Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Гулистон шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқ депутатлари Сирдарё вилояти кенгашининг сессияси бўлиб ўтди.
—
В городе Гулистане с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялась сессия Сырдарьинского областного Кенгаша народных депутатов.
#Mirziyoyev #Sirdaryo #sessiya #tashkiliymasala
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
—
В городе Гулистане с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялась сессия Сырдарьинского областного Кенгаша народных депутатов.
#Mirziyoyev #Sirdaryo #sessiya #tashkiliymasala
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев Гулистон шаҳрида Ҳалима Худойбердиева номидаги ижод мактабини бориб кўрди. Шу билан давлатимиз раҳбарининг Сирдарё вилоятига ташрифи якунига етди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил школу творчества имени Халимы Худойбердиевой в городе Гулистане. На этом поездка главы государства в Сырдарьинскую область завершилась.
#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #maktab
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил школу творчества имени Халимы Худойбердиевой в городе Гулистане. На этом поездка главы государства в Сырдарьинскую область завершилась.
#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #maktab
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Sirdaryo
✅ Bugun Guliston shahrida Maktablarni isloh qilish bo‘yicha viloyat kengashi yig‘ilishi bo’lib o’tdi.
📍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktablar direktorlari ishtirok etishdi.
❗️ Vazir Hilola Umarova tomonidan viloyatdagi ta'lim jarayonlari tahlil qilinib, quyidagi taklif va tashabbuslar ilgari surildi:
✔️ Sirdaryo viloyatidagi maktablarda Prezident maktablari tajribasi joriy etiladi.
✅ Bunda Sirdaryodagi 10 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) va yana 11 ta maktabda tajriba-sinov tariqasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning yangicha o‘qitish hamda baholash tizimi asosida darslar yo'lga qo'yiladi.
✔️ Viloyat bo'ylab jami 11 ta maktabda kasb o‘rgatish va ikkinchi xorijiy tillarni o‘qitish jarayonlari joriy etiladi.
Shuningdek, yig‘ilish doirasida:
✔️ Sirdaryo tumanidagi “Furqat” va “Farovon” mahallalarida xususiy sektorni jalb qilgan holda maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish hamda
✔️ maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish bo'yicha takliflar ilgari surildi.
___________
📈 Ma'lumot o‘rnida, so‘nggi 5 yilda viloyatda 13 ta yangi maktablar barpo etilib, qo‘shimcha 7 ming o‘quvchi o‘rni yaratilgan.
Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi ham yaxshilanib, 39 foizga yetdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
✅ Bugun Guliston shahrida Maktablarni isloh qilish bo‘yicha viloyat kengashi yig‘ilishi bo’lib o’tdi.
📍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktablar direktorlari ishtirok etishdi.
❗️ Vazir Hilola Umarova tomonidan viloyatdagi ta'lim jarayonlari tahlil qilinib, quyidagi taklif va tashabbuslar ilgari surildi:
Shuningdek, yig‘ilish doirasida:
___________
Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi ham yaxshilanib, 39 foizga yetdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo
Sirdaryo: yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov Sirdaryoda bo‘lib, bir qator ta'lim muassasalari faoliyatini o’rgandi.
Uchrashuvlar avvalida Singapurning "Marshall Cavendish Education" tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan treningda darslarning mazmun mohiyati, o‘quvchilarga mavzularni oson va qiziqarli yo‘l bilan yetkazishda amaliy topshiriqlarning o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Tashkil etilgan treningni keyingi bosqichini ham yuqori saviyada tashkil etish, hududlardagi hamkasblariga yangi bilim va ko‘nikmalarni yetkazish borasida fikrlar bildirdi.
Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari Yangiyer Pedagogika kollejining yangi o‘quv yilida tayyorgarlik holati va Yangiyer shahar 1-sonli DMTT faoliyati bilan tanishdi.
Muloqot jarayonida maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Sirdaryo viloyati MMTB matbuot xizmati
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Forwarded from Hilola Umarova
#Sirdaryo #MTT
Oʻtgan oyda maktabgacha taʼlimga masʼullar bilan MTTdagi holatlar, muammolar, ularni oldini olish haqida gaplashgan edik. Muammolar, asl holatni oʻrganish uchun muloqotlarning oʻzi kamlik qiladi, albatta.
Shu sabab Sirdaryoga borganimda safarimni viloyatdagi bogʻchalar, ulardagi sharoit bilan yaqindan tanishishdan boshladim.
Bugun farzandlarimizni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishda xususiy, DXSh, oilaviy bogʻchalarning oʻrni katta. Bu tajribalar yoʻlga qoʻyilganiga esa hali koʻp boʻlgani yoʻq. Shu sabab muammolar ham uchrab turibdi. Vazirlik ularning hech biriga befarq emas, hududlarda oʻrganishlarimizda MTT mutasaddilari bilan alohida suhbatlashamiz, murojaatlarni oʻrganib, sharoitlar bilan tanishamiz.
Masalan, Sirdaryo viloyatidagi tadbirkor Aziza Doniyorovaga qarashli “Nihol” nomli oilaviy bogʻchaga borganimiz esda qolarli boʻldi. Yetti yildan beri faoliyat olib borayotgan 50 oʻrinli ushbu muassasada ish qizgʻin. Bu yerda ingliz tili, raqs, karate toʻgaraklari tashkil etilgan. Logoped va psixolog xizmatlari ham yoʻlga qoʻyilgan. Bolajonlar sportning shaxmat, shashka, mental arifmetika va gimnastika turlari boʻyicha juda faol. Yaqinda chempionlarimiz Safiya va Bobur mental arifmetika boʻyicha Dubayda oʻtkazilgan Jahon chempionatida faxrli 1-oʻrinni olib qaytdi. Shuningdek, qizaloqlarimiz Sabina, Xadicha, Malika, Imona, Mohina, Narmina, Solihalar badiiy gimnastika boʻyicha katta yutuqlarga erishgan.
Bolajonlarni yutuqlari bilan tabrikladim, birga ancha gaplashdik. Har safar bogʻchaga borsam sharoit, ovqatlar sifati, tarbiyachilar muomalasi qandayligi haqida tarbiyalanuvchilar – “jajji ekspertlarim”dan soʻrayman. Chunki, rahbariyat qancha muammo yoʻq demasin, yashirmasin bolajonlar yolgʻonni bilmaydi, koʻzi, soʻzi bilan munosabatini bildiradi.
Aslida ham bu sharoitlar, imkoniyatlarimizning barchasi mana shu bolajonlar, kelajagimiz egalari uchun.
@hilola_umarova