Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_6
⚡️ VIDEOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga videobayonot tarzida javob berishda davom etamiz.
❗️Bugungi videobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:
▶️ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat qilayotgan tarbiyachilarning sohaga doir ilmiy yoki ijodiy faoliyati uchun qo‘shimcha ustamalar belgilanganmi?
▶️ O‘quv yilining IV choragida boshqa maktabdan kelgan o‘quvchini 9 sinfga qabul qilish mumkinmi?
▶️ Tug‘ruq ta’tiliga ketgan bir o‘qituvchining dars soatlari mazkur fandan dars beruvchi boshqa o‘qituvchilar orasida qay tartibda taqsimlanadi? Kimlarga ko‘proq ustuvorlik beriladi?
❕Bayonotlarimiz davom etadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Forwarded from New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
“Buyuk allomalar izidan.” Fizika fanidan final bosqichi g'oliblari taqdirlanadi!
✅ Olimpiadaning fizika fanidan o'tkazilayotgan final bosqichida joriy yilning 9-aprel kuni o'tkazilgan saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan 100 ga yaqin yoshlar ishtirok etishmoqda.
🔴 Olimpiadani quyidagi havola orqali jonli tarzda tomosha qilib borishongiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=SeIjkF2jCTM
📌 Eslatib o'tamiz, fizika fanidan final bosqichida g'olib bo'lganlar bugunning o'zida taqdirlanadi. Mutlaq g'olib 🥇 20 million so'm pul mukofoti, shuningdek, 10 nafar sovrindor esa 2 million so'mdan pul mukofotlari va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olish uchun 38 million so'mlik grant bilan hamda medal va boshqa qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

“Quest: Karriere” - kasblar onlayn marafoniga start berilmoqda...
Raqamli ta'lim mahsuloti qanday ishlab chiqilishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?
✅ 22-aprel kuni soat 13-00da Siz nafaqat raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish jarayoni, balki bevosita IT kasb egalari bilan ham tanishasiz.
✅ Bundan tashqari, Germaniyada ushbu kasblar bo'yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassislar hamda talabalar bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
✅ Jonli muloqot bilan birga Nemis tilini o‘rganishga hamda Germaniyadagi kasblarga qiziquvchilarni “Quest: Karriere” Kasblar onlayn marafoniga taklif etamiz. Marafon 17-21-aprel kunlari “Quest:Karriere UZ” kanalida bo‘lib o‘tadi.
✅Qiziqarli raqamli (digital) kasblar bilan tanishish, Germaniyalik kuchli mutaxassislar bilan suhbatlashish imkonini qo'ldan boy bermang!!!

Forwarded from Hilola Umarova
Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?
So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?
Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.
Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.
Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?
Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.
Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.
Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.
Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.
Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.
Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.
Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.
Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.

Forwarded from Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Natijalar_gapirsin
Koʻplab qiziqishlarga sabab boʻlgan ELEKTROMOBIL namoyishi!
▪️ Shahzod Erkinov - Buxoro viloyati, Vobkent tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Robototexnika" to'garagining 3 yillik a’zosi.
🚗 Yaqinda qahramonimiz mashg'ulotlar davomida olgan bilimlari natijasida o'zining "Elektromobil" mashinasini ixtiro qildi.
☀️ Elektromobil quyosh paneli, shuningdek, elektr toki vositasida quvvatlanadi.
❓ Mabodo, elektromobil kaliti yo‘qolib qolgudek bo‘lsa, uni egasi barmoq izi vositasida ham o‘t oldirish mumkin.
☝️Batamom o‘zbek tilida dasturlashtirilgan.
🔷Elektromobil ayni damda soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Zarur texnik ishlar bajarilsa tezlikni soatiga 100 kilometr va hatto undan ham oshirish mumkin.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
✅ Web-site 📱 Telegram 📒 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTUBE
Koʻplab qiziqishlarga sabab boʻlgan ELEKTROMOBIL namoyishi!
☝️Batamom o‘zbek tilida dasturlashtirilgan.
🔷Elektromobil ayni damda soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Zarur texnik ishlar bajarilsa tezlikni soatiga 100 kilometr va hatto undan ham oshirish mumkin.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navoiylik o'quvchi 20 million so'mlik pul mukofoti sovrindori!
🏆 Bugun "Yangi O'zbekiston" universiteti tomonidan tashkil etilgan "Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning fizika fanidan final bosqichida Navoiy viloyati Navoiy shahridan kelgan Ma'mur Xushvaqtov mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.
✅ Shuningdek, Respublikamizning Buxoro, Namangan, Xorazm va Samarqand kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchilar ham kumush va bronza medali sohibi bo'lishdi. Ularga ham 2 million so'mdan pul mukofoti va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olishlari uchun 38 million so'mlik grantlar taqdim etildi.
🎗 Olimpiada barcha uchun unutilmas tarzda ko'tarinki ruhda o'tkazildi.
#olimpiada #fizika #final
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🏆 Bugun "Yangi O'zbekiston" universiteti tomonidan tashkil etilgan "Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning fizika fanidan final bosqichida Navoiy viloyati Navoiy shahridan kelgan Ma'mur Xushvaqtov mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.
✅ Shuningdek, Respublikamizning Buxoro, Namangan, Xorazm va Samarqand kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchilar ham kumush va bronza medali sohibi bo'lishdi. Ularga ham 2 million so'mdan pul mukofoti va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olishlari uchun 38 million so'mlik grantlar taqdim etildi.
🎗 Olimpiada barcha uchun unutilmas tarzda ko'tarinki ruhda o'tkazildi.
#olimpiada #fizika #final
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
55-Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoa a'zolari ma'lum bo'ldi
Avval xabar berganimizdek, 15-16-aprel kunlari kimyo fanidan nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 3-bosqichi (yakuniy) D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bo‘lib o‘tdi.
2 kun davomida o'quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari xalqaro fan olimpiadalari talablari asosida sinovdan o'tkazildi. Saralash olimpiadasi yakunlari bo'yicha 4 nafar iqtidorli o'quvchi nufuzli xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Ular bilan tanishing:
1. Azizbek Nazarov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
2. Abdulloh Mahmudov — Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o'quvchisi;
3. Sohibjon Dilmurodov — Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
4. Shaxzoda Xakimova — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Eslatib o'tamiz, mazkur nufuzli xalqaro fan olimpiadasi joriy yilning 16-25-iyul kunlari Shvetsariya davlatida bo'lib o'tadi.
57-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida (MChO 2023)
Bundan tashqari, joriy yilning 30-aprel — 7-may kunlari Qozog'istonning Ostona shahrida 57-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi tashkil qilinadi. Mazkur xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini 6 nafar o'quvchi himoya qilishi belgilangan.
Yuqoridagi o'quvchilardan tashqari yana 2 nafar o'quvchi 57-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida ishtirok etishadi:
5.Biloliddin Zuhriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
6.Azizbek Xafizov — Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi;
Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Psixolog_maslahati
#Dunyo_tajribasi
DARSGA XALAQIT BERADIGAN, O‘QITUVCHINI BEHURMAT QILADIGAN BOLALAR BILAN QANDAY MUOMILA QILISH KERAK?
✅ Biz ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarni koyishi, tahqirlaydigan so‘zlar ishlatishi haqida gapiramiz. Tanganing ikkinchi tomonini esa ko‘rmaganga olamiz. Ya’ni, pedagoglarning ish faoliyatiga xalaqit beradigan o‘quvchilar ham borligi haqida ko‘pincha lom-mim demaymiz.
❗️Xo‘sh, o‘qituvchiga yo‘naltirilgan haqoratomuz gaplar ortida aslida nima yashiringan? O‘smirlarning qo‘rsligiga qanday munosabat bildirish lozim?..
Psixologlar tilida bulling deb ifodalanadigan bu holatga doir savollarga javob topish uchun dunyo psixologlarining fikrini o‘rgandik.
👉 Batafsil telegrafda o‘qing.

Telegraph

#Psixolog_maslahati #Dunyo_tajribasi Biz ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarni koyishi, tahqirlaydigan so‘zlar ishlatishi haqida gapiramiz. Tanganing ikkinchi tomonini esa ko‘rmaganga olamiz. Ya’ni, pedagoglarning ish faoliyatiga xalaqit beradigan o‘quvchilar…
#Fakt_va_rejalar
"BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABLARI HAQIDA 3 FAKT
1️⃣ Respublika bo‘ylab 219 ta “Barkamol avlod" bolalar maktablari mavjud. Unda 290 ming nafardan ziyod yoshlar qamrab olingan.
2️⃣ “Barkamol avlod” bolalar maktablarining barchasi xatlovdan o‘tkazilgan.
3️⃣ Sirdaryo viloyati, Gʻijduvon va Sergeli tumanlarida ushbu maskanlar namuna sifatida zamon talablari asosida barpo etildi.
Kelgusida mazkur tajribani butun Respublika bo‘yicha ommalashtirish rejalashtirilgan.
❗️Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi tarmoq to‘garaklarini 2 barobarga oshirish ko'zda tutilmoqda.
_______
📣 HURMATLI OTA-ONALAR!
✔️ Sizga qulaylik yaratish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining yangilangan manzillari veb-saytimizga joylashtirildi.
❗️Shuningdek, maxsus telegram bot ham ishga tushirilgan.
📍Ushbu bot orqali siz to’garak nomlari, aloqa uchun raqam va manzillar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.