Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Ўқитувчилар_қурултойи
#Xorazm

VAZIR: TA’LIM ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISHDA FIDOYI USTOZLARNING O‘RNI BEQIYOS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "O‘qituvchilar qurultoyi" doirasida Respublikamiz bo'ylab ustozlar bilan ochiq muloqot hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni vaqtda Xorazm viloyatida boshlangan qurultoyning navbatdagi tadbirlarida vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda hududdagi faol o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazir fidoyi ustozlarimiz xizmati bugun Yangi O‘zbekistonda yuksak qadr topayotgani va pedagog maqomini yanada oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini qayd etib o‘tdi.

Mazkur tashabbuslar natijasi o‘laroq, bugungi kunda Xorazm viloyatidagi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar soni 48,7 foizdan 66,5 foizga oshganligi va joriy yilda Xivada o‘tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etganligini ta’kidladi.

Shu ma’noda soha oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishda joylardagi fidoyi ustozlarning o‘rni katta va beqiyos ekanligini qayd etdi.

✔️Tadbir davomida hududdagi fidoyi ustozlarning 5 nafari "Xalq ta’limi a’lochi" ko‘krak nishoni, 2 nafari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari, 7 nafari “Faxriy yorliq” 9 nafari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.


🔴 Qurultoy jarayonlari xorijiy va mahalliy trenerlar ishtirokidagi seminar-trening tadbirlari bilan davom etmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ўқитувчилар_қурултойи

"MALAKALI USTOZLAR TAJRIBASIGA YOSH PEDAGOGLAR SHIJOATI QO'SHILSA, KO'ZLAGAN MAQSADLARIMIZGA ALBATTA YETAMIZ"

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tizim faoliyatida yangi metodlarni qo'llash, ta'lim jarayonlari jozibadorligini yanada oshirishda ustozlar fikrini o'rganish maqsadida hududlarda "O'qituvchilar qurultoyi" tashkil etilmoqda.

Bugun Andijon viloyatida tashkil etilgan qurultoy ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilib, tadbir doirasida ustozlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

❗️Unda so'z olgan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev yurtimizning ertangi kuni bo'lmish yosh avlodni mamlakatimizga kerakli kadrlar bo'lib yetishishlari yo'lida eng katta ma'suliyat va mehnat aynan ustozlardan talab qilinishini alohida ta'kidladi.

⚡️Shuningdek, ustozlar uchun seminar-treninglar ham bo’lib o’tdi.
——————

Videolavhalarda Andijon viloyatidagi jarayonlar aks etgan.

#Andijon #Фарғона #23_dekabr

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ўқитувчилар_қурултойи

FARG‘ONADA “O‘QITUVCHILAR QURULTOYI” KO‘TARINKI KAYFIYATDA O‘TDI


“Ustoz — ta'lim bunyodkori" shiori ostida o'tkazilgan o‘qituvchilar qurultoyi dasturi doirasida Farg‘ona shahridagi Tadbirkorlar uyi faollar zalida ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, faol faxriy ustozlar hamda 400 nafar farg‘onalik ilg‘or o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda vazir o‘rinbosari Dilshod Kenjayev bugungi kunda jamiyatda o‘qituvchining obro‘sini yanada yuksaltirish borasida fikr bildirdi.

⚡️Yangilanayotgan O‘zbekiston o‘zining ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarini boshdan kechirayotgani, bu ta’lim-tarbiya va ijtimoiy sohalarda yaqqol ko‘zga tashlanayotganini e’tirof etdi.

❗️Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimida joriy yili amalga oshirilgan ishlar borasidagi lavha namoyish qilindi.

Suhbat jarayonida ustozlar o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bidirishdi. Savollarga vazir o‘rinbosari atroflicha javoblar berdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM