#Yurist_maslahati
❓Maktabda rus tilidan dars beraman. Rus tili bo‘yicha C1 darajadagi sertifikatim bor. Men mazkur sertifikatga ega bo‘lganim uchun Pedagog kadrlar attestatsiyasi test sinovdan ozod etilamanmi?
Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi "O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-5117-son Qarorining 5-bandi b)-kichik bandida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli bo‘yicha sinovdan ozod etilishi belgilangan.
Ya’ni, attestatsiya jarayonida beriladigan imtiyoz faqatgina ushbu Qarorda ko‘rsatilgan xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan pedagog xodimlar uchun tatbiq etiladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

❓Maktablarda ta’til bo’lgan vaqti ham o‘qituvchi ishga chiqishi kerakmi?

✅ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 114-moddasiga muvofiq, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
Mehnat kodeksining 125-moddasida ish beruvchi xodimning ishlagan vaqtini hisoblab borishi shartligi belgilangan. Ish beruvchi xodimga bajargan ishi uchun haq to‘laydi (Mehnat kodeksining 154-moddasi).
Qonunchilikka muvofiq, umumiy o‘rta-ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘z faoliyatini namunaviy yillik ish reja asosida amalga oshirishadi.
Pedagoglar ish rejasi ikki yo‘nalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat bo‘lib, quyidagi ikki yo‘nalishda shakllantiriladi:
o‘quv-tarbiya jarayoniga oid;
o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid.
O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada har bir pedagog xodimning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda o‘quvchilarni barkamol va ma’naviy yetuk inson etib tarbiyalash maqsadida ularning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borishi hamda pedagog xodimning o‘z ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi.
O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon umumiy o‘rta ta’lim muassasasida olib borilishini inobatga olgan holda, maktabda dars bo‘lmagan davrda ham o‘qituvchilar maktabda faoliyat yuritishi zarur.

❓Men umumta’lim maktabida matematika fanidan dars beraman. Menga har oylik ustama to’lanadi. Ustama olayotgan o‘qituvchilarga ham mukofot puli beriladimi?
Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida" 1-ilovaning 9-bandiga ko‘ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalaridagi tashkil etiladigan ishchi guruh qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi fikrlarini hisobga olib, Jamg‘armada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. Nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr— O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, Nizomning 32-bandida Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlashda adolat va xolislik prinsiplariga amal qilinadi.

❓Bog’chaga qabul qilishda pedagoglarning bolalari uchun ustunlik mavjudmi?

✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son Qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq pedagoglarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli navbatga qo'yish huquqiga ega.
Buning uchun pedagog ota-onalar o‘z bolalarini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirishda yo‘llanmalar olish uchun ustunlik huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini ko‘rsatgan holda davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qiladilar.

KO‘ZI OJIZ PEDAGOG XODIMLAR UCHUN IMTIYOZLAR
❓Men maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars beraman. Ko‘rish bo‘yicha 1-guruh nogironiman. Qonunchilikda nogironligi bor shaxslar, jumladan o‘qituvchilar uchun qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jumladan quyidagi imtiyozlari mavjud:
✔️ Ko‘zi ojiz o‘qituvchilar dars beradigan maktabda har 2 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi uchun 1,0 birlik tarjimon – kotiba lavozimi kiritilgan.
❗️Maktabda 1 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi ishlagan hollarda1,0 birlik tarjimon-kotiba lavozimi kiritilgan.
✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar 30 kalendar ish kunidan iborat uzaytirilgan mehnat ta’tili olishga haqli.
✔️ Mehnat ish haqiga ega bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar har 2 yilda bir marta nogironlik nafaqasini qayta hisoblatish huquqiga ega.
✔️ Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar umumiy qabulning 2% miqdorida kvota asosida OTMga o‘qishga qabul qilinadi. Xususan ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan I-II guruh abituriyentlar 5 balli baholash tizimida og‘zaki imtihon olish tartibida o‘qishga qabul qilinadi.
✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar kasallik toifasiga ko‘ra har 6 oyda yo‘llanma asosida bepul sog‘liklarini tiklashlari ko‘zda tutilgan.
✔️ I-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, xususan, ko‘zi ojiz insonlar yetaklovchisi bilan birgalikda jamoat transportidan bepul foydalanishadi.
✔️ Yoshlar daftariga kiritilgan oilalarning nogiron farzandlari nodavlat ta’lim tizimida o‘qisa, uning ta’lim harajatlari bazaviy stavkaning 50 barobarigacha bo‘lgan qismi subsidiya asosida qoplab beriladi.
✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga sinov muddatisiz qabul qilinadi.
✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat muassasalarida kvotalangan ish o‘rinlari yaratiladi.

📱 Telegram | 📹 Youtube | 📒 Facebook | 📸 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati
❓Men “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” yo‘nalishida magistr diplomiga egaman. Mazkur diplom asosida umumta’lim maktabida informatika fanidan dars o‘ta olamanmi?

✅ Vazirlikning 07.12.2019-yildagi 393-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari"ga asosan maktab o‘qituvchisi uchun quyidagi malaka talablari belgilangan:
✔️ Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun - boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganlik;
✔️ Fan o‘qituvchisi uchun - fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi yoxud fan yo‘nalishiga (xususiyatiga) to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatganlik.
❗️Yuqoridagi holatda diplomingizda qayd etilgan “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” mutaxassisligi tayanch o‘quv rejaga asosan umumta’lim fanlari toifasiga kirmasligi sababli amaldagi mutaxassisligingiz maktablarda tegishli fanlardan dars berish huquqini bermaydi. Maktabda pedagogik faoliyat olib borish uchun o‘rnatilgan tartibda qayta tayyorlov kursini tugatib, tegishli yo‘nalish bo‘yicha diplom olishingiz lozim bo'ladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱 Telegram | 📹 Youtube | 📒 Facebook | 📸 Instagram
❓Men “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” yo‘nalishida magistr diplomiga egaman. Mazkur diplom asosida umumta’lim maktabida informatika fanidan dars o‘ta olamanmi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ Vazirlikning 07.12.2019-yildagi 393-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari"ga asosan maktab o‘qituvchisi uchun quyidagi malaka talablari belgilangan:
❗️Yuqoridagi holatda diplomingizda qayd etilgan “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” mutaxassisligi tayanch o‘quv rejaga asosan umumta’lim fanlari toifasiga kirmasligi sababli amaldagi mutaxassisligingiz maktablarda tegishli fanlardan dars berish huquqini bermaydi. Maktabda pedagogik faoliyat olib borish uchun o‘rnatilgan tartibda qayta tayyorlov kursini tugatib, tegishli yo‘nalish bo‘yicha diplom olishingiz lozim bo'ladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati
❓Metodik birlashma rahbari uchun berilayotgan 10 foiz ustama o‘qituvchilar uchun berilayotgan 40 foiz ustamaning tarkibiy qismiga kiradimi? Yoki 40+10 holatida to‘lanadimi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandida umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari o‘qituvchi sifatida ushbu Nizomning
20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan (40 foizgacha) ustamaga qo‘shimcha ravishda bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.
❗️ Shunga ko‘ra o‘qituvchilarga bir vaqtning o‘zida Direktor jamg‘armasi hisobidan ushbu Nizom talablari asosida 40 foizgacha har oylik ustamaga qo‘shimcha ravishda 10 foiz uslubiy birlashma rahbarligi uchun qo‘shimcha haq (jami 40+10=50%) to‘lanadi.

📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

❓Yangi oʻquv yilidan boshlab B2 sertifikati mavjud bo'lmagan chet tili oʻqituvchilari ishga olinmaydi, deb eshitdim. Bu toʻgʻrimi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 312-sonli Qarori qabul qilingan.
Mazkur Qarorning 9-bandiga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
O‘tgan yili maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayonining davomiyligini ta’minlash, o‘qituvchilarga imkoniyat yaratish maqsadida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021-yildagi PQ-5117-sonli Qarorida 15 ta milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind tillari) xorijiy til sifatida ko‘rsatilgan.
❗️Shunga ko‘ra, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab etiladi.

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil 28-iyuldagi 25-q/q, 4-xx-sonli qoʻshma qaroriga muvofiq, 2022-yil 29-iyuldagi 34-q/q, 15-xx sonli qoʻshma qarorda keltirilgan xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatga ega pedagog xodimlarning ustamalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarga qadar saqlanib qolishi belgilangan.
❗️ Bunda pedagoglar 2023-yil 1-avgustgacha oldingi oʻquv yili uchun belgilangan sertifikatni tegishli daraja (ball)ni qoʻlga kiritgan boʻlsa, ushbu sertifikatning amal qilish muddati davrida unga belgilangan tartibda ustama toʻlanadi.
✔️ Ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlandi.

❓Men ingliz tilidan dars berish uchun umumta'lim maktabiga ishga kirmoqchiman. Bu yil ishga kirishda bizdan B2 darajadagi sertifikat talab etiladimi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 312-sonli Qarori qabul qilingan.
Mazkur Qarorning 9-bandiga muvofiq:
➖ 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi,
➖ 2024/2025-o‘quv yiliga qadar esa umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
❗️ Eslatib o'tamiz, o‘tgan yili maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayonining davomiyligini ta’minlash, o‘qituvchilarga imkoniyat yaratish maqsadida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan.

❓Men yaqinda yangi ishga joylashganim munosabati bilan Samarqand shahriga ko'chib o'tdim. 7-sinfda o'qiydigan o'g'limning ham o'qishini ko'chirmoqchimiz. Maktablarda o'qish boshlangan qaramay farzandimni boshqa maktabga onlayn o'tkaza olamanmi? Buning tartibi qanday?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ Fuqarolar farzandlarining o‘qishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlari hamda Toshkent shahridagi (jumladan, Samarqand shahri) maktablarga ko‘chirmoqchi bo‘lganda, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron platformasi (my.maktab.uz) orqali elektron ariza yuboradilar.
Yuborilgan arizalar uch ish kunida o‘quvchi ko‘chiriladigan maktab tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘quvchi maktabga qabul qilinganda yoki maktabga qabul qilish rad etilganda (sabablari ko‘rsatiladi) ariza yuboruvchiga ariza yo‘llagan tizim orqali javob yuboriladi.
❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 45-bandiga muvofiq, ariza yuboruvchilar (ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan so‘rovnoma noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganda yoki umumta’lim maktabida (qabul qilinayotgan sinfda) bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganda ta’lim muassasalari arizalarni rad etish huquqiga ega.

❓Men ingliz tili o‘qituvchisiman. Yaqinda tug‘ruq ta’tilidan qaytdim. Menga dars taqsimoti ta’tilgacha bo‘lgan davrdagi kabi taqsimlanadimi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining O‘quv jarayonini metodik ta'minlash va darsliklar boshqarmasi hamda Yuridik bo'limi xodimlari javob berishdi.
✅ Adliya vazirligi tomonidan 30.06.2020-yilda "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qaror ro‘yxatdan o‘tgan.
Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 15-bandiga muvofiq, umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, taqsimot har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari bir qator ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, Nizomning 19-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar asosida taqsimlanadi.
❗️Bunda xodim dekret ta’tilidan qaytganda uning darslari qayta taqsimlanadi. O‘qituvchining ko‘rsatkich natijalari yuqori bo‘lsa, (toifa, sertifikat va h.k) unga avvalgidan ham ko‘proq dars soatlari ajratilishi mumkin.
Umuman olganda, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi degan qoida yo‘q.

❓Matematika fani o‘qituvchisiman. Malaka toifam birinchi. Yaqinda xalqaro sertifikatni qo'lga kiritdim. Men ikkita maktabda ishlayman, soatbay ishlayotgan maktabimda ham sertifikat bo'yicha oylik hisoblanadimi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash hamda Moliya-iqtisod departamentlari va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ Joriy yilning 28-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 1-avgustdan boshlab ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.
Mazkur qarorga muvofiq, o'zi dars beradigan fani bo'yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega umuta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga (shu jumladan soatbay va o'rindosh) har oylik ustama to'lab beriladi.
Bunda, o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham asosiy, ham soatbay tarzda dars bersa, o'zi dars beradigan fani bo'yicha tegishli darajadagi sertifikat uchun ularning barchasiga har oylik ustama to‘lovlari amalga oshiriladi.
❗️Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, Sizga ikkala maktabdan ham belgilangan miqdorda ustama to‘lab beriladi.

❓Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Malaka toifam ikkinchi. Bu yil sertifikatimning amal qilish muddati tugadi. Attestatsiya bo‘lmaganligi sababli toifaga topshira olmadim. Menga sertifikatim bo'yicha oylik ustama to'lashda davom etiladimi?

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-79-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etiladi (attestatsiya o‘tkazilmaydi);
2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.
❗️Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizga yangi tartib joriy etilgunga qadar mavjud sertifikatingiz bo‘yicha ustama to‘lashda davom etiladi.

❓Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida men ham qatnashsam bo‘ladimi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ Joriy yilning 28-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024-o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.
Mazkur qaror izohining 7-bandida "Matematika va ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan olingan sertifikatlar boshlang‘ich sinflardagi mutaxassislarning aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qilishi belgilangan.
❗️Bunga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining ona tili va adabiyot fanidan olgan sertifikati ona tili va o‘qish savodxonligi soatlari uchun amal qiladi.
➖ Ushbu qarorda Bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligi tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan beriladigan Milliy Sertifikatlar uchun ustama to‘lashning eng kam miqdori sifatida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun 60 ball belgilab qo‘yilgan.