Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.2K subscribers
21.1K photos
5.99K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
O‘zbekiston terma jamoasining Xalqaro matematika olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining o‘quv tayyorlov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan mazkur o‘quv jarayonlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy mutaxassis Grigoriy Chelnokov taklif qilingan.

Grigoriy Chelnokov matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o‘qituvchisi bo‘lib, 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoa a’zolarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab keladi.

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) joriy yilning 2-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil:👉https://uzedu.uz/uz/news/1010

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda

Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlovda joriy holatga ko‘ra Respublika bo‘ylab 6885 ta maktablar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining axborot tizimda ro‘yxatdan o'tgan.

Tanlovning birinchi (tuman) bosqichida maktab jamoalarining bilimlari A,B va C bo‘limlardan iborat bo‘lgan 3 ta yo‘nalishda: grammatika, o‘qib tushunish va lug‘at boyligi bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha savollar qiyinlik darajasi oddiydan murakkabga tomon CEFR shkalasi bo‘yicha A1 dan C1 darajagacha oshib boradi.

Tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb topiladi hamda keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha ishtirokchi maktablarga omad tilaydi!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
30 mingdan ortiq fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan xizmatlardan foydalandi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi soha faoliyatiga oid qator jarayonlarni raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da bir nechta elektron xizmatlarni yo‘lga qo‘ydi.

Bugungi kunda fuqarolar ushbu portal orqali quyidagi xizmatlar uchun onlayn arizalar bermoqda:

shahodatnoma dublikatini olish;

eksternat tartibida imtihon topshirish;

bolani bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish;

taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlari nostrifikatsiya qilish;

chet el fuqarolarining farzandlarini maktabga qabul qilish.

Raqamlarga murojaat qilsak, bugungi kunga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 27 651 nafar fuqaro shahodatnoma dublikatini olgan bo‘lib, 4 692 nafari eksternat tartibidagi imtihonlarga tavsiya etilgan.

Shuningdek, 1577 nafar ota-onalarning farzandini boshqa maktabga ko‘chirish, 145 nafar chet el fuqarolarining farzandlarini maktabga qabul qilish bilan bog‘liq onlayn arizalari ijobiy yechim topgan. 684 nafar fuqarolarning taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlari esa nostrifikatsiya qilingan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
VAZIR MUNOSABATI

Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi holat Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan nazoratga olindi.

Ayni damda zo’ravon o’qituvchi hibsga olingan, tergov ishlari olib borilmoqda. Ayol o’qituvchilar esa shifoxonada, vazir ularning holatini o’z nazoratiga oldi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Natijalar_gapirsin

“Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak a’zosi yaratgan ixtiro kelajakda koʻp insonlar hayotini asrab qoladi!

▪️ Ozodbek Hoshimov - Toshkent shahar, Shayxontohur tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Robototexnika” toʻgaragi a’zosi tomonidan gaz, olov va tutun kelib chiqqan holatda tegishli joylarga SMS xabar yuboruvchi qurilma ixtiro qilindi.

📌Batafsil videolavhada koʻrishingiz mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Gospital_pedagogika

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan gospital pedagogikani rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Rossiyaning “УчимЗнаем” maktabi direktori, gospital maktablar loyihasi tashkilotchisi va rahbari Sergey Sharikov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📍Tadbir Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida tashkil etilgan "Mehrli maktab"da bo'lib o'tib, unda O‘zbekiston va Rossiya tomonlaridan masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida Hilola Umarova O‘zbekistonda taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, vazirlik tomonidan olib borilayotgan islohotlar borasida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, "Mehrli maktab” markazida bolalarning sifatli taʼlim berilishi uchun amalga oshirilayotgan vazifalar va kelgusi rejalar borasida fikr bildirdi.

Ikki tomonlama hamkorlikda imzolanayotgan Shartnoma maktab tarbiyalanuvchilarining markazda davolanishi, sifatli ва qulay ta‘lim olishishga ko‘mak berishini alohida taʼkidladi.

❗️ Uchrashuv so‘nggida Maktabgacha ва maktab taʼlimi vazirligi hamda Rossiyaning “УчимЗнаем” gospital maktabi tomonidan “Uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun taʼlim muhitini yaratish” bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
____
✔️Ma'lumot o'rnida, hozirda "Mehrli maktab" davlat ta'lim muassasasida 81 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar va 71 nafar maktab yoshidagi o‘quvchilar mavjud
.

Bu yerda o‘quv jarayonini tashkil etish uchun alohida o‘quv reja tasdiqlangan bo'lib, dars mashg‘ulotlari o'zbek va rus tillarida, 12 ta fandan olib boriladi.

Kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Farg‘onada ham shu kabi gospital maktablar ochilishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram