Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
110K subscribers
22.1K photos
6.12K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik_tashabbuslar_haftaligi
#live

🔴
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi panel sessiyasidagi nutqidan:

"Barchamizga yaxshi ma’lum, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham, bu ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.

Shu ma’noda “Yangi O‘zbekistonning 2030-yilgacha taraqqiyot strategiyasi”da ta’limni rivojlantirish birinchi o‘rindagi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasiga ta’lim olish huquqi va pedagog maqomi yuzasidan alohida normalar kiritildi.

O‘zbekiston zamini ikki buyuk uyg‘onish davri – Renessansga beshik bo‘lganligini alohida ta’kidlab, Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi buyuk daholar yetishib chiqqanligini aytib o‘tmoqchiman.

Ta’limni rivojlantirish aholisining 60 foizdan ortig‘i yoshlardan, 11 millioni bolalar va o‘smirlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun shubhasiz, strategik masaladir. Albatta, bu demografik dividend bir tomondan mamlakat uchun katta chaqiriq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan katta imkoniyatdir.

Shu jihatdan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, Vatanimizning taqdiri va kelajagi bo‘lgan, zamon bilan hamnafas yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilganmiz. Bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sizlar bilan samarali hamkorlikni davom ettiramiz, degan umiddaman."

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik_tashabbuslar_haftaligi
#live

🔴 "Emirates National Schools" tashkiloti bosh direktori Axmad al-Bastakining “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi panel sessiyasidagi nutqidan:

"Birlashgan Arab Amirliklari hukumati ta’lim rivojlanishini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Biz O‘zbekiston bilan barcha sohalarda, ayniqsa ta’lim sohasida aloqalarni mustahkamlashga intilmoqdamiz.

Biz ta’limni yoshlarimiz uchun porloq kelajakni qurishning asosi, deb bilamiz va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik bu maqsadga erishishda muhim rol o‘ynaydi, deb ishonamiz."

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik_tashabbuslar_haftaligi
#live

🔴 Myunxen texnika universiteti professori Volfgang Herrmanning “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi panel sessiyasidagi nutqidan:

"O‘zbekiston ta’lim taraqqiyoti yo‘lida noyob qadam qo‘ydi. U so‘nggi yillarda ushbu yo‘lda jadal harakat qilayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Bu yerda maktab va oliy ta’limni rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezident maktablari tajribasi hamda o‘zim faxriy Prezidenti hisoblangan Yangi O‘zbekiston universiteti bu boradagi ko‘zga ko‘rinarli tashabbuslardan biridir.

Bugungi panel sessiyada keltirib o‘tilgan hamda O‘zbekistondagi ta’lim islohotlariga doir fikrlar, men o‘ylaymanki, kelajagani ta’lim rivoji bilan bog‘lagan yurt uchun muhim ahamiyatga egadir."

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

🔴 Bugun umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda yurtimizdagi barcha hududdan uchtadan jami 42 ta jamoa ishtirok etmoqda.

❇️Turnirda ishtirok etayotgan jami 294 nafar o’quvchilarga omad tilab qolamiz.

❗️Eslatib o‘tamiz, g‘olib jamoa Oliy ta’lim muassasalariga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilinadi hamda 1 o‘quv yili mobaynida “Zakovat” stipendiyasi bilan rag‘batlantirib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Attestatsiya

🔴 Ayni damda umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o’tkazish jarayonlari boshlanmoqda.

Bugun — 29-oktabr kuni Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinovlar bo’lib o’tadi.

🔴
Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Matbuot_anjumani

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish jarayonlari tafsilotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Ayni vaqtda A.I.Gertsen nomidagi Rossiya Pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filialining yangi kampusi ochilish marosimi boshlandi.

📍 Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

ANDIJONDA "JADIDLAR IZIDAN" RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVINING TUMAN, SHAHAR BOSQICHLARIGA START BERILDI

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt
#Live

🔴 Sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” respublika musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boshlandi.

👉 Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴Ayni vaqtda poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2023-2024-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi boshlandi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o’rinbosari Shohrux Daliyev, Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Dilnoza Kattaxanova, akademik Shavkat Ayyubov, Kimyosanoat Boshqaruv raisi maslahatchisi Sanobar Abdurahmonova, olimpiada gʻoliblari, ularning ota-onalari va oʻqituvchilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

📍Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM