Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Germaniya

VAZIRLIK O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH SOHASIDA GERMANIYA BILAN HAMKORLIK QILADI

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxo'jayev, GIZ rahbari Mattias Klingenberg va ikki tomondan mas'ullar ishtirok etishdi.

❗️Uchrashuv doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) o‘rtasida "O‘zbekiston professional ta’lim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo‘llab quvvatlash" loyihasi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar jumladan:

▶️ yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishda birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish,
▶️ xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda o‘quv tadbirlarini tashkil etish,
▶️ o‘zaro hamkorlik doirasida axborot texnologiyalari sohasida birgalikda ishlashga kelishib olishdi.

✔️Ma’lumot uchun, O‘zbekiston professional ta’lim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo‘llab quvvatlash loyihasi 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Germaniya

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Germaniyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.

Unda Gyote instituti direktori Marin Nimayer, Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasining O‘zbekistondagi direktori Svetlana Lyubavina va vazirlik mas'ullari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar:

ta'lim sohasidagi hamkorlik masalalarini kuchaytirish,
maktablarda nemis tilini o'qitishni yanada rivojlantirish,
nemis tilidan dars beruvchi o'qituvchilar malakasini oshirish, ularning sonini ko'paytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Myunxen texnika universiteti professorlari bilan uchrashuv o'tkazildi

💫"Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasi Germaniyaga tashrifi davomida Myunxen texnik universiteti professorlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda universitetlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturini kengaytirish muhokama qilindi.

☑️ Uchrashuvda Myunxen texnika universiteti professorlarini "Yangi O'zbekiston" universitetiga jalb qilish masalasiga alohida to'xtalib o'tildi.

➡️Dunyo reytingida 30-o'rinda turuvchi nemis universiteti bilan hamkorlik sifatli ta'lim va yuqori natijalarni ta'minlaydi.


#simpozium #Germaniya #sanoat #ilm_fan

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarimiz Germaniyaning eng yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tashadi

💫 Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan 2021-yil Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan edik.

🌐 Shunda “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya bilan nafaqat ta’lim, balki ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniy sohalarda ham aloqalarni kuchaytiruvchi maskan bo‘lishi maqsad qilingan edi.

Oradan 3 yil o‘tib, maqsadlarimiz o‘z mevasini berayotganidan xursandman.

Xususan, Myunxen texnika universitetida Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda nemis va o‘zbek sanoat korxonalarini birlashtiruvchi xalqaro simpozium o‘tkazildi.

Bunda, “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, mazkur tadbir doirasida Germaniyaning 5 ta ilg‘or universiteti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, mahalliy sanoat vakillarimiz nemis hamkasblari bilan birgalikda ta’lim borasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi.

Eng quvonarlisi, bu ishlarimiz yoshlarimizning “BMW“, ”Siemens”, “Deloitte”, “Linde”, “Airbus” kabi dunyoning eng rivojlangan sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash, mahalliy sanoat korxonalarimiz esa sohadagi ilmiy yondashuvni talab etadigan masalalarni ilg‘or tajriba asosida hal etish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, Germaniyadagi eng yirik madaniy muassasalar va Bavariya parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular bilan kelishib olingan hamkorlik yo‘nalishlari har tomonlama rivojlanishimizga yo‘l ochadi.

🎗 Ishonchim komil, bu ishlar o‘zining bundanda katta natijasini beradi.

#Germaniya #simpozium #tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM