Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.94K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAMANGAN: O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA O‘RGATISH TAJRIBASI

Namangan shahridagi 53 ta maktabning har birida bu borada o‘ziga xos tashabbus yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayniqsa, tajribali maskan sifatida tanlab olingan 88-umumta’lim maktabidagi jarayonlar e’tirofga loyiq.

Mazkur ilm dargohi 10-sinf o‘quvchilarining 27 nafari huddiy korxonalarga tikuvchilik, zamonaviy mebel jihozlari yasash sohalariga shartnoma asosida biriktirilgan bo‘lib, hozirda ularning 16 nafari shu yo‘nalishlarda oyiga 2,5 -3,5 mln so’m atrofida daromad topmoqda.

Shahar maktablarining 10-sinflarida ayni paytda jami 5800 nafar o‘quvchi tahsil olib, ular ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma, tahlil va o‘rganishlar natijasida 2897 nafari yoki 49.9 foizi oliy ta’limga kirish istagini bildirgan bo‘lsa, 2903 nafari yoki 50.1 foizi kasb-hunarga qiziqishini ma’lum qilgan.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
✔️ Toshkent shahrida “Kitobxonlik festivali” o‘tkazildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida bugun “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu festivalga Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, maktab kutubxonachilari, kitobsevar o‘quvchilar, ota-onalar hamda Respublikamizning turli hududlaridan Bolalar kutubxonalari direktorlari tashrif buyurishdi.

Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi:

🔹 “Ijodkor bolalar”
🔹 “Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi”
🔹 “Xudoyberdi Toʻxtaboyev asarlari bilimdoni”
🔹 “Ajdodlar siymosi qalblarda mangu”
🔹 “Eng faol kutubxonachi”
🔹 “Eng yaxshi kitobxon oila”


🎁 Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 30 ming nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olinib, 50 nafar g‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🎶 Festival davomida el suygan sanʼatkorlarning barchamizga sevimli boʻlgan kuy-qo‘shiqlari barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishlab, festival ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi.
#Эътироф
#Attestatsiya

🏃‍♂️Chinnigul Lutfullayeva,
Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi 17-umumtaʼlim maktabining tasviriy sanʼat va chizmachilik fani o‘qituvchisi:


✍️Tasviriy sanʼat va chizmachilik fani bo‘yicha attestatsiya sinovlarida qatnashib, 74 ball bilan 1-toifani oldim.

Savollar juda yaxshi tuzilgan, hammasi bizga tavsiya etilgan adabiyotlardan. Vaqt masalasi ham to‘g‘ri tashkillashtirilgan. Menda hattoki ortiqcha 58 daqiqa vaqt qoldi.

Jarayonlar shaffof. Masʼullarga o‘z tashakkurimni bildiraman.

_______

🏃‍♂️ Gulmira G‘aniyeva,
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi 6-maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi:


✍️Toifa sinovlarida ishtirok etib, 86 ball oldim. Savollardan ko‘nglim to‘ldi.

Eng asosiysi, savol tuzishda darslikdan chetga chiqilmagan, mujmallik yo‘q.

O‘qigan ustoz, albatta, natijaga erishadi. Menga "Qissasi Rabg‘uziy", "Baxtli shahzoda", "Kecha va kunduz" asarlaridan testlar tushdi. Maslahatim, yangi darsliklarni ham bir ko‘zdan kechiringlar. Tilshunoslik testlari ham o‘rtacha darajada, bemalol ishlash mumkin. Hammaga omad!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda Germaniya bilan hamkorlik rivojlanmoqda

♻️ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda O'zbekistondagi Gyote instituti bilan hamkorlikda o'quvchilarni kasbga o'qitishni qo'llab-quvvatlash maqsadida yurtimizdagi 3 ta maktabga zamonaviy tikuv mashinalari yetkazib berilgan edi.

Kuni kecha mazkur maktablardan biri — Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 19-maktabga Germaniyaning Saksoniya federal yeridan tadbirkorlar, soha mutaxassislari tashrif buyurdi.

❇️ Tadbirda o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha Germaniya tajribasi hamda bugungi kunda Germaniyada aktual bo'lgan kasblar haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Joriy yilning 29-may kuni GIZ va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda "Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va oʻqitishda zamonaviy tendensiyalar" mavzusida xalqaro seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Forwarded from my.gov.uz
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

👨‍💻Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz:

Bolani bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish. Uydan chiqmagan holda farzandingiz ko‘chiriladigan maktabni tanlang va so‘rov yuboring. 3 ish kunida javobni oling!

Yo‘qolgan yoki shikast etgan maktab shahodatnomasi (10 ish kunigacha) hamda diplom dublikatini (15 ish kunida) berish. Hech qanday tashriflarsiz, hujjatlarsiz oson va qulay amalga oshiriladi.

Xorijiy ta’lim hujjatlarini tan olish. Agar siz chet elda o'qigan bo'lsangiz, ta'limingiz tan olinganligi to'g'risidagi guvohnomaga ariza topshiring. Bu sizga O‘zbekistonda o'qish va ishlashga yordam beradi.

Shuningdek:

🔄Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha test sinovlarida qatnashishga ariza berish
🔄Xalqaro IT-sertifikatlarini olish va o‘qish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplashga ariza berish
🔄Xorijlik fuqarolar farzandlarini maktabga qabul qilish
🔄Pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish
🔄Ta’lim hujjatlarini nostrifikatsiyalash kabi xizmatlardan ham onlayn foydalanish mumkin.

🟦Yana foydali xizmatlar – “Ta'lim” bo'limida❗️

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_25

VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💠 Joriy yilning 16-may kuni UNICEF xalqaro tashkiloti ishtirokida Toshkent shahridagi 298-maktabda konsultativ uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari hamda UNICEF xalqaro tashkiloti vakili Alberto Biancoli ishtirok etishdi.

Tadbirda “Inklyuziv ta'lim yuzasidan umumiy tushunchalarni shakillantirish va yo'l xaritasini tuzishda umumta'lim o'qituvchilarining tajribalari” to'g'risida ma'ruza tashkil etildi.

🔰 Respublika tashxis markazi kanallariga obuna bo'lish:➡️➡️➡️
✈️Telegram|Facebook|🌐Instagram|📹You Tube|🌐info-tashxis.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TASHABBUS_VA_IJRO
🤩TOSHKЕNT VILOYATI: O‘QUVCHILARGA KASB-HUNAR O‘RGATISH BORASIDA SAMARALI ISHLAR OLIB BORILMOQDA


🟢Bugungi kunda Toshkent viloyatidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish, bu orqali ularni jamiyatda o‘z o‘rniga ega insonlar bo‘lib yetishiga ko‘maklashish, qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

➡️Birgina Chirchiq tumanidagi 14-sonli IDUMda tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish polegoni ham bunga yaqqol misol.

📹Batafsil videorolikda


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook