Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.94K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi.

Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi:


Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir

Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri:

Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz.

❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1576

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan 3 kunlik seminar doirasida bugun mahorat darslari bo’lib o’tdi.

❗️Unda ishtirokchilar sho’balarga bo’lingan holda o’z mahoratlarini oshirishdi.

Mahorat darslarida:

“O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini
olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar”;
”Addiktiv xulq-atvor profilaktikasi (zararli odatlarga qaramlik)” kabi mavzularda so’z bordi.

📍 Ma’lumot uchun, treninglarda Respublikamiz bo’ylab 250 nafardan ortiq ustozlar ishtirok etishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norvich til ta’limi instituti hamkorligida "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun davom etuvchi ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida respublikamiz bo'ylab ingliz tili fani ustozlari ishtirok etishmoqda.

Ushbu loyihaning maqsadi unda ishtirok etuvchi milliy konsultantlarni tayorlash hamda istiqbolda maktablar jamoalari bilan ishlashlariga ko‘maklashishdan iborat.

Mahorat darslari Norwich Til ta'limi instituti direktori Tom Kiddle tomonidan o'tkazilmoqda.

Trening doirasida:

uzluksiz kasbiy rivojlanish konsepsiyasi haqida umumiy tushunchani shakllantirish,
o’qituvchilarning o’z ustida ishlashini qo‘llab-quvvatlash,
o‘qituvchilari orasida uzluksiz ta’lim olish muhitini shakllantirish yo‘llari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maʼlumki, soʻnggi yillarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida oʻtkazilgan oʻquv-seminarida ham ushbu mavzuga doir muhim fikrlar bildirib oʻtildi.

❗️ Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinma va tizim tashkilotlari rahbarlari hamda masʼul xodimlari ishtirok etgan tadbirda yuridik fanlar doktori, professor Boboqul Toshevning:

korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish;

ushbu jarayonlarga keng jamoatchilik vakillarini jalb etish;

sohada byudjet mablagʻlaridan foydalanish, davlat xaridlari, ishga qabul qilish va boshqa yoʻnalishlarda korrupsiya holatlarga yoʻl qoʻymaslik;

"Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan huquqiy normalarni amaliyotga keng tatbiq qilish
mavzulariga doir maʼruzasi tinglandi.

👉 Oʻquv-seminar davomida berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berib oʻtildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo'lib o'tdi.

Gibrid shaklda tashkil etilgan tadbirda vazirlikning hududiy boshqarmalari Tarbiyaviy islar bo'yicha o‘rinbosarlari, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Treninglarda:

“Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish”;
“O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ta’lim muassasalari uchun chop etilayotgan lug‘atlar” kabi mavzularda so'z bordi.

Tadbir so'nggida mas'ullar tomonidan ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javob berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Marshall Cavendish Education“ xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi “Muvaffaqiyatli islohotlar-yuqori natijalar” mavzusidagi seminar-treninglari davom etmoqda.
____________


Qaraqalpaqstan Respublikası Pedagogikalıq sheberlik orayında Singapurdıń "Marshal Cavendish Education" xalıqaralıq bilimlendiriw shólkemi menen birgelikte "Tabıslı reformalar - joqarı nátiyjeler" atamasındaǵı seminar-trening dawam etpekte.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Gyote instituti bilan hamkorlikda “Nemis tili, aniq hamda tabiiy fanlar va kasbga yo‘naltirishdagi yangi yondashuvlar“ mavzusida tashkil etilgan loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik mutasaddilari va Gyote instituti mas’ullari ishtirok etishdi.

Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad maktablarda  nemis tili, aniq, tabiiy fanlari va kasbga yo‘naltirishni  uyg‘un holda o‘qitish metodlari va ta’limdagi yangi yondashuvlardan ustozlarni xabardor qilishdan iborat.

Mashg‘ulotlar Germaniyadagi Gyote Instituti mutaxassisi Bernadett Veress tomonidan olib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM