Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ўқитувчилар_қурултойи

"MALAKALI USTOZLAR TAJRIBASIGA YOSH PEDAGOGLAR SHIJOATI QO'SHILSA, KO'ZLAGAN MAQSADLARIMIZGA ALBATTA YETAMIZ"

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tizim faoliyatida yangi metodlarni qo'llash, ta'lim jarayonlari jozibadorligini yanada oshirishda ustozlar fikrini o'rganish maqsadida hududlarda "O'qituvchilar qurultoyi" tashkil etilmoqda.

Bugun Andijon viloyatida tashkil etilgan qurultoy ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilib, tadbir doirasida ustozlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

❗️Unda so'z olgan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev yurtimizning ertangi kuni bo'lmish yosh avlodni mamlakatimizga kerakli kadrlar bo'lib yetishishlari yo'lida eng katta ma'suliyat va mehnat aynan ustozlardan talab qilinishini alohida ta'kidladi.

⚡️Shuningdek, ustozlar uchun seminar-treninglar ham bo’lib o’tdi.
——————

Videolavhalarda Andijon viloyatidagi jarayonlar aks etgan.

#Andijon #Фарғона #23_dekabr

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Инклюзив_таълим
#Фарғона

Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahar alohida ta'limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90-sonli maktab-internatining 4-sinf o‘quvchilari va sinf rahbari tomonidan "Biz hech kimdan kam emasmiz!" shiori ostida maxsus videorolik tayyorlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Фарғона

Fargʻona viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova rahbarligida hududdagi sohaga doir muammolarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tanqidiy ruhda bo’lib o’tgan yig’ilishda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim mudirlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida tuman mudirlari o‘z hududida ta’lim sifatini yanada yaxshilashga doir taqdimotlarini namoyish etishdi.

Unda barcha tuman mudirlarning yillik rejalari, amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalari bilan tanishildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida:

maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish, tizimni raqamlashtirish,
viloyatda ta’lim sifatini va bitiruvchilarni OTMlarga kirish ko‘rsatkichini oshirish,
yangi tartib asosida malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlarni shaffof oʻtkazish,
aholidan kelib tushgan murojaatlarni joyida hal qilish haqida so‘z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Фарғона

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ayni vaqtda Farg’ona viloyatida bo’lib turibdi.

Viloyatdagi uchrashuvlar davomida Farhod Boqiyev maktab direktorlari, ularning o‘quv ishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan uchrashdi.

Unda bugungi kunda mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasida muhim ahamiyat kasb etayotganligi va bu jarayon umummilliy harakatga aylanib borayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, rahbar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim samaradorligini oshirish, muallimlarning o‘z bilimlarini muntazam oshirib borishlari, maktablarda o‘tkazilayotgan pedagogik kengashlarning roli va vazifasi xususida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

❗️Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari Bag‘dod tumanidagi 46-maktab, Gulnora Matqulobod “Bodomlari” ishlab chiqarish korxonasi qoshidagi maktab to‘garagi faoliyati bilan ham tanishdi.

Ushbu korxona tomonidan maktab o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida to‘garak tashkil etilgan bo’lib, mazkur yo‘nalishda maktabninig 21 nafar yuqori sinf o‘quvchilari bodomni qayta ishlash sirlarini o‘rganmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Фарғона

Bugun Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan 5 kunlik seminar-treningning ochilish marosimi bolib otdi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etdi hamda hududdagi ta'lim tashkilotlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, istiqboldagi rejalar hamda yangi loyihalar haqida so‘z yuritdi.

Ochilish marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov va shahar hokimi Shukrulloxon Nisbatullayev ham ishtirok etdi.

Seminar-treninglarda:

"O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish";
"Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini tashkil etish";
"Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari";
"Yurtimizda olib borilayotgan xalqchil siyosatning mazmun-mohiyati: murojaatlarni ko‘rib chiqishda rahbarlarning mas’uliyati" kabi mavzularda so‘z bormoqda.

Trening mashg‘ulotlari joriy yilning 4-avgustiga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM