Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.7K subscribers
21.1K photos
5.97K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Ochiq_muloqot

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Toshkent shahridagi 350 nafar maktab direktorlari hamda o’qituvchilar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

- Oldimizda davlatimiz rahbari ishonib topshirgan ta’lim islohotlarini amalga oshirishdek mashaqqatli va sharafli vazifa turibdi. Bu vazifalarni amalga oshirishda barchamizdan fidoyilik, halollik talab etiladi, - dedi vazir.

✔️ Shuningdek, muloqot davomida:

▶️ tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar,
▶️ pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda
▶️ o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish borasidagi muhim vazifalar haqida so‘z bordi.

❗️Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirdan javob ham olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Pedagogika yo'nalishini bitirayotgan talabalar uchun maxsus platforma yaratildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, talabalarning fikr-mulohazalariga quloq tutish maqsad qilingan.

❗️Hilola Umarova so‘zi avvalida ta'lim sifatini oshirish yo'lida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi va o‘qituvchilar bu jarayonlarning markazida ekanligini, pedagogika universitetining bitiruvchilari — bo‘lajak pedagoglarga katta ishonch bildirishini ta'kidladi.

Shundan so‘ng, universitet bitiruvchilari o‘z takliflari, murojaat va mulohazalari vazirga bildirishdi.

Xususan:

vazirlik tomonidan pedagoglar uchun tashkil etiladigan seminar-treninglarda universitet bitiruvchi talabalarining ham ishtirok etishi,

maktabgacha ta’limda maqsadli kvotalar ko‘lamini kengaytirish takliflari bildirildi.

Murojaat bilan chiqqan talabalarning masalalari joyida hal etildi.

❗️Bundan tashqari, faol talabalar vazirlikka amaliyotga taklif qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida vazirlikning “
Ish.uzedu.uz” platformasi taqdimoti bo’lib, unda tizimdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib borilishi ta’kidlandi.

Ochiq muloqot so’nggida vazir universitetning magistratura yo’nalishi 1-bosqich talabalari bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.

Unda Hilola Umarova doimiy izlanishda bo’lish, o’z ustida muntazam ishlab borish muvaffaqiyat kaliti ekanini bildirdi.


✔️Ma’lumot o‘rnida: joriy o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasasini jami 5 ming nafardan ziyod talaba tamomlamoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov, Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov, Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Soliq qo‘mitasi raisi o’rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan:


taʼlim sohasida litsenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi,
litsenziya olishda professor-oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi imzolash,
xususiy maktablarga xorijiy ustozlarni jalb qilish kabi takliflar ilgari surildi.

Ushbu takliflarni o’rganish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi.

Uchrashuvda tadbirkorlar takliflari bilan bir qatorda muammolariga yechim topish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muloqotda, shuningdek videoselektor orqali Respublikadagi sohaga doir faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ham ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Сўх

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Farg‘ona viloyati, So‘x tumani pedagoglari bilan uchrashdi.

Unda 200 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari, faxriy ustozlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

❗️ Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan
muloqot davomida o‘qituvchilarning soha faoliyatiga doir takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.

Ishtirokchi pedagoglar Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor va bu islohotlarning eng olis hudud bo‘lgan So‘xdagi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Vazir Hilola Umarova so‘zi avvalida ustozlarni boshlangan yangi o‘quv yili bilan qutlar ekan, so‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan izchil islohotlar davomiy bo‘lishini, hududdagi o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan hamda alohida o‘rnak ko‘rsatgan 10 nafar pedagog “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tumandagi 9 ta maktabga kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 151-sonli umumta'lim maktabida bir guruh ota-onalar va pedagoglar bilan
ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Radjabov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova ishtirok etdi.

Muloqotda yangi baholash tizimi, uning o‘ziga xos tomonlari va kutilayotgan natijalar haqida so’z yuritildi.

Tadbir davomida ota-onalar tomonidan:

BSB va CHSB imtihonlarini o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari,
imtihonlarda past natija ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan ishlash,
baholash tizimi bilan bog’liq kelgusi rejalar kabi mavzularda ko‘plab savollar berildi.

Savollarning barchasiga mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi.

❗️Shuningdek, tadbirda mazkur baholash tizimi o’quvchilarda o‘z ustida ishlashga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirayotganligi ham alohida ta’kidlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Bugun poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 248-umumtaʼlim maktabida yangi baholash tizimini joriy etish, uning muhim jihatlariga bagʻishlangan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.

🔹 Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Radjabov, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi masʼul xodimlari, oʻqituvchi va ota-onalar ishtirok etdi.

Oʻzaro muloqot davomida joriy oʻquv yilidan boshlab mamlakatimizning 1500 ta umumtaʼlim maktabida qoʻllanib kelinayotgan oʻquvchilarni yangi baholash tizimi haqida atroflicha fikr yuritildi.

📍 Vazir oʻrinbosari Sardor Radjabov mavzuning muhim jihatlari, bunda oʻqituvchi va oʻquvchilar, ota-onalarning oʻrni, oʻzaro hamkorlik masalalariga toʻxtalib oʻtdi hamda barchani hamjihat harakat qilishga chaqirdi.

🔹 Qayd etilganidek, ilgʻor xalqaro tajribalar asosida shakllantirilgan mazkur tizim bugun dunyoning koʻplab mamlakatlarida keng foydalanib kelinadi. Bunda oʻquvchini baholashda nisbiy emas, balki uning indivudial qobiliyati va oʻzlashtirishiga alohida eʼtibor qaratiladi.

👉 Tadbirda yangi baholash tizimini yoʻlga qoʻyishdagi tashkiliy masalalarga doir ota-onalar tomonidan berilgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil javob berib oʻtildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Oʻquv jarayonlariga yangi baholash tizimini joriy etishga doir Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan
ochiq muloqot tadbirlari davom etadi.

Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 256-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan navbatdagi uchrashuvda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Radjabov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi masʼul xodimlari, oʻqituvchi va oʻquvchilarning ota-onalari qatnashdi.

🔹 Tadbir avvalida oʻquvchilarning bilimini baholash boʻyicha mezonlarga asoslangan yangi tartib xususida atroflicha maʼlumot berildi. Xususan, tizimning taʼlim sifatini oshirishdagi muhim oʻrni, oʻquvchilarning bilim va dunyoqarashini boyitishdagi afzal jihatlari haqida gapirib oʻtildi.

📍 Vazir oʻrinbosari Sardor Radjabov ota-onalar tomonidan yangi baholash tizimini toʻla joriy etishdagi muhim masalalar, jumladan, uning xalqaro doiradagi ahamiyati, oʻquvchilarning kelajagiga ijobiy taʼsiri, oʻqituvchilar va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlik masalalariga doir berilgan savollarga hayotiy misollar yordamida javob berib oʻtdi.

👉 Tadbir soʻnggida masʼullar tomonidan yangi baholash tizimining oʻziga xos jihatlari xususida turli fikr-mulohazalar bildirib oʻtildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Bugun poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 99-sonli maktabda yangi baholash tizimi va uning muhim jihatlariga bag‘ishlangan
ochiq muloqot tashkil etildi.

 🔹 Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Muloqot avvalida masʼullar tomonidan o‘quvchilarning bilimini baholash bo‘yicha mezonlarga asoslangan yangi tartib xususida to‘liq maʼlumot berildi.

Xususan, vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov so‘zga chiqib, ota-onalarni o'ylantirayotgan masalalar va uning yechimiga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM