Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ilmiy_konferensiya
#diffusion_fundamentals
“Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladigan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi boshlandi
Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ochib berdi.
Tadbirda Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya va Avstriya kabi davlatlarning dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi 25 nafar universitet Prezidentlari, olimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.
Konferensiyaning ilk marta mamlakatimizda o‘tkazilishi mahalliy tadqiqotchi-olimlar uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Xususan, kimyo, fizika, kompyutersozlik va matematika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mahalliy tadqiqotchi-olimlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro miqyosdagi olimlar bilan muhokama qilish orqali yanada yaxshilash imkoniga ega bo‘ladi.
Eslatib oʻtamiz, konferensiya 3 kun davom etadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Samarqand viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktablari o‘quvchilari Italiyada o‘tgan Xalqaro festival g‘olibi bo‘ldi
Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablari o‘quvchilari Italiya davlatining Pezaro shahrida bo‘lib o‘tgan "Sun of Italy" festivalida ishtirok etdi.
3-6-sentabr kunlari bo'lib o'tgan festivalda Ispaniya, Andorra, Marokash, Fransiya, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Belgiya, Gruziya, Latviya, Ukraina kabi 10 dan ortiq davlatlardan jami 500 nafarga yaqin iqtidorli bolalar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Bugun Xalqaro festivalning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Festival yakunlariga ko'ra, o‘quvchilarimiz 2 ta yo‘nalish bo‘yicha sovrindor bo'ldilar.
"Tasviriy va amaliy sanʼat" yo‘nalishida:
🥇- 3 ta
🥈- 2 ta
🎤 "Estrada vokal" yo‘nalishida
🥇-2 ta
🥈-1 ta o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Barcha to‘garak aʼzolarimizni g‘alaba bilan muborakbod etamiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukusdagi inklyuziv ijod studiyalariga uchinchi qabul o‘tkazilmoqda. O‘qitish bir nechta yo‘nalish: media, dizayn va teatr san’ati bo‘yicha olib boriladi.
"Zamin Creative"da 20 sentyabrga qadar shu yerda ro‘yxatdan o‘tgan yoshi 15 dan 18 gacha bo‘lgan o‘smirlar tanlov asosida ishtirok etishlari mumkin.
__
В рамках проекта Zamin Creative проводится третий набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане и Нукусе. Обучение будет проводиться по нескольким направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.
Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 15 до 18 лет, зарегистрировавшись до 20 сентября здесь.
Zamin | Facebook | Instagram | YouTube

“Ulug‘bek” jamg‘armasida maktab taʼlimi rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Bugun Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan “Maktablarda taʼlim sifatini oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar” mavzusidagi videoselektorda berilgan vazifalar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
“Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Oqil Salimov boshchiligida tashkil etilgan davra suhbatida yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, sifatli ta’limni amalga oshirish va yuqori natijalarga erishishda soha mutaxassislari oldidagi vazifalar muhokama etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev bugungi kunda maktablarda taʼlim sifatini oshirish, o‘qituvchilar nufuzini ko‘tarish hamda o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida batafsil maʼlumotlar berib o'tdi.
Tadbirda yig‘ilgan maktab direktorlari va taʼlim tashkiloti rahbarlari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

📚“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda
✨Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini avgust-sentyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan.
✨Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yil sentyabr oyining so'nggi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, g‘oliblar 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami arafasida taqdirlanadi.
📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2636
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube