Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Vazir_va_yoshlar

VAZIR BILAN UCHRASHGAN O’QUVCHINING TAKLIFLARI TINGLANDI

Xabaringiz bor, yaqinda poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘g‘il-qizlar bilan uchrashgandi.

Uchrashuvda ayrim o‘quvchilar maktabdagi ta’lim jarayoni borasida takliflari borligini bildirgandi.

✔️Bugun ana shunday tashabbuskor yoshlardan biri Yuqori Chirchiq tumani 20-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Saidakbar Xadjayev vazirlikka taklif qilinib, loyihalari muhokama etildi.


❗️Saidakbar boshlang‘ich ta’limda ko‘proq tarbiya va tabiatni o‘rganishga vaqt ajratish zarur degan fikrda. Yosh tashabbuskorning aytishicha, inson miyasi 6 tagacha tilni o‘zlashtirishga qodir. Uning bobosi Tohir ota 5 tilda bemalol suhbatlasha oladi.

⚡️Shuning uchun Saidakbar tengdoshlariga kamida 2-3 tilni bilishni taklif etadi. O‘rta maktabda asosan hayotda kerak bo‘ladigan fanlarni chuqurroq o‘rgatish, o‘quvchilar bilimlarini amaliyotda qo‘llashiga alohida ahamiyat qaratish muhim, deydi 11-sinf o‘quvchisi.

✔️E’tibor bersangiz, Saidakbar Xadjayevning fikrlari aynan bugun maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan yangilanishlarga to‘la hamohang! Tashabbuskor yosh do‘stimizning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Hayitova Ra'no ZokirovnaNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1981-yilda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug’ilgan.

Bunga qadar turli yillarda:

Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey tarix va huquq fani o‘qituvchisi, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda direktori,
Navoiy shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri,
Navoiy shahar “Binokor” MFY va Orzu” MFY da tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi sifatida ishlagan.

❗️Qabul kuni: haftaning seshanba kunlari 15:00 dan 17:00 gacha va payshanba kunlari 09:00 dan 11:00 gacha

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: https://t.iss.one/Navoiy_viloyat_MMTBbot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Zamin" fondi, MMTV, "O‘zsuvta’minot" AJ tomonidan YUNISEF ko‘magida amalga oshirilayotgan "Umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" qo‘shma loyihasi doirasida 2021-yildan boshlab Buxoro viloyatidagi markazlashgan suv ta’minotiga ulanmagan maktablarda suv ta’minoti tizimlari barpo qilinmoqda.

O‘tgan davrda loyihada ishtirok etayotgan maktablar joylashgan mahallalardagi 100 ming nafardan ziyod aholi xavfsiz ichimlik suvidan bahramand bo‘ldi.

Maktablarda YUNISEF bilan birgalikda sanitariya va gigiyenaga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularning maqsadi Markaziy Osiyodagi eng qimmatbaho ne’matlardan biri — Suvga hurmat munosabatini tarbiyalashdan iborat.

Suvni tejash — tabiat va ekologiyaga g‘amxo‘rlik qilish demakdir. Bu kelajakka e’tibor hamdir.

Ushbu lavhani tomosha qiling. Nima deb o‘ylaysiz, siz suvni tejash uchun nima qila olasiz?

В рамках совместного проекта Фонда Zamin, МДШО, АО «Узсувтаъминот» при поддержке ЮНИСЕФ «Водоснабжение, санитария и гигиена в общеобразовательных школах» в Бухарской области с 2021 года создаются системы водоснабжения в школах, в которых прежде не было доступа к централизованному водоснабжению.

За это время доступ к чистой безопасной питьевой воде предоставлен для более чем 100 тыс. жителей населенных пунктов, где расположены проектные школы.

В школах проводятся различные мероприятия по санитарии и гигиене совместно с ЮНИСЕФ. Их главная цель — воспитание уважительного отношения к одному из самых драгоценных ресурсов Центральной Азии — Воде.

Бережное отношение к воде — это забота о природе и экологии. Это забота о будущем.

Посмотрите этот ролик. Как вы думаете, что можете сделать вы для экономии воды?

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Zamin Foundation
“Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarining 3-qabuli uchun mashg‘ulotlar yakunlandi. Nukus, Qarshi, Andijon va Toshkentlik bolalar o‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish, o‘rganganlarini namoyish etish uchun ota-onalari va do‘stlarini taklif qilishdi. Bir necha oy davomida ular mediasavodxonlik, dizayn va teatr san’ati asoslarini o‘rganishdi. Videolavhalar yaratish, 3D formatda dizayn loyihalarini ishlab chiqish va sahnada chiqish qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.

"Yolg‘iz kemacha", "Kichkina farishta", "Yerning orzulari", "Imkoniyat". Bitiruvchilarimizning teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari shunday nomlanadi... Ularga yana bir bor e’tibor qaratsangiz, “Zamin Creative” loyihasining asosiy maqsadi — bola orzusini ro‘yobga chiqarish uchun birlashish va imkoniyatlar yaratish haqida qisqacha hikoyani o‘qigandek bo‘lasiz.

“Zamin Creative” studiyasiga 4-qabul yanvar oyida boshlanadi.

Завершились занятия 3-го набора в инклюзивных творческих студиях Zamin Creative. Ребята из Нукуса, Карши, Андижана и Ташкента пригласили своих родителей, и друзей, чтобы поделиться своими достижениями и показать, чему они научились. В течении нескольких месяцев ребята изучали основы медиа-грамотности, дизайна и театрального искусства. Они учились создавать видеоролики, разрабатывать дизайнерские проекты в 3D и выступать на сцене.

«Одинокий кораблик». «Маленький ангел». «Мечты земли». «Возможность». Это названия театральных постановок наших выпускников… А если взглянуть на них ещё раз, то получится короткий рассказ о главной цели проекта Zamin Creative — объединиться и создать возможности для воплощения детской мечты.

4-й набор в студию Zamin Creative начнётся уже в январе.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️500 ta maktabda yangi baholash imtihonlari o‘tkazildi. Yangi tizimning afzalliklari nimada?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 500 ta umumta’lim maktabida CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur maktab o‘quvchilarining ikkinchi chorak yakuniy bilimlari yangi baholash tizimi orqali sinaldi.

🔴 Imtihon jarayonlari mos ravishda ikki smenada hamda o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida tashkil etildi.

🔹Bunda o‘quvchilar choraklik davomida olgan bilimlarini tegishli fanlarga oid berilgan test savollariga to‘g‘ri javobni belgilash orqali sinovdan o‘tkazdi. Maktablarga test savollari kitobchalari va javoblar varag‘i to‘liq yetkazib berildi.

🔹Imtihon jarayonlari vazirlik hamda sohadagi tegishli mutaxassislar tomonidan kuzatib borildi.

❗️Ma’lumot uchun: yangi baholash tizimi ikki turga — summativ va formativ baholash tizimiga bo‘linadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1410

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram