Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.3K subscribers
21.1K photos
5.99K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• anketa (ma’lumotnoma) shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

❗️Shuningdek, agar mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgorlar xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat (uchinchi) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo'lsalar, bu haqda o'z arizalarida ko'rsatishlari lozim.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

☎️Call-markaz raqami: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

⚡️Sizga qulaylik yaratish maqsadida eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilib boramiz.

Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo'lishi talab etiladi?

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o'quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 2021-2022-o'quv yilidagi yillik bahosi 5 ("a'lo") bo'lishi talab etiladi.

Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo'lib o'tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa tanqidiy fikrlash, muommoni hal qilish va ingliz tilidan bo'lib o'tadi.
______

❗️Shuningdek, qabul yuzasidan kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida сall-markaz faoliyati ham yo'lga qo'yilgan.

📞
Call-markaz raqami: 1206

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga necha nafar o'quvchi qabul qilinadi?

2022-2023-o'quv yilida Agentlik tizimidagi barcha ijod maktablarga qabul 7-sinfga bo'lib o'tadi.

❗️Mazkur maktablarga qabul kvotasi doirasida:

🔸
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 40 nafar
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 20 nafar,
🔸Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 40 nafar va
🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar o'quvchi qabul qilinadi.

❗️
O'quv yili yakunlangandan so'ng, o'quvchilar sonidan kelib chiqib, maktabning qabul kvotasi o'zgartirilishi mumkin.

☎️Call-markaz raqami: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?

• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
_____

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar orasida anketa (ma'lumotnoma) ham bor. Mazkur anketa namunasini qayerdan yuklab olishimiz mumkin?

Anketa namunasini portal.piima.uz saytidan quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: https://piima.uz/storage/public/userfiles/files/1/ANKETA%202022-23/Anketa.pdf

❗️Shuningdek, maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi lozim bo'lgan anketa namunasi havola etilmoqda.

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022
#Prezident_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul boshlanishi bilanoq barcha hududlardan koʻplab arizalar kelib tushdi.

Talabgorlar tomonidan yuborilgan hujjatlarda fotosurat va anketa bilan bogʻliq muammolar aniqlandi va tahrirlashga yuborildi.

⚡️Hujjat topshiruvchilarga qulay boʻlishi uchun video-yo'riqnoma tayyorlandi.

❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bo'lishingizni soʻraymiz.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 10-iyun soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#qabul_2022

🔰Joriy yilning 20-iyun sanasidan Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga 2022/2023-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan portali orqali hujjatlarni onlayn topshirish jarayoni boshlanadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

🔹Ariza;
🔸Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, passport yoki ID karta nusxasi);
🔹3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli rasm (oq fonda)

☝️ Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan fan olimpiadalarining III bosqichida “Huquqiy fanlar (Davlat va huquq asoslari)” g‘oliblari hamda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi International English Language Testing System (IELTS 5,5) va CEFR (Common European Framework of Reference) bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikatlari mavjud bo‘lgan abituriyentlarga yo‘nalish bo‘yicha maksimal ball beriladi.

‼️Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar (shu kuni ham soat 24:00 ga qadar) davom etadi.

☎️ Ayni paytda TDYU qoshidagi akademik litseyda o‘qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari telefon raqamlar orqali “Call-center” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin:

o‘zbek tilidagi murojaatlar uchun: ☎️+99871-241-72-44
– rus tilidagi murojaatlar uchun: ☎️+99871-241-75-54
– ingliz tilidagi murojaatlar uchun: ☎️+99871-241-57-44

➡️ Shuningdek, qabul jarayoniga oid tezkor ma’lumotlar akademik litseyning Yuridik akademik litsey telegram kanalida yoritib boriladi.
#Qabul_2022

📣📣DIQQAT, E'LON!

⚡️PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA QABUL E’LON QILINADI!

Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYULdan-20-IYULga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

⚡️Qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Mazkur maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
❗️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 5-sinfga;
❗️Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 7-sinfga qabul bo'ladi.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

☎️Call-markaz raqami: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Matbuot_anjumani
#Qabul_2022

📣Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

⚡️Sizni Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul va kirish imtihonlari yakuni yuzasidan matbuot anjumaniga taklif etamiz!

🔺Matbuot anjumanida Siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik hamda vazirlik mas'ullaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.

Vaqti: 17-avgust kuni soat 15:00 da
🌏Manzil: Prezident ta’lim muassasalari agentligi binosi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube