Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.4K subscribers
21K photos
5.96K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xalqaro_olimpiada

35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etgan terma jamoamiz a'zolari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari hamda ota-onalar va ustozlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

❗️Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz a'zolari Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarini qo‘lga kiritishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi hududiy boshqarmalar rahbarlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi tuman,shahar bo‘limlari boshliqlari bugun Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz: Ayni paytda maktabda 15 turdagi kasbga o‘qitilmoqda. Ushbu to‘garaklar ochilishi evaziga maktabning 122 nafar o‘quvchilar o‘qishdan tashqari kasb-hunar egallashmoqda.   

@samarqandvxtb       

Telegram | Facebook
#Касбга_ўқитиш
#Oqdaryo_tajribasi

Bugun “Samarqand viloyatining o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish tajribasini ommalashtirish va pedagogika oliygohlari o‘quv reja va dasturlarini Prezident maktablari dasturlariga moslashtirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📍Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, vazir Hilola Umarova hamda videoselektor orqali hokim o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Odil Abdurahmonov:

Yangi o’quv yilida e’tiboran 500 ta maktabda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o’qitish va baholash tizimini joriy etmoqchimiz. Prezident maktablariga bu yilgi qabul jarayonlarida 1 ta o‘ringa 200 ta nomzodning to'g'ri kelgani ham bu tizimning naqadar samarali berayotganini ko‘rsatdi.

Yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida hokim, ota-ona va maktab o'rtasida uch tomonlama shartnoma imzolash joriy etish ko’zda tutilmoqda.

Hilola Umarova
:

Kasbga o'qitishni joriy qilishda katta-katta korxona rahbarlari bilan tizimni integratsiya qilish, hozirgi bozorda qanday mutaxassislarga talab mavjudligini o'rganish kerak.

❗️Endi malaka oshirish markazlari Respublika bo'ylab bir xil standart asosida tashkil etiladi.

🔴
Ma'lumot uchun, bugun Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va hududiy Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari Oqdaryo tumani 32-sonli maktab tajribasini o'rganish uchun yig'ilishdi.

👉
Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1234
O‘quv yili boshlangani munosabati bilan sizlar uchun "Eco-schools Uzbekistan" dasturi bo‘yicha yorqin, foydalanishda qulay bo‘lgan A4 formatida, eng muhimi, foydali ishchi daftar tayyorlandi.

Bu bir vaqtning o‘zida ham darslik, ham mashg‘ulotlar to‘plamidir. Unda nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilar uchun ham topshiriqlar va amaliy misollar mavjud.
Shuningdek, daftar harakat yo‘nalishining to‘g‘riligini tekshirish imkonini beradigan kompas va xarita vazifasini bajaradi.

Daftar foydalanishingiz uchun qulay bo‘ladi, deb umid qilamiz.
Darvoqe, o‘quv yilingiz qanday boshlandi? Qanday rejalaringiz bor? Taassurotlaringiz bilan bo‘lishing!

Ishchi daftarni bu yerdan yuklab olish mumkin.

__

К началу нового учебного года для вас подготовлена рабочая тетрадь по программе Eco-schools Uzbekistan — красочная, удобного формата А4, а главное — полезная.

Это одновременно и учебник, и шпаргалка. Здесь есть задания и практические примеры как для учеников, так и для… учителей.
Это одновременно и компас, по которому вы сверяете правильность движения, и карта местности.

Очень надеемся, что она будет удобна в использовании для вас.
И, кстати, как начался учебный год? Какие планы? Делитесь впечатлениями!

Скачать рабочую тетрадь можно здесь.

Zamin | Facebook | Instagram