Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз

Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 25-bandiga ko'ra, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi, topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

❗️Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Kasbiy_sertifikatlash

Men shu oy boshida tug‘ruq ta’tilidan ishga qaytdim. Maktab direktori o‘rinbosarining aytishicha, ma’lum muddat ish jarayonlaridan uzilib qolganligim sababli kasbiy sertifikatlashdan o‘tishim majburiy ekan, shu to‘g‘rimi?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti”da bu haqida batafsil keltirib o‘tilgan.

❗️Unga ko‘ra, quyidagi pedagoglar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod qilinadi:

homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar);

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng olti oy davomida.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#ommalashtirish

Men oʻz metodik ishlarimni ommalashtirish maqsadida maktab Pedagogik kengashiga topshirdim. Agar metodik ishlarim maktab miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsa, ommalashtirish.uz platformasiga oʻz ishlarimni qanday joylashtiraman?

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-fevraldagi tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasini ommalashtirish tartibi”da bu haqida batafsil aytib oʻtilgan.

Unga koʻra, agar sizning metodik ishingiz Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtirishga loyiq deb topilsa, ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilib keyingi bosqichlarga yuboriladi.

🔹Bunda quyidagi hujjatlar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi zarur:

metodik ishingizga taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishingiz (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;

oʻzingiz toʻgʻringizda maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligingiz boʻyicha diplom nusxasi.

👉 Shundan soʻng sizning metodik ishlaringiz vazirlikning hududiy boʻlinmalarida tegishli fanlar boʻyicha tashkil etilgan Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olish uchun joriy yilning fevral oyida oʻtkazilgan test jarayonlariga kelolmaganlar sinovlarga qayta qoʻyiladimi? Ular uchun boshqa test savollari beriladimi?


Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni mamlakatimizning barcha hududlarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalalarni baholash agentligi tomonidan Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlar uchun 1-bosqich test sinovlari oʻtkazildi.

Tahlillarga koʻra, 144 nafar nomzod turli sabablar (noqulay ob-havo sharoiti, boshqa uzrli holatlar)ga koʻra test sinovlarida ishtirok etmaganligi aniqlandi hamda mazkur pedagoglar uchun 2024-yil 14-mart kuni soat 15:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi (Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy)da test sinovlari oʻtkazilishi belgilandi.

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga koʻra, nazorat savollarini ishlab chiqish, maxfiyligini ta’minlash va test sinovlarini oʻtkazish Agentlik tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

❗️2024-yil 14-mart kuni o‘tkaziladigan test sinovlarida joriy yilning 19-fevral kungi test sinovlarida foydalanilgan variantlar ishlatilmasligi va nomzodlarga boshqa variantlar taqdim etilishini maʼlum qilamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Сўраган_эдингиз
#Янги_Ўзбекистон

Magistraturaga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan qoplab beriladi, deb eshitdim. Men joriy yilda “Yangi O‘zbekiston” universitetining magistratura bosqichiga oʻqishga kirmoqchiman. Yuqorida keltirilgan imtiyoz ushbu oliygohga ham tatbiq etiladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqichida taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlab berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 447-son qaroriga muvofiq, davlat oliy taʼlim muassasalari, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Huquqni muhofaza qilish hamda Bank-moliya akademiyalarining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab beriladi.

❗️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi “Yangi O‘zbekiston” universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5158-son qarorida mazkur Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi ekanligi belgilab qoʻyilgan.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti magistratura bosqichiga qabul shartlari bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Сўраган_эдингиз
#Eksternat_tartibidagi_imtihon

Yoshim 25 da. Baʼzi sabablarga koʻra, oʻz vaqtida maktabni tugatganligim toʻgʻrisidagi shahodatnoma ololmaganman. Yaqinda eksternat tartibida imtihondan oʻtib ushbu hujjatni olish mumkinligi haqida eshitdim. Bu imtihonlarda kimlar ishtirok eta oladi?

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻz vaqtida maktabni tugatganligi toʻgʻrisidagi shahodatnomani olmagan fuqarolar uchun eksternat tartibida imtihon oʻtkazish orqali mazkur hujjatni berish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

Buning uchun fuqarolar har yili 1-martdan 1-mayga (shu kuni ham) qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali eksternat tartibida imtihonlarda ishtirok etish boʻyicha onlayn ariza topshirishlari lozim.

🔹 11-sinf doirasida 18 yoshga toʻladigan va undan katta yoshdagi fuqarolar eksternat tartibida shahodatnoma olish uchun ariza topshiradi. Bu yosh chegarasi umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchilari yoshiga mos ravishda belgilangan.

👉 Maʼlumot uchun: 9-sinf doirasida tegishli yilda 16 yoshga toʻladigan va undan katta yoshdagi fuqarolar ham 9-sinfni bitirganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida imtihonlarda qatnashishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Сўраган_эдингиз
#Eksternat_tartibidagi_imtihon

Eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashmoqchiman. Buning uchun qanday hujjatlar kerak? Qayerga murojaat qilaman?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan “Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”da bu haqida aytib oʻtilgan.

Unga koʻra, fuqarolar eksternat tartibida imtihonlarga ishtirok etish uchun har yili 1-martdan 1-mayga (shu kuni ham) qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Mazkur davlat xizmati bepul.

🔹Fuqarolar roʻyxatdan oʻtish vaqtida soʻrovnomada shaxsiy maʼlumotlari va oʻqigan maktabi toʻgʻrisida (agar oʻqigan boʻlsa)gi tegishli maʼlumotlarni kiritadi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

9-sinf hajmida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun tasdiqlangan baholar (oʻzlashtirish) tabeli yoki maktabning 9-sinfini tamomlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma (pdf formatida) nusxasi;

11-sinf hajmida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun 9-sinfni tamomlaganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma (pdf formatida) nusxasi;

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan 9-sinfdan keyin majburiy oʻrta taʼlimni yakunlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma (pdf formatida) nusxasi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Maktabni bitirganman, oliygohga kirish uchun bu yil yana qayta tayyorlanayapman. Menga 10-11-sinf tarix fani darsliklari zarur boʻlyapti, ushbu adabiyotlarni qayerda topsam boʻladi?

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi kitob.uz platformasida umumtaʼlim maktab darsliklari elektron formatda joylashtirilgan.

Mazkur platformada:

10-sinflar uchun — 238 ta;
11-sinflar uchun — 123 ta elektron darslik namunalari mavjud.

Shuningdek, kitob.uz platformasi orqali maktab darsliklarini audio formatda ham tanishishingiz mumkin.

👉 kitob.uz sayti siz uchun!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan bir martalik pul mukofoti kimlarga beriladi, miqdori qancha?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:

maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.


❗️Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.

💰Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Malaka toifasi olish uchun ariza bergan pedagoglar ishtirokida onlayn repetitsiya oʻtkazilishi haqida eshitdim. Bunda qatnashish kimlar uchun majburiy?


Albatta, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar ishtirokida joriy yilning mart-may oylarida boʻlib oʻtadigan attestatsiya jarayonlaridan oldin onlayn repetitsiyalar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

🔹 Bundan maqsad, pedagoglarning test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish koʻnikmalarini oshirish hamda ularni namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishtirishdan iborat.

✔️ Onlayn repetitsiyalarga joriy yilgi attestatsiyada navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari shaklda ishtirok etish uchun murojaat yuborgan hamda murojaatlari qabul qilingan pedagoglar ishtirok etishadi.

❗️Onlayn repetitsiyada ishtirok etish ixtiyoriy.

Quyidagi pedagoglar onlayn repetitsiyalarda ishtirok etolmaydi:


toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olish uchun murojaat yuborgan pedagoglar;

navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari shaklda ishtirok etish uchun murojaat yuborgan, lekin murojaatlari rad etilgan yoki koʻrib chiqilayotgan pedagoglar.


👉 Maʼlumot uchun: toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olishi mumkin boʻlgan pedagoglar guruhi bilan mazkur havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM