Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
101K subscribers
23.3K photos
6.3K videos
142 files
13.2K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Sherzod Shermatov
Samarqand viloyatidagi qator yoshlarimiz maktabni bitirmasdanoq dunyoning nufuzli universitetlari (Columbia va Duke ham bor orasida) ning talabalari bo’lishganiga guvoh bo’ldik. Bu esa harakat qiladigan yoshlar uchun hozir imkoniyatlar ko’pligidan dalolat beradi.

Yoshroq o’quvchilarimiz bilan uchrashuvda ularning dasturlash bo’yicha loyihalarini berilib tushuntirishlarini ko’rib, bu farzandlarimiz harakati ularni kelajakda yanada yuqoriroq marralarga erishishiga yordam beradi deb umid qilamiz. Ularning orasida telegram kanallari orqali dizayn uchun buyurtma olib, hozirning o’zida oyiga 3-5 mln so’m topayotgani ham bor ekan.

Yana bir bor, yoshlarimiz vaqtini behuda o’tkazmay, kimdir nimadir qilib berishi kerakligini kutib o’tirmay, internetdan imkoni boricha unumli foydalanib, kelajaklari uchun imkoniyatlarini kengaytirib borishlari kerak.

#Yoshlar_kelajagimiz #IT_nation #English_speaking_nation