Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Germaniya

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Germaniyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.

Unda Gyote instituti direktori Marin Nimayer, Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasining O‘zbekistondagi direktori Svetlana Lyubavina va vazirlik mas'ullari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar:

ta'lim sohasidagi hamkorlik masalalarini kuchaytirish,
maktablarda nemis tilini o'qitishni yanada rivojlantirish,
nemis tilidan dars beruvchi o'qituvchilar malakasini oshirish, ularning sonini ko'paytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlandiya

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Finlandiya Milliy ta’lim agentligi O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha boshqarma rahbari Pia Kola-Torvinen hamda delegatsiya a‘zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida:


joriy yilda ta’lim sohasiga doir amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar;
umumta’lim maktablari direktorlari va o‘qituvchilari malakasini oshirish;
inklyuziv ta’limni rivojlantirish;
ta’limda boshqaruv va baholash koponentlar bo‘yicha
hamkorlikdagi qator masalalar xususida fikr almashildi.

✔️Finlandiya Milliy ta’lim agentligi a’zolari bilan tashkil etiladigan uchrashuv va tadbirlar kun davomida ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlyandiya

Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun kunning ikkinchi qismida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lishdi.

❗️Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. O’quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar, xususan robototexnika hamda mobil ilovalar finlyandiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

📍 Shundan so’ng, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Unda xorijlik ekspertlar hozirda Respublikamiz maktablarida joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

✔️Baholash materiallarini tayyorlovchi mahalliy ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimini fin tajribasi asosida takomillashtirish, shuningdek mahalliy ekspertlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlyandiya

Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun poytaxtimizda joylashgan 5-maktabda bo’lishdi.

❗️Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar maktab faoliyati, dars jarayonlari hamda laboratoriya xonalari bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu delegatsiya ishtirokidagi uchrashuvlar joriy yilining 22-apreliga qadar davom etadi. Tadbir so‘nggida xorijiy ekspertlarning xulosalari asosida tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlyandiya

Bugun Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi vakillari ishtirokida inklyuziv ta'limda
hamkorlik yo'nalishida qator uchrashuv va tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Dastlab Toshkent shahridagi “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi faoliyatini koʻzdan kechirishdi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev xorijlik ekspertlarni maktabdagi shart-sharoitlar hamda taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishtirdi.

❗️ Maktabda alohida eʼtiborga muhtoj bolalarga hamda ularning ustozlariga ko'rsatilayotgan individual psixologik eʼtiborning yuqoriligi xorijlik ekspertlar tomonidan yuksak baholandi.

Uchrashuv yakunida Finlyandiyalik ekspertlar hamda mamlakatimizdagi soha mutaxassislari bilan gospital pedagogika va inklyuziv taʼlim yoʻnalishida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

✔️ Kunning ikkinchi qismida “Yangi Oʻzbekiston” universitetida inklyuziv taʼlim joriy etilgan maktab direktorlari va boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun finlyandiyalik ekspertlar tomonidan Finlyandiyadagi inklyuziv taʼlim tizimi va uning yutuqlariga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

👉 Oʻzaro samimiy muloqot va savol-javoblar tarzda oʻtkazilgan tadbir davomida inklyuziv taʼlimni har tomonlama rivojlantirish borasidagi muhim jihatlar tilga olib oʻtildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

"Ingliz tilida so'zlashuvchi millat" (ESN) dasturining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va ingliz tili ustozlari uchun ESN dasturining ahamiyati, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish yo‘lida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng AQSHning O'zbekistondagi elchisi Jonatan Henik vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalari olib borayotganini ta'kidladi hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr bildirdi.

✔️Ma'lumot o‘rnida: ushbu dastur AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan va 2019-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.

ESN dasturi asosida bugungi kunga qadar O‘zbekistonda 18 000 nafar ingliz tili o‘qituvchilari malaka oshirishdi va ularning 452 nafari TESOL sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse prezidenti Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, vazirlik mas'ullari hamda OIIB vakillari ishtirok etishdi.

Muzokaralar davomida mamlakatimizda yangi maktablar barpo etish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish va bolalar uchun zarur ta’lim sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga kelishib olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas’ullari Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Unda tomonlar kelgusidagi hamkorlik masalalari hamda ajratilayotgan grant doirasidagi AKT uskunalarning Qoraqalpog‘istondagi maktablarda ta'lim sifatini oshirishga qo‘shadigan hissasi to’g'risida so‘z bordi.

Shundan so‘ng tomonlar rahbariyati ikki tomonlama hamkorlik doirasida grant shartnomasi imzolashdi. Unga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 10 ta maktab AKT vositalari bilan ta’minladi.

❗️Bunda Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri, Chimboy, Amudaryo va Xo‘jayli tumanlaridagi maktablarga 50 ta kompyuter va 20 ta smart doskalar bilan jihozlanishi ko‘zda tutilgan.

Tadbir doirasida, xorijlik mehmonlar “Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Касб_ҳунарга_ўқитиш

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Germaniya xalqaro
hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va oʻqitishda zamonaviy tendensiyalar” mavzusida oʻquv seminar tashkil etildi.

Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, Savdo sanoat palatasi mutasaddilari va tadbirkorlik subyektlari hamda UNICEF, UNESCO, USAID kabi qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi va o‘quvchilarni o‘zlari qiziqqan sohaga yo‘naltirish, ularni katta hayotga tayyorlashning ahamiyati va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmalaridagi Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat koʻrsatish shoʻba masʼullari, poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi kasb-hunarga oʻqitish joriy etiladigan maktab direktorlari qatnashdi.

❗️Tadbir doirasida Hilola Umarova o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va o‘qitish yo‘nalishida mehnat qilayotgan tizimdagi bir guruh ustozlar va mutaxassislarni taqdirladi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida bu yo‘nalishdagi samarali hamkorlik aloqari olib borilayotgan – Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ “TexVET” loyihasi rahbari Mattias Klingenbergga "Tashakkurnoma" topshirildi.

🏢 Shuningdek, seminar doirasida maktab hududi bo‘ylab kampus-tur tashkil etildi.

Unda o‘quvchilarni kasb-hunarga hamda o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Ozarbayjon

O'quvchilarimiz SAF xalqaro innovatsion loyihalar festivalida ishtirok etishadi

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida bo’lib turishibdi.

Delegatsiya tarkibida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas’ullari ham ishtirok etishmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Respublika STEAM innovatsiya markazida bo’lib, istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar STEАM yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy tajriba va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish haqida so’z yuritishdi.

Shuningdek, A.Muzaffarov nomidagi 2-sonli maktabda bo’lib, muassasa faoliyati, o’quvchilar yutuqlari hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

Muzokaralar davomida joriy yil bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Ozarbayjonning SAF xalqaro innovatsion loyihalar festivalida o’zbekistonlik o'quvchilarning ham ishtirok etishi bo’yicha kelishib olindi.

Ma'lumot o'rnida: mazkur festival 3 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Ayni damda Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi hamkorlik bo‘yicha 13-Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o‘tmoqda.

Yigilish davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri orinbosari Sardor Rajabov va Ozarbayjon Fan va ta’lim vaziri orinbosari Gasan Gasanli bilan uchrashuv bolib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlik, kelgusidagi rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar, xususan STEAM markazlarini tashkil etishda aloqalar ornatish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehmonlar Buxoro shahridagi Prezident maktabi faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda oquvchilar yutuqlari bilan tanishishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Sultan as-Siri al-Kamzi bilan uchrashdi.


Unda vazirlik va elchixona mas'ullari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar ustida birgalikda ishlash masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, BAA vakillari bilan xalqaro investitsiya va grant loyihalari bo‘yicha hamkorlarni jalb qilish haqida so‘z yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Koreya davlatining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Koreya tomoni bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, investitsiya va grant mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish, koreys tilini ikkinchi chet tili sifatida rivojlantirish haqida so’z yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova yangi tayinlangan Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasiga Favqulodda va muxtor elchisi Manfred Huterer bilan uchrashdi.

Vazir Hilola Umarova uchrashuv avvalida elchini ushbu masʼuliyatli vazifaga tayinlanganligi bilan qutladi hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan atroflicha tanishtirib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda nemis tilini rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi loyihalarni davom ettirish hamda yangi loyihalarni ishlab chiqish borasidagi kelgusi rejalar xususida muloqot olib borildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi delegatsiyasi malaka oshirish uchun Buyuk Britaniyada bo’lib turibdi.

Mazkur tashrif davomida delegatsiya a’zolari OxfordAQA hamda Cambridje International Assessment tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan dasturlarda ishtirok etib, xalqaro tajribani o'rganishadi, baholash tizimini yaratish, milliy baholash tizimi dasturni ishlab chiqish, takomillashtirish va rejalashtirish bo’yicha malaka oshiradilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi.

Oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur tashrif dastlab Germaniyadagi nufuzli universitetlardan biri boʻlgan Freyburg universitetidan boshlandi.

Uchrashuvda universitet klinikasi bosh direktori professor Fredrik Venz, "Mongold Consulting" raisi professor Klaus Mangold, "Consus.health" kompaniyasining bosh direktori Jorje Nikolic va boshqalar ishtirok etdi.

Agentlik direktori A.Ubbiyev davlatimiz rahbari tomonidan taʻlimga qaratilayotgan katta eʼtibor va izchil islohotlar natijasida bugungi kunda Oʻzbekistonda taʼlim tizimi tubdan oʻzgargani, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimi yanada mukammallashtirilib Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari yuksak marralarni zabt etayotganini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetining prorektorlari Baxtiyor Yoʻldoshov hamda Bahodir Ahmedov tashkil etilganiga qisqa vaqt boʻlishiga qaramasdan katta natijalarga erishib kelayotgan universitetimiz haqida taqdimot qildi.

Mezbonlar tomonidan Oʻzbekistonda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, yirik loyihalar, shuningdek, Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida rivojlanib borayotgan barcha sohalar singari taʼlimda ham ikki tomonlama yaqin hamkorlik va doʻstona munosabatlar alohida eʼtirof etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM