#Maktab_direktorlari_Liderlar_haftaligi_haqida
"Liderlar haftaligi” bizga o‘zgacha motivatsiya berdi"
"Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Liderlar haftaligi” biz kabi ta’lim sohasi xodimlari uchun ayni muddao bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu haftalik davomida bizning Qo‘qon shahrimizda ham yangicha ta’limga asoslangan seminar-treninglar o‘tkazildi.
Mazkur trening darslarini Marg‘ilon shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Nargiza Mullajonova tomonidan o‘tilishi bizga o‘zgacha motivatsiya berdi. Ayniqsa, yangi tashkil etilgan vazirlikning ta’lim sifatini oshirish borasidagi yangicha yondashuvlari barchamizga juda ma’qul bo‘ldi.
Biz bu ta’lim yangiliklari bilan tanishgach, o‘zimiz uchun kelgusi faoliyatimiz samaradorligini oshiruvchi zarur rejalarimizni belgilab oldik."
©️Nigora Egamberdiyeva, Qo‘qon shahridagi 15-maktab direktori

"Rahbarlik faoliyatimni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishga kirishdim"
"Maktab direktorlari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Liderlar haftaligi” doirasidagi seminar-treninglar bizda katta taassurot qoldirdi.
Bu dars jarayonlarida maktab boshqaruvida ko‘mak beradigan qator loyihalarni o‘rgandik. Aniqroq aytganda, maktab direktori qo‘l ostidagilarga yuqori tashkilotlarning topshiriqlarini bajartiruvchi bo‘lib qolmay, masalaga zamonaviy yondashib, boshqarishning samarali usullarini amaliyotga joriy etishiga qaratilgagan muhim yondashuvlar bilan tanishdik.
Men ushbu amaliy ko‘nikmalardan shuni angladimki, maktab faoliyatini yanada rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish, avvalo biz rahbarlarning malakasiga bog‘liq ekan. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda, endilikda o‘z faoliyatimni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishga qaror qildim."
©️Ra’noxon Haydarova,
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 56-maktab direktori