish uchun karta topa olmadi. Shunda uning xayolida kartaning o‘rnini bosuvchi elektron to‘lov tizimini yaratish g‘oyasi tug‘iladi.

Mobil kompaniyada ishlagan hamkasblari uning bu fikrini kulgi bilan qarshi olishsa-da, Botir g‘oyasining o‘ziga xosligiga ishondi. Shuning uchun u qayta-qayta mutaxassislar bilan uchrashdi, rejalarini muhokama qildi. Rad javoblar, moliyaviy mavzudagi natijasiz muzokaralar uning umidini so‘ndirolmadi.

Nihoyat, g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydigan sarmoyador topildi. Xomaki g‘oya izlanishlar natijasida ilg‘or fikrga va keyinchalik yirik biznesga aylandi. 300 ming AQSH dollari miqdorida kiritilgan sarmoya 6 oyda o‘zini oqlagani biznes olamidagilarni hayratga soldi. Bu g‘oya O‘zbekistondan tashqari yana bir nechta davlatlarda ham joriy qilindi.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from IT taʼlim
#Tarbiya_hayot_darsi
Tarbiya” tabiatni amalda asraydigan avlodni tarbiyalaydi

🔹Tarbiya” darsligi oʻquvchiga tabiatni asrash kerak degan nasihatni quruq uqtirishga emas, balki uni nega asrash kerakligini tushuntirib amalda tabiatni himoya qiladigan avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Batafsil: https://telegra.ph/Tarbiya-tabiatni-amalda-asraydigan-avlodni-tarbiyalaydi-01-26

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube