Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
110K subscribers
21.8K photos
6.1K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Press_tur
#Angren

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Angren shahridagi ta’lim muassasalari faoliyatini o’rganish maqsadida “Toshkent viloyati tajribasi” mavzusida press-tur bo’lib o’tmoqda.

Unda vazirlik mas’ullari, tizim tashkilotlar va hududiy boshqarmalar matbuot kotiblari hamda jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

📍Press tur doirasidagi birinchi manzil Angren shahar 39-maktab bo’ldi.

 
⚡️Ma’lumot uchun: bugungi kunda mazkur maktabda 30 xil turdagi kasb-hunar o’rgatilmoqda.

Maktab o’quvchilari darsdan bo’sh vaqtlarida buyurtma asosida mahalliy va tashqi bozor uchun mahsulotlar tayyorlab berishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik_festivali

📢 NAVOIYDA “KITOBXONLIK FESTIVALI” O‘TKAZILDI

🔵Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Navoiy viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Navoiy viloyatida "Kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tdi.

📣 Ushbu festivalda Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Navoiy viloyat bolalar kutubxonasi, barcha viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

👇Festival doirasida bugun quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi: 👏

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

🎁 Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 20 000 nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olinib, 30 nafar g‘olib o‘quvchilar taqdirlandilar.

🎧 Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishlab, festival tom ma’noda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Navoiy viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati


TelegramFacebook💟Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
#Инклюзив_таълим

🔴 Angren shahridagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan press-tur doirasidagi ikkinchi manzil 18-umumta’lim maktabi bo’ldi.

Bu yerda ishtirokchilar maktabdagi inklyuziv sinflar faoliyati bilan tanishishdi.

✔️ Ma’lumot uchun: mazkur maktabda 3 yil muqaddam tashkil etilgan ikkita sinfda sog‘lom bolalar bilan 5 nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘qishni boshlashgan.

⚡️ Hozirda ularning soni 11 nafarga yetdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM