Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
107K subscribers
22.3K photos
6.16K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"Mehrli Maktab" loyihasi doirasida MMTV "УчимЗнаем" gospital maktablar loyihasi bilan birgalikda Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Nukusdagi "Mehrli Maktab" gospital maktablari pedagoglari uchun ochiq darslar o‘tkazdi.

Amaliy seminar va ma’ruzalarda O‘zbekiston pedagogika OTMlari, malaka oshirish institutlarining professor-o‘qituvchilari, maktablar rahbarlari va pedagoglari, sohadagi OTMlar talabalari ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida "Mehrli Maktab" loyihasi va A.I.Gersen nomidagi pedagogika universiteti filiali "Gospital pedagogika" kursi bo‘yicha o‘qituvchilar malakasini oshirishni tashkil etishni nazarda tutuvchi memorandum imzoladilar.

В рамках проекта Mehrli Maktab МДШО совместно с Проектом госпитальных школ «УчимЗнаем» провели открытые уроки для профессионального развития педагогов госпитальных школ Mehrli Maktab из Ташкента, Андижана, Ферганы и Нукуса.

В практических семинарах и лекционных сессиях также приняли участие профессорско-преподавательский состав педагогических вузов, институтов повышения квалификации, руководители и педагоги школ Узбекистана, студенты профильных вузов.

В ходе мероприятия Mehrli Maktab и филиал педагогического университета имени А.И. Герцена подписали меморандум, которым предусмотрена организация повышения квалификации преподавателей по курсу «Госпитальная педагогика».

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Press_tur

Bugun Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning Angren shahriga tashkil etilgan press-tur o’z nihoyasiga yetdi.


⚡️Unda OAV xodimlari viloyatning:

o’quvchilarni kasb-hunarga o’qitish,
inklyuziv ta’lim,
uydagi ta’lim,
maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati Angren shahri misolida tanishtirildi.
_
Fotolavhalarda shahardagi 17-sonli umumta’lim maktabi va 14-sonli Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Хalqaro_hamkorlik
#Инклюзив_таълим

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan inklyuziv ta’limni yanada takomillashtirish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

❗️Unda vazirlik mas’ullari, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakili Ya.Checherina, milliy konsultant Sh.Toʻxtayarova, Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni isloh qilish boʻyicha xalqaro konsultant Yudit Xollenvegerlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida:

Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy asoslar,
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish borasida olib borilayotgan ishlar,
pedagoglar va ota-onalar uchun ishlab chiqilgan metodik adabiyotlar haqida soʻz bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

21-oktabr - O’zbek tili bayrami arafasida “Yilning eng yaxshi o’zbek tili o’qituvchisi” tanlovi g’oliblari aniqlandi.


G’oliblarni taqdirlash marosimidan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri