Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.9K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xalqaro_forum
#Angliya

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ayni damda Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etishmoqda.

📍 Forum Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan bo’lib, unda butun dunyodan ta'lim vazirliklari delegatsiyalari qatnashishmoqda.

Butunjahon ta’lim forumi:

▶️ bugungi kundagi ta'lim sohasida mavjud muammolarga ijobiy yechim topish,
▶️ yuzaga kelgan ta'lim va o‘quv masalalarida firk almashish,
▶️ ta'lim jarayonidagi yangiliklar haqida taqdimotlar o‘tkazish,
▶️ davlatlar tomonidan ta'limning turli xil yo‘nalishlaridagi muvaffaqiyatlar bilan bo'lishish uchun
xalqaro maydon hisoblanadi.

✔️ Ma'lumot o'rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o'tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi.

📆 Forum 10-maygacha davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_forum
#live

Xabaringiz bor, 14-16-oktabr kunlari poytaxtimizda Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tadi.

🔴 Ayni vaqtda Yangi O‘zbekiston Universitetida
Nobel mukofoti sovrindori, fransiyalik olim, zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri Jan Tirolning talabalar uchun ma’ruzasi boshlandi.

📍 O‘zaro muloqot shaklida o‘tkaziladigan ma’ruzada “Yirik monopol kompaniyalarni boshqarish va tartibga solishning eng samarali usullari” mavzusida mihim fikrlar bildirib o‘tiladi.

👉 Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

👉🏻
Ma’ruzani jonli efirda tomosha qiling:
https://youtube.com/live/EFqZH3t0O-c?feature=share

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_forum
#live

🔴 Poytaxtimizda joylashgan InterContinental mehmonxonasi (Trilliant)da Nobel mukofoti sovrindori, dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri — Massachusetts texnologiya universiteti doktori Jan Tirolning ochiq shakldagi maʼruzasi boshlandi.

📍 Yurtimizning turli nuqtalaridan kelgan katta auditoriyaga ega tadbirda olim eng dolzarb va qiziqarli mavzulardan hisoblangan “Xalq farovonligiga erishish” haqidagi oʻz izlanishlari bilan boʻlishadi.

👉 Maʼruzada Nobel mukofoti sovrindori shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha fikrlari bilan oʻrtoqlashadi.

Ma’lumot uchun: Tadbirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan
xalqaro tashkilotlar, OAV va jamoatchilik vakillari, yetuk ilm-fan namoyondalari, mahalliy tadbirkorlar, iqtisodchi va talabalar ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_forum

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy-tadqiqot institutida Britaniya Kengashining Ingliz tili dasturi rahbari Michael Connolly bilan uchrashuv tashkil etildi.

📍 Poytaxtimizda davom etayotgan Markaziy Osiyo universitetlari forumi doirasida boʻlib oʻtgan tadbirda olimning “Ingliz tilini oʻqitishning taʼlim sohasida tutgan oʻrni va istiqbollari” mavzusida ochiq muloqot shaklidagi maʼruzasi tinglandi.

Unda ingliz tili fani oʻqituvchilari, talaba va oʻquvchi-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. O‘zaro muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda bildirilgan fikrlar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

👉 Maʼlumot uchun: Maykl Konolli ingliz tilini yuqori sifatli va inklyuziv oʻqitish, oʻrganish, baholash, shuningdek, yoshlar uchun raqamli va boshqa asosiy koʻnikmalarni taqdim etish boʻyicha qator xalqaro tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik qilib keladi. Uning ilmiy tajribasi Yaponiya, Ispaniya, Misr kabi mamlakatlardagi pedagoglar kasbiy faoliyatida keng qoʻllaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum
#live

Markaziy Osiyo Universitetlar forumining xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirokidagi ochiq muloqot tadbiri boshlandi


🔴 Ayni vaqtda Yangi O‘zbekiston Universitetida Markaziy Osiyo Universitetlari Forumining muhim uchrashuvlaridan biri boshlandi.

📍 Unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan va ta’lim rivoji uchun dunyo miqyosida ish olib borayotgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar hamda yurtimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda bugungi nufuzli uchrashuvning ahamiyati, ta’lim rivojining dunyo xalqlari hayotidagi muhim o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tantanali tadbirda “Times Higher Education” tashkiloti xalqaro ishlar rahbari Phil Baty, Massachusets texnologiya universiteti vakili Anjali Shastry, Obuda universiteti rektori Levente Kovachs, Abu Dabidagi Nyu-York universiteti dotsenti Behzod Xoshimov, “Montfort Eurasia” boshqaruvchi direktori Eleanor Kramers va ko‘plab xorijiy tashkilotlar vakillarining mavzuga doir chiqishlari ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi, xalqaro nufuzli mehmonlar bilan muhokama va uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

👉🏻Tadbirni jonli efirda tomosha qiling:
https://youtube.com/live/vPStvVGtsGc?feature=share

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum
#fotoreportaj

🔴 Oliy ta’lim sohasini rivojlantirishdagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo universitetlar forumida dunyoning ko‘plab xorijiy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.

👉 Tadbirda “Times Higher Education” tashkiloti xalqaro ishlar rahbari Phil Baty, Massachusets texnologiya universiteti vakili Anjali Shastry, Obuda universiteti rektori Levente Kovachs, Abu Dabidagi Nyu-York universiteti dotsenti Behzod Xoshimov, “Montfort Eurasia” boshqaruvchi direktori Eleanor Kramersning ma’ruzalari o‘rin olgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum
#live

⏺️O‘ZBEKISTON UNIVERSITETLARI “TIMES HIGHER EDUCATION”NING NUFUZLI REYTINGIGA KIRITILDI

O‘zbekistondagi 3 ta oliy ta’lim muassasasi birinchi marotaba “Times Higher Education” reytingida yuqori o‘rinlarni egalladi. Jumladan, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti dunyo universitetlari orasida 601-o‘rinni qayd etdi hamda kuchli 1000 talikka kirdi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 1001-o‘rinda, Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent
xalqaro axborot-texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinda qayd etildi.

Forum doirasida mazkur Universitetlar “Times Higher Education” tashkiloti tomonidan taqdirlandi.

👉 Shuningdek, Forumda “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tez rivojlanib borayotgan ta’lim dargohi sifatida e’tirof etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM