Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Norwich instituti direktori maktab direktorlari va o‘qituvchilar uchun trening o‘tmoqda

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad, o'qituvchilarning maktab rahbarlari bilan birgalikda uzluksiz kasbiy rivojlanishlarini ta'minlashdan iborat.

❗️60 ga yaqin ishtirokchi qatnashayotgan mazkur trening jarayonlari mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Norwich instituti direktori Tom Kiddl tomonidan olib borilmoqda.

🔗 Seminarda maktabni ustozlar hamda direktorlar o‘z ustida ishlaydigan maskanga aylantirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida kasbiy rivojlanish uchun ustozlarga vaqt va resurs markazlari lozimligi haqida so‘z bordi.

Ma'lumot o'rnida: trening jarayonlari 2 kun davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktab direktorlari va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish bo'yicha xorijiy ekspertlar ishtirokidagi o‘quv seminarlari davom etmoqda.

🔴 Ayni damda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan treninglarning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Unda xususan maktabda dars jarayonlaridan ajralmagan holda o'z ustida ishlash, til va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish haqida so'z bordi.
_______________

Tom Kiddl, Buyuk Britaniya, Norwich instituti direktori:

O'zbekistonda 7-marta bo'lishim. Har safar kelganimda bu yerdagi o'qituvchilarda ko'zga tashlanadigan ishtiyoq va motivatsiyadan hayratga tushaman. Ular bilan ishlash haqiqatda qiziq.

Biz bu safargi treninglar davomida ustozlarda dars jarayonlarini interaktiv tashkil etish, o'quvchilar bilan ishlash hamda zamonaviy ko'nikmalardan foydalanish kabi mavzularda so'z yuritdik. Umid qilamanki, ushbu mashg'ulotlar ustozlarning kelgusi faoliyatiga ham yordam beradi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_rivojlanish
#Xorijliklar_fikri

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida o’qituvchilar uchun tashkil etilgan trening jarayonlaridan videolavha.
________

Tom Kiddl,
Norwich tillar o‘qitish instituti direktori:


Ayni vaqtda maktablarda uzluksiz kasbiy rivojlanish loyihasi doirasida ish olib boryapmiz. Ikki kunlik intensiv treninglarimizda tajriba-sinov maktablaridagi direktorlar, ingliz tili o‘qituvchilari, o‘z maktablarida uzluksiz kasbiy rivojlanish loyihasida ishlayotgan maktab liderlari va Britaniya Kengashining bu bo‘yicha milliy maslahatchisi ishtirok etishmoqda.

Men O‘zbekistonda yetti marta bo‘lganman. Ammo, hozirga qadar Toshkent shahri bilan tanishishga ulgurdim xolos, ammo keyingi safar Samarqand va Buxoroni ko‘rish niyatim bor.

Loyihamizning asosiy maqsadlaridan biri maktabda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning bilim olish madaniyatini rag‘batlantirishdan iborat. Buni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bizga o‘ziga xos muhit kerak. Bu direktordan tortib, sinf o‘qituvchisigacha hamma ishtirok etadigan jarayondir. Ularning har ikkisi ishtirok etayotgan ushbu treninglar butun maktabning kasbiy rivojlanish g‘oyasi uchun o‘ta ahamiyatlidir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Kasbiy_rivojlanish

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Xalqaro taʼlim boʼyicha Аmerika Kengashlarining Oʼzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi hamkorligida kasbiy rivojlanish kurslariga start berildi.

✔️Ushbu treninglarda Respublikamiz bo'ylab 66 nafar ingliz tili o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Kasbiy rivojlanish mashg'ulotlari davomida:

baholash va monitoring qilish,
o‘qish jarayonini rejalashtirish,
o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta'lim,
sinfni boshqarish kabi mavzularda so‘z bormoqda.

❗️Bundan ko‘zlangan maqsad yurtimizda faoliyat olib borayotgan ingliz tili o‘qituvchilarining salohiyatini oshirish va ularda zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

🔗 Kasbiy rivojlanish seminarlari joriy yilning 17-martiga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Kasbiy_rivojlanish
#Fransiya

🔴 Ayni damda umumta'lim maktablarining fransuz tili fani o‘qituvchilari Fransiyaning Nitsa shahrida amaliyot o‘tashmoqda.

Darslar sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etilgan, unda:

Fransiya tarixi hamda ta'lim tizimi,
dars jarayonlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish,
til o‘rganishda og‘zaki nutq darajasini oshirish kabi mavzularda so‘z bormoqda.

📍 Jarayonlar Nitsa shahrining Cote d'Azur universitetida bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o'tamiz, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha doirasida joriy yilda jami 120 nafar fransuz tili ustozlarini qamrab olish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_rivojlanish
#Fransiya

🔴 Ayni vaqtda umumta'lim maktablarining fransuz tili ustozlari uchun Fransiyaning Nitsa shahrida amaliyot jarayonlari davom etmoqda.

✔️Amaliyor dasturi doirasida bugun Frankofoniya markazi direktori Yann Librati o‘zbekistonlik ustozlar bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutdi. Ochiq muloqot "Yulduzlarga yetamiz!" shiori ostida tashkil etildi.


Uchrashuvda, shuningdek yaratilgan sharoitlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ham so‘z bordi.

Yann Librati ochiq muloqot davomida o‘zaro hamkorlik aloqalari kengayib, yangi loyihalar ustida ishlashga umid bildirdi.

Bundan tashqari, dastur doirasida ustozlar Fransiyaning diqqatga sazovor maskanlari hamda ularning tarixi bilan yaqindan tanishishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Kasbiy_rivojlanish

🔴 Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tayotgan "Muvaffaqiyatli islohotlar — yuqori natijalar" mavzusidagi seminar trening tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.

Singapurning "Marshall Cavendish Education" tashkiloti bilan hamkorlikda joylarda kaskad usulida tashkil etilayotgan trening tadbirlariga 1000 nafardan ortiq ustozlar qamrab olingan.

Bugun treninglarda:

“O‘qituvchining rivojlanishida karyera bosqichlarining o‘rni”,
"Muvaffaqiyatli ta’lim tizimining uchta asosiy ustunlari”,
“Ish rejasini tayyorlash va taqdim etish”
kabi mavzularida mahorat darslari o‘tilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishayotgani haqida xabar
bergan edik.

📍Delegatsiya vakillari dastur davomida Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullаnuvchi Cambridge University and Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

👉
Unda tashkilot tomonidan dunyoning ko’plab mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlarning:

✔️tashkil etilish jarayonlari,
✔️imtihon materiallarining chop etilishi, saqlanishi,
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga yetkazilishi jarayonlari bilan tanishishdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari boshliqlari o'rinbosarlari
malakasi oshirilmoqda

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi barcha hududiy bo'linma boshliqlarining maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish sho‘ba rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.

👉 Batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM