#Uchinchi_bosqich
Xalqaro tajriba asosida ustozlar malakasi oshirilmoqda
✅Avval xabar berilganidek, poytaxtda va viloyatlar markazida “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilgan edi.
Hozirda mazkur tadbirning davomi sifatida mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida kaskad usulida seminar-treninglarning uchinchi bosqichi o‘z ishini boshladi.
✏️Mazkur seminarlar yurtimizning barcha hududlarida tashkil etilib, unda maktab direktorlari, matematika va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) o‘qituvchilarini “kaskad” usulida o‘qitilmoqda.
📌Maʼlumot uchun: joriy yilning 19-24-avgust kunlari master-trener, trener-koordinator hamda mentor- o‘qituvchilar yordamida har bir umumtaʼlim maktabidan tanlab olinadigan 1 nafardan yetakchi o‘qituvchilar uchun tuman (shaharlar)dagi tayanch maktablarda, 26-31-avgust kunlari esa barcha yetakchi o‘qituvchilar tomonidan o‘z maktablaridagi o‘qituvchilar uchun treninglar tashkil etiladi.
🔖Shuningdek, mahorat darslarida o‘qituvchilarning xalqaro taʼlim dasturlariga oid ko‘nikmalarini takomillashtirish, bu orqali o‘quvchilarning mazkur fanlar bo‘yicha savodxonligini oshirish, sunʼiy intellektdan foydalangan holda egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish, raqamli texnologiyalarni keng va samarali joriy qilish ko‘zda tutilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM