Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
98.3K subscribers
23.9K photos
6.38K videos
142 files
13.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norvich til ta’limi instituti hamkorligida "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun davom etuvchi ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida respublikamiz bo'ylab ingliz tili fani ustozlari ishtirok etishmoqda.

Ushbu loyihaning maqsadi unda ishtirok etuvchi milliy konsultantlarni tayorlash hamda istiqbolda maktablar jamoalari bilan ishlashlariga ko‘maklashishdan iborat.

Mahorat darslari Norwich Til ta'limi instituti direktori Tom Kiddle tomonidan o'tkazilmoqda.

Trening doirasida:

uzluksiz kasbiy rivojlanish konsepsiyasi haqida umumiy tushunchani shakllantirish,
o’qituvchilarning o’z ustida ishlashini qo‘llab-quvvatlash,
o‘qituvchilari orasida uzluksiz ta’lim olish muhitini shakllantirish yo‘llari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maʼlumki, soʻnggi yillarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida oʻtkazilgan oʻquv-seminarida ham ushbu mavzuga doir muhim fikrlar bildirib oʻtildi.

❗️ Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinma va tizim tashkilotlari rahbarlari hamda masʼul xodimlari ishtirok etgan tadbirda yuridik fanlar doktori, professor Boboqul Toshevning:

korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish;

ushbu jarayonlarga keng jamoatchilik vakillarini jalb etish;

sohada byudjet mablagʻlaridan foydalanish, davlat xaridlari, ishga qabul qilish va boshqa yoʻnalishlarda korrupsiya holatlarga yoʻl qoʻymaslik;

"Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan huquqiy normalarni amaliyotga keng tatbiq qilish
mavzulariga doir maʼruzasi tinglandi.

👉 Oʻquv-seminar davomida berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berib oʻtildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo'lib o'tdi.

Gibrid shaklda tashkil etilgan tadbirda vazirlikning hududiy boshqarmalari Tarbiyaviy islar bo'yicha o‘rinbosarlari, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Treninglarda:

“Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish”;
“O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ta’lim muassasalari uchun chop etilayotgan lug‘atlar” kabi mavzularda so'z bordi.

Tadbir so'nggida mas'ullar tomonidan ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javob berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Maktab_chempionlari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norvich til ta’limi instituti bilan hamkorlikda ingliz tili ustozlari uchun kasbiy rivojlanish treninglari tashkil etildi.

Mahorat darslari Norwich Til ta’limi instituti direktori Tom Kiddle tomonidan otkazilib, unda innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim berish, o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim, darslarda zamonaviy metodikalardan foydalanish kabi mavzularda so‘z bormoqda.

"Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda butun Respublikamizdan ustozlar ishtirok etishmoqda.

Treninglar davomida o‘qituvchilar o‘rtasida “Mening kasbiy sayohatim” mavzusida interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Unda ustozlar dars jarayonlari hamda kasbiy faoliyatlari davomidagi muhim tajribalar hamda metodika haqida fikr almashishdi.


Kelgusida ushbu ustozlar o‘z hududlaridagi hamkasblari bilan bu yerda o‘rgangan bilimlarini bo‘lishishadi.

Trening jarayonlari 12-iyulga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Jizzax

🔴 Ayni damda Respublikamiz bo‘ylab “Muvaffaqiyatli islohotlar-yuqori natijalar” mavzusidagi seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbir Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Singapurning “Marshall Cavendish Education“ xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik tashkil etilgan.

__________
📍 Videolavhada Jizzax viloyatidagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi seminar-treningning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Unda maktabgacha va maktab taʼlimi tashkiloti rahbarlari, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.

Mahorat darslari quyidagi mavzularda tashkil etilgan:

Seminar mashg‘ulotlari quyidagi mavzular asosida tashkil etiladi:

Davlat xizmatchisining kasb etikasi va majburiyati;
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning zamonaviy usullari;
ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni natijadorligini oshirish borasida “Qo‘qon va Marg‘ilon tajribasi”ni joriy qilish;
“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish;
jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish.

Treninglar 9-avgustga qadar davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Marshall Cavendish Education“ xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi “Muvaffaqiyatli islohotlar-yuqori natijalar” mavzusidagi seminar-treninglari davom etmoqda.
____________


Qaraqalpaqstan Respublikası Pedagogikalıq sheberlik orayında Singapurdıń "Marshal Cavendish Education" xalıqaralıq bilimlendiriw shólkemi menen birgelikte "Tabıslı reformalar - joqarı nátiyjeler" atamasındaǵı seminar-trening dawam etpekte.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Gyote instituti bilan hamkorlikda “Nemis tili, aniq hamda tabiiy fanlar va kasbga yo‘naltirishdagi yangi yondashuvlar“ mavzusida tashkil etilgan loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik mutasaddilari va Gyote instituti mas’ullari ishtirok etishdi.

Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad maktablarda  nemis tili, aniq, tabiiy fanlari va kasbga yo‘naltirishni  uyg‘un holda o‘qitish metodlari va ta’limdagi yangi yondashuvlardan ustozlarni xabardor qilishdan iborat.

Mashg‘ulotlar Germaniyadagi Gyote Instituti mutaxassisi Bernadett Veress tomonidan olib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda butun Respublikamiz bo‘ylab "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida seminar-treninglarga start berildi.

Unda summativ baholash tizimi joriy etilgan 1500 ta maktabning direktor va direktor o‘rinbosarlari qamrab olingan.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari doirasida:

yangi baholash tizimi bosqichlari va jarayonlari,
mazkur tizimning an‘anaviy baholashdan afzalliklari,
loyihaga asoslangan ta’lim haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.

Treninglar hududlar bo‘ylab 26-avgustga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan o‘quv yilida yangi baholash tizimiga 500 ta maktab qamrab olingan edi. Hozirda ular soni 1500 taga yetdi.

_________
Fotolavhalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Farg‘ona viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Мактабгача_таълим

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodist va tarbiyachilari uchun o‘quv kursi davom etmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar uchun:

bolalarda sanoq koʻnikmalarini rivojlantirish,
ularni aniq fanlarga qiziqtirish,
bolalarning iste'dodini erta yoshda aniqlash va qo'llab-quvvatlash kabi mavzularda so‘z bormoqda.

Ma'lumot o‘rnida, treninglar ertaga, 30-avgust kuni yakuniga yetadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM