Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21K photos
5.96K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#yangiliklar

Xalq taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha loyihaga start berilgan edi.

Tanlov asosida saralab olingan mobil metodik guruh uchun Parijning Yangi Sorbonna universiteti faxriy professori Jan-Klod Beakko tomonidan seminar ham tashkil etilgan edi. Mazkur loyihaning amalga oshirilish jarayonlari haqida kanalimizda bir qancha postlarni e'lon qilgan edik. Endilikda ushbu jarayonning uchinchi bosqichiga start berildi.

Bu bosqichda mobil metodik guruhlar tomonidan respublikamizning bir qancha hududlarida umumta'lim maktablarining fransuz tili o'qituvchilari uchun zamonaviy metodikalarga asoslangan holda an'anaviy malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

❗️A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#yangiliklar

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va Osiyo Taraqqiyot Banki hamkorligidagi STEM fanlarini o'qitishni joriy etishning navbatdagi bosqichi

❇️ Oldingi postlarimizdan birida Osiyo Taraqqiyot Banki A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan umumta'lim maktablarida STEM fanlarini joriy etishda hamkorlik qilish bo'yicha yirik loyiha ishlab chiqilayotgani haqida xabar bergan edik.

❇️ Endilikda mazkur loyiha bo'yicha muzokaralarning navbatdagi kengaytirilgan qismi bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida STEM fanlarni maktablarga joriy etishda o'qituvchilarni tayyorlash uchun malaka oshirish kontentlarini yaratish va ularni LMS platformasiga joylashtirish, 14 ta hududiy markazlardagi STEM labaratoriyalarini rivojlantirish, o'qituvchilarning axborot kommunikatsion texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmalarini baholash hamda shu yo'nalishda ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga kelishib olindi.

♻️ Ma'lumot uchun: mazkur loyiha asosida kelajakda respublikamizning 200 ta maktablarida STEM labaratoriya xonalari tashkil etilib, eng so'nggi zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi kutilmoqda.

❗️A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzating
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#yangiliklar

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlari Finlandiyada malaka oshirmoqda

Ayni paytda institutning bir guruh tadqiqotchi xodimlari stajirovka o'tash uchun Finlandiyada bo'lib turibdi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, Finlandiya davlat ta'lim tizimi bilan yaqindan tanishib, maktab boshqaruv sohasida direktorlarni lavozimiga tayinlash, ularni malakasini oshirish, maktab boshqaruvida medianing rolini aniqlash borasida yangi bilim ko‘nikmalarni egallashdir.

15-29-yanvar kunlari davom etadigan mazkur malaka oshirish kurslari va Finlandiyadagi maktablar tajribasi bilan tanishtirishda davom etamiz.

👉 Batafsil: https://avloniy.uz/uz/press-center/news/448

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#yangiliklar

💬“Raqamli taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar”

🗣Diqqat!
🔵Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining navbatdagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi “Raqamli taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida o‘tkazilmoqda. Mazkur konferensiyada o‘z maqolangiz bilan ishtirok etishga taklif etamiz!

🗓 O‘tkazilish sanasi: 2023-yil, 20-dekabr

🕓 Boshlanish vaqti: 9:30

Axborot xatini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: https://avloniy.uz/uz/scientific-activity/open-data/12

‼️Maqolalar quyidagi elektron manzillarda joriy yilning 1-dekabr sanasiga qadar qabul qilinadi:

✉️ e-mail: [email protected]
📱 telegram: t.iss.one/Gulshan_NRI

📍Konferensiya o‘tkaziladigan manzil:

Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 88-uy, “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasi

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM