Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
110K subscribers
22.1K photos
6.12K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
April 20, 2020
Biologiyadan_5_hafta_nazorat_savollari_IBO_Hungry_2019_na'muna.pdf
521.3 KB
April 28, 2020
Forwarded from IT taʼlim
July 19, 2021
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
April 3, 2023
April 15, 2023
#Olimpiada
#Matematika

📍O’zbekiston terma jamoasi ilk bor Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etadi

Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida 40-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Turkmaniston, Turkiya mamlakatlaridan jami 132 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.

❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda. Olimpiada bir bosqichda tashkil qilinib, Ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida yaratilgan kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya va algebra yo’nalishlarida 4 ta masala taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt ajratiladi, har bir masala 10 balldan baholanadi.

Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:

Raxmatov Anvarbek
-Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Xalilov Suxrob - Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
G‘afforov Rasulbek-Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;

Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 8, 2023
May 12, 2023
May 13, 2023
June 13, 2023
June 13, 2023
June 14, 2023
July 17, 2023
January 20, 2024
#Olimpiada
#таълим_саёҳати

Koreys tili olimpiadasi gʻoliblari taʼlim sayohatiga yuborildi

Avval xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamda Koreya taʼlim markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 20-yanvar kuni ilk bora Koreys tili olimpiadasi tashkil etilgan edi.

⚡️ Bugun mazkur olimpiadaning 1 — 5-oʻrinlarini egallagan quyidagi oʻquvchilar Janubiy Koreyaga taʼlim sayohatiga joʻnab ketdi:

Oybekova Robiyaxon Andijon viloyati, Shahrihon tumanidagi 1-maktab oʻquvchisi;
Subhanov Ahmadullo Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 42-maktab oʻquvchisi;
Kim ArturToshkent shahridagi MATES nodavlat taʼlim muassasasi oʻquvchisi;
Noʻmonxoʻjayev Muhammad Namangan shahridagi 34-maktab oʻquvchisi;
Razmatova DianaToshkent shahridagi 35-maktab oʻquvchisi.

📍 Joriy yilning 13 — 21-aprel kunlari ushbu oʻquvchilar ishtirokida Janubiy Koreya Respublikasida turli taʼlim va sayohat dasturlari tashkil etiladi. Taʼlim sayohatining barcha xarajatlari Koreya taʼlim markazi tomonidan qoplanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 14, 2024
#Olimpiada
#таълим_саёҳати

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar taʼlim sayohatida


Koreys tili olimpiadasida 1 — 5-oʻrinlarini egallagan oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari ayni vaqtda Janubiy Koreyada taʼlim sayohatida boʻlib turganligidan xabaringiz bor.

🔹 Oʻquvchilar sayohatning dastlabki kunlarida Jeollanamdo xalqaro taʼlim institutida "Global citizens camp" (Global fuqarolar oromgohi) dasturida ishtirok etishdi. Unda koreyalik oʻquvchi-yoshlar bilan birgalikda:

“Biz chegara bilmaymiz”;

“Yashil energiya”;

“Global taomlar madaniyati”
mavzularidagi qator treninglar hamda sport tadbirlarida qatnashishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 16, 2024
#Olimpiada
#таълим_саёҳати

Oʻzbekistonlik oʻquvchilarning Janubiy Koreyaga taʼlim sayohati yakunlandi

Xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan Koreys tili olimpiadasining 1 — 5-oʻrinlarini egallagan maktab oʻquvchilari Janubiy Koreyada taʼlim sayohatida boʻlishdi.

Unda o‘quvhcilar Jeollanamdo xalqaro taʼlim institutidagi "Global citizens camp" (Global fuqarolar oromgohi) dasturida, Yosu Aqua Planet majmuasi, Okean sanʼat muzeyi, Sariq dengiz boʻyi va Yoosu provinsiyasidagi Xvayang oʻrta maktabiga uyushtirilgan sayohatlarda qatnashishdi.

❗️Sayohat dasturining soʻnggi kunida Seul shahridagi tarixiy Sangyunvan universitetida boʻlishdi va bu yerda xorijiy talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 22, 2024
#olimpiada_2024
#kutib_olish

⚡️TOSHKENTDA PARIJ-2024 SOVRINDORLARI VA ISHTIROKCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan maktablar o’qituvchilari, jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiy va oʻquvchilari qahramonlarimizni kutib olish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida boʻlishdi.

Maʼlumot uchun, Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabimizdan Vatanimiz nomini yanada yuksaklarga ko’taradigan mohir sportchilarimiz, jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqishiga ishonamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 12, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada

Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi qizg'in davom etmoqda.

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 25, 2024