#Bugungi_kun_sarhisobi
📊 NAVOIYDA MAKTABLAR SONI 377 TA, DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI SONI 224 TAGA YETDI
😄 Navoiy viloyatida ayni vaqtda 377 ta umumta’lim maktablari va 224 ta Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
😄 Viloyat buyicha turli davlat dasturlari doirasida 2024 yilda 4 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan barpo etildi va 4 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilindi. Natijada 570 ta tarbiyalanuvchi o‘rni yaratilgan bo‘lsa, 660 ta mavjud tarbiyalanuvchilar o‘rni qayta rekonstruksiya qilindi.
Ushbu qurilish-ta’mirlash ishlariga 33,1 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirildi va to‘liq jihozlab berildi.
😄 Shuningdek, 21 ta umumta’lim maktablarida: 5 ta yangi qurilish, 14 ta rekonstruksiya va 2 ta mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Buning natijasida 5 742 ta o‘quvchi o‘rni yaratilgan bo‘lsa, 3 304 ta mavjud o‘quv o‘rinlari mukammal ta’mirlanib, mazkur ishlarga 149,1 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi.
😄 Joriy yilning birinchi yarmida "Tashabbusli byudjet" mablag‘lari hisobidan 37 ta ta’lim tashkilotlarida 40,8 mlrd so‘m mablag‘ doirasida qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Ushbu qurilish-ta’mirlash ishlariga 33,1 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirildi va to‘liq jihozlab berildi.
Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM