Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Rustam Karimjonov
📍Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Termiz shahridagi bir nechta maktablarga tashrif buyurdi

⚜️22-aprel kuni Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov Termiz shahridagi 9-11-12-15-sonli umumtaʼlim maktablariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida:
Variativ oʻquv rejasi
maktab boshqaruv strategiyasi
moliyaviy faoliyati
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etilganligi
kompyuterlar bilan taʼminlanganligi
axborot tizimlaridan foydalanish darajasi
oʻquvchilarning oliy taʼlimga kirish koʻrsatkichlari
kutubxonaning darslik va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanganlik holatlari oʻrganildi.

Tashrifdan asosiy maqsad - maktablardagi mavjud muammolarni oʻrganish va hal etish, oʻquv shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek hududda taʼlim tizimini yuqori pogʻonalarga koʻtarish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berishdan iborat.

#tashrif #termiz #AKT_holati

Facebook | Telegram | Web-site
Forwarded from Rustam Karimjonov
⚡️Yangi o‘quv yilidan Surxondaryo viloyatining 6 ta tumanlari – Jarqo‘rg‘on, Denov, Angor, Sho‘rchi, Sherobod va Sariosiyo tumanlarida AKTga ixtisoslashtirilgan maktablar o‘z ish faoliyatini boshlaydi.

🔍Batafsil o'qish: https://bit.ly/32MzYHf

#tashrif #termiz #AKT_holati

Facebook | Telegram | Web-site
#Prezident_maktablari
#Termiz_shahri

⚡️VAZIRLIKNING HUDUDIY BOSHQARMALARI RAHBARLIK LAVOZIMLARIGA SUHBATLAR DAVOM ETMOQDA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Vazirlik hududiy boshqarmalarining rahbar lavozimlariga nomzodlar bilan suhbatlar tashkil etilayotganligi to'g'risida xabar berilgan edi.

Ayni damda navbatdagi suhbat jarayonlari Surxondaryo viloyatida bo'lib o'tmoqda.

Ishchi guruh tomonidan suhbat jarayonida nomzodlarning:

▶️ rahbarlik, liderlik qobiliyatlari,
▶️zamonaviy fikrlay olishi,
▶️ta'lim sohasida qabul qilingan normativ hujjatlar to‘g‘risidagi bilimlari,
▶️o‘quvchilarga zamonaviy shart-sharoitlarni yarata olish bo'yicha malakalari sinovdan o'tkazilmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Termiz

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.


Uchrashuvlar doirasida Hilola Umarova Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'lib, muassasa jamoasi va bolajonlar bilan suhbatlashdi.

Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim muassasasi faoliyatini yanada yaxshilash kabi mavzularda so‘z bordi.

Shuningdek, Hilola Umarova maktabda tashkil etilgan badiiy gimnastika to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va to‘garakka a’zo qizlar bilan muloqot qildi.

Vazir Surxondaryo viloyatida bog‘cha yoshidagi bolalarni gimnastika to‘garaklariga jalb etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan ham tanishdi hamda o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Ma’lumot o‘rnida: ayni vaqtda Termiz shahrida 32 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularning barchasida badiiy gimnastika to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur to‘garaklar “Sog‘lom zurriyod” shiori ostida tashkil etilgan, darslar malakali ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM