Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.99K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Инклюзив_таълим

INKLYUZIV TA'LIM: RAQAMLAR, YUTUQLAR VA XALQARO HAMKORLIK

Inklyuziv ta'lim sohasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan:

Vazirlik tasarrufidagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi tuzilmasi tarkibida “Inklyuziv taʼlim laboratoriyasi bo‘limi” tashkil etildi.

2021-2022-o‘quv yilidan boshlab respublika bo‘yicha tajriba-sinov tariqasida 31 ta umumtaʼlim maktablari 46 ta inklyuziv sinflar tashkil etilib, ularda 87 nafar; 4 ta korreksion maktabdagi 4 ta sinflarda 35 nafar bolalar taʼlimga jalb etildi.

❗️2022-2023-o‘quv yilida inklyuziv taʼlim joriy etilgan umumtaʼlim maktablari soni 195 taga yetib, ularda 504 nafar imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv taʼlimga qamrab olindi.

Tashkil etilgan inklyuziv sinflarda taʼlim olayotgan o‘quvchilarga 2021/22-o‘quv yilida 51 nafar, 2022-2023-o‘quv yilida esa 248 nafar pedagoglar biriktirildi.

Inklyuziv taʼlim tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish va ko‘lamini kengaytirish maqsadida maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023 yil 29 avgustdagi 274-sonli buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yilida inklyuziv taʼlim joriy etilishi tavsiya etilgan 390 ta maktablarning qo‘shimcha ro‘yxati tasdiqlandi.

👉Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1271

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#Инклюзив_таълим

Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida bilim va innovatsiyalar almashinuvi (KIX) tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladigan “Ta’limda global hamkorlik” loyihasi doirasida Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, Tojikiston va Shvetsariya davlatlari delegatsiyalari vakillari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida bo'lishdi.

Bundan ko'zlangan maqsad, inklyuziv ta’lim bo‘yicha tajriba almashish hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan iborat.

❗️Uchrashuv avvalida vazir o'rinbosari Dilshod Kenjayev O‘zbekistonda ta’lim tizimida, ayniqsa inklyuziv ta’limni irivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

⚡️Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari vazirlik tasarrufidagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida tashkil etilgan “Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi” faoliyati hamda inklyuziv ta’limning Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 134-sonli maktab misolida o‘rganganligini ma’lum qilib, yurtimizda inklyuziv ta’lim jadal rivojlanib borayotganligini alohida e’tirof etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Press_tur
#Инклюзив_таълим

🔴 Angren shahridagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan press-tur doirasidagi ikkinchi manzil 18-umumta’lim maktabi bo’ldi.

Bu yerda ishtirokchilar maktabdagi inklyuziv sinflar faoliyati bilan tanishishdi.

✔️ Ma’lumot uchun: mazkur maktabda 3 yil muqaddam tashkil etilgan ikkita sinfda sog‘lom bolalar bilan 5 nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘qishni boshlashgan.

⚡️ Hozirda ularning soni 11 nafarga yetdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Хalqaro_hamkorlik
#Инклюзив_таълим

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan inklyuziv ta’limni yanada takomillashtirish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

❗️Unda vazirlik mas’ullari, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakili Ya.Checherina, milliy konsultant Sh.Toʻxtayarova, Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni isloh qilish boʻyicha xalqaro konsultant Yudit Xollenvegerlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida:

Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy asoslar,
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish borasida olib borilayotgan ishlar,
pedagoglar va ota-onalar uchun ishlab chiqilgan metodik adabiyotlar haqida soʻz bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Инклюзив_таълим
#Фарғона

Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahar alohida ta'limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90-sonli maktab-internatining 4-sinf o‘quvchilari va sinf rahbari tomonidan "Biz hech kimdan kam emasmiz!" shiori ostida maxsus videorolik tayyorlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM