Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.3K subscribers
21.1K photos
5.99K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"Inklyuziv ta’lim" loyihasi doirasida umumta’lim maktablarining 259 nafar uslubchi, psixolog va pedagoglari malaka oshirish kurslarida o‘qidilar.

Mashg‘ulotlarni A.I. Gersen nomidagi RDPU Defektologik ta’lim va reabilitatsiya instituti, Korreksion pedagogika instituti, Qozog‘iston Respublikasi Maxsus va inklyuziv ta’limni rivojlantirish Milliy ilmiy-amaliy markazining yuqori malakali mutaxassislari o‘tkazdi.

Ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazining uslubchilari va Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilari ham so‘zga chiqdi.

Tadbir ishtirokchilari zamonaviy maktabda inklyuziv ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar, fan o‘qituvchilari esa yakka tartibdagi o‘quv rejalari bilan ishlashni o‘rgandilar.

В рамках проекта «Инклюзивное образование» 259 методистов, психологов и педагогов общеобразовательных школ прошли курсы повышения квалификации.

Занятия проводили высококвалифицированные специалисты из Института дефектологического образования и реабилитации РГПУ им. А.И. Герцена, Института коррекционной педагогики, Национального научно-практического центра развития специального и инклюзивного образования Республики Казахстан.

В качестве лекторов также выступали методисты Республиканского центра профессиональной ориентации и психолого-педагогической диагностики учащихся Республики Узбекистан и преподаватели Чирчикского государственного педагогического университета.

Участники мероприятия получили знания и навыки по организации инклюзивной образовательной среды в современной школе, а учителя-предметники научились работать с индивидуальными образовательными планами.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Kojabayeva Gulistan Talasbayevna — Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1970-yil 15-sentabrda Nukus shahrida tug‘ilgan.

Bunga qadar turli yillarda:

Nukus shahri 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari,
Nukus shahri 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori,
Nukus shahri 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

❗️Qabul kuni: haftaning dushanba kuni, soat 15:00 dan 17:00 gacha.

👉 Vazirning murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @QRXBministrbot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Президент_совғаси
#Press_tur

“Prezident sovg‘asi” karvoni yo'lga tushdi

Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari hududlarga jo‘nab ketmoqda.

Bugun poytaxtimizda “Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, hududlarga jo‘natish jarayonlari doir tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etilib, jarayonlar bilan yaqindan tanishtirildi.

⚡️Umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.

Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.

❗️“Prezident sovg‘asi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1406

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

“Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, hududlarga jo‘natish jarayonlariga bag'ishlab tashkil etilgan press-turdan videolavha.

#25_dekabr #Toshkent

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️Maktab direktorligiga nomzodlarni o‘qitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2024-yil 1-yanvardan boshlab — Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi;

2024-yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga ega umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar хodimlariga sertifikat amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

🔹maktab direktorlariga – 50 foiz;
🔹direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.

❗️Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra:


umumta’lim maktablari direktorlari har 5 yilda bir marotaba belgilangan talablarga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi;
nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tadi;

sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ўқитувчилар_қурултойи

Qurultoy Namanganda: joriy o‘quv yilida viloyatdagi iqtidorli o‘quvchilar 200 millionlik grant sohibi bo‘lishdi

Bugun Namanganda “O‘qituvchilar qurultoyi” bo’lib o’tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, mas'ullar hamda viloyatdagi ilg‘or o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mamlakatimizda o‘qituvchi nufuzini oshirish, maktablarda zamonaviy sharoitlarni yaratish va ta’lim sifatini oshirishga ulkan e’tibor qaratib kelinayotgani ta’kidlandi.


Xususan, birgina joriy yil viloyatdagi umumta’lim maktablari bitiruvchilarining muddatidan oldin xorijiy va Respublikadagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingani, buning natijasida 200 mln AQSH dollaridan ortiq grant mablag‘lari yutib olingani aytib o’tildi.

Tadbir yakunida ta'lim-tarbiya tizimiga munosib hissa qo'shgan ustoz-murabbiylarning 6 nafariga "Xalq ta'limi a'lochisi” , 1 nafariga “Xalq ta’limi fidoyisi” ko’krak nishonlari topshirildi.

❗️Shuningdek, 1 nafar o‘qituvchi va joriy qilingan baholashning yangi tizimida o'quvchilari yuqori natija ko'rsatgan Davlatobod tumanidagi 58-, Chust tumanidagi 52-umumta'lim maktablari direktorlari vazir tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

⚡️Shuningdek, ushbu qurultoy ishi doirasida shoʻba ishlari – trening mashg’ulotlari tashkil etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yil_shukuhi

Termiz shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan Yangi yil bayramidan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#live
#Jarayon

🔴 Xabaringiz bor, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarining baholash (choraklik summativ baholash) dasturi mamlakatimizdagi 500 ta umumta’lim maktabiga tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan.

❗️Bugun mazkur maktablarda joriy o‘quv yilining ikkinchi chorak yakuniy CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram