UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.96K subscribers
18.8K photos
1.51K videos
260 files
8.56K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
Barchangizni 2023-yil 4-mart kuni soat 11:00 da oliygoh madaniyat saroyida universitetning Sportni boshqarish va turizm fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Otalarga ehtirom” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbirga chorlab qolamiz.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
E'lon!

joriy yilning 7-mart kuni
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “SEN AZIZ VA MUQADDASSAN, MO‘TABAR AYOL!” mavzusida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga taklif etamiz.

Tadbir mehmonlari
taniqli so‘z ustasi Zokir Ochildiyev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
🌎 Oʻyin kuni

🏆 U-20 Osiyo kubogi

🇮🇶 Iroq 🆚 Oʻzbekiston 🇺🇿
📆 4-mart | 19:00
🏟 “Bunyodkor” stadioni

Barcha futbol ishqibozlarini yoshlarimiz qoʻllab-quvvatlash uchun stadionga chorlab qolamiz.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand uchun jonidan kechar aziz otalar!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni boshqarish va turizm fakulteti tashabbusi bilan “Otalarga ehtirom” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-musiqiy tadbir davom etmoqda.

Tadbirda talabalar tomonidan ajoyib sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Otalarga hamisha ehtiromda bo‘lmoq ham farz ham qarzdir!

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni boshqarish va turizm fakulteti tashabbusi bilan “Otalarga ehtirom” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sportni boshqarish va turizm fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Otalarga ehtirom” mavzusidagi tadbirdan videolavha.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh rahbariyatning kengaytirilgan tartibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-son qarori ijrosi, shuningdek, joriy yilning may oyida universitetda o‘tkaziladigan akkreditatsiya va attestatsiya jarayonlariga tayyorgarlik hamda kun tartibidagi boshqa muhim masalalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirilib, qilingan va qilinayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglandi.

Yakunda esa universitet rektori tomonidan barcha rahbar xodimlarga yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq va ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Sambo bo‘yicha Universitet ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi

2023 yil 4-mart kuni O‘zDJTSUda Kurash fakultetining Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan sambo sport turi bo‘yicha Universitet ochiq birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Qizg‘in jarayonlarga boy bo‘lgan mazkur musobaqada talaba-yoshlar turli vazn toifalarida o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Yakunda esa sovrindorlarga kafedra hamda O‘zDJTSU sport klubi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
OT SPORTI YoSh TADQIQOTCHILAR NIGOHIDA

Joriy yilning 4 mart kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan markaziy “IPPODROM”da Toshkent shahar Chavandozlar maktabida tarbiyalanayotgan yosh chavandoz-sportchilarning jismoniy rivojlanishi, funksional holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu tadqiqot ishlarida O‘zDJTSU Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Yoldashov bilan bir qatorda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining yetakchi olimlari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Bugun Ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimlari hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari shuningdek, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun Rossiya Federasiyasining “SPORTINSAYT” kompaniyasi sport texnologiyalari eksperti Kasmov Aydar Galimovich  ishtirokida master-klass o‘tkazildi.

Unda “SUPLES” k
o‘p funksiyali uskunasidan foydalangan holda yunon-rum kurashi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar yordamida sportchilarning chidamlilik, koordinasion harakatlar va tezkor-kuch qobiliyatlarini rivojlantirish usullari namoyish etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
E’tirof!

Sportchilar oilasining moʻtabar ayoli!

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab, nafosat egalari bo‘lmish ayollar bayrami shukuhi kezib yuribdi. Har yili anʼanaviy tarzda nishonlanib kelinayotgan “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining fidoyi va jonkuyar pedagogi, professor, Klara Tashkenbayevna Shakirjanova “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

K.Shakirjanova ko‘pyillik samarali ilmiy-pedagogik hamda rahbarlik faoliyatlari davomida universitetimizning rivojlanishi, shuningdek, uning izchil taraqqiy etishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Ustozni universitet jamoasi nomidan ushbu mukofotlari bilan samimiy tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy xotirjamlik tilaymiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
O‘zDJTSU: Ijarada yashaydigan talabalarni vaqtincha ro‘yxatga olish ishlari boshlandi.

Joriy yilning 10 mart kuni Ko‘pkurash sport turlari fakultetining 20 nafar ijarada yashaydigan talabalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari olib borildi. Bu jarayon bevosita xonadan egalari bilan birga amalga oshirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston IT Park mutaxassislari va oliygoh talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tayyorgarlik

joriy yilning 25 mart kuni start oladigan Og‘ir atletika bo‘yicha Kattalar o‘rtasidagi hamda U20 O‘zbekiston chempionatiga universitet jamoasi qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Aytib o‘tish kerakki, universitet jamoasidan 10 ta vazn toifasi bo‘yicha 15 nafarga yaqin sportchilar medallar uchun bahslarga kirishadi.

Shuningdek, chempionatda olimpiya chempionlari Akbar Jurayev va Ruslan Nuriddinovlarning ham ishtiroki kutilmoqda.



Команда Университета ведет активную подготовку к Чемпионату Узбекистана по тяжелой атлетике среди взрослых и U20 который пройдет 25 марта.

Необходимо отметить, что 15 студентов-спортсменов в составе сборной команды Университета будут бороться за медали в 10 весовых категориях.

На чемпионате, также ожидается участие Олимпийских чемпионов Акбара Джураева и Руслана Нуриддинова.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat_ligasi

O'zDJTSU: Zakovat ligasining 4-turi bo'lib o'tdi.

📹 Batafsil videolavhada ko'rishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
#UNIVERSIADA_2022

Surxondaryo viloyatida Badminton sport turi bo‘yicha “Universiada_2022” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalaridan tashkil topganToshkent viloyati terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

Barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Universitet jamoasi talabalarni tabriklagan holda, Toshkent viloyati terma jamoasiga keyingi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaydi!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔜 18 kun davom etgan Qit’a birinchiligining hal qiluvchi oʻyiniga sanoqli soatlar qoldi.

🏆 Bugun tunda 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionining nomini bilib olamiz.

Olgʻa, Oʻzbekiston!

🇺🇿🆚🇮🇶

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi U-20 Osiyo kubogi final uchrashuvini kuzatish uchun stadionga tashrif buyurdi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
#Live

Ayni daqiqalarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Renessans” telekanalida bu yilgi qabul jarayonlariga tayyorgarlik xususida eksklyuziv intervyu bermoqda.

Jonli efirni, “Renessans” telekanali va vazirlikning Facebook sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Youtube:
https://www.youtube.com/watch?v=fKW9wh0H72E

Facebook:
https://www.facebook.com/events/1182838539056030/



Министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов дает эксклюзивное интервью телеканалу «Ренессанс» о подготовке к поступлению в высшие образовательные учреждения в текущем году.

Прямую трансляцию можно посмотреть на телеканале «Ренессанс» и на странице министерства в Facebook.

Youtube:
https://www.youtube.com/watch?v=fKW9wh0H72E

Facebook:
https://www.facebook.com/events/1182838539056030/

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Yangiliklar

⚡️  O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2024/2025 o'quv yillarida bakalavr/magistratura mutaxassisliklari bo'yicha bir nafar talabani to'lov-kontrakt shaklidagi bir yillik o'qitish qiymati e'lon qilindi...


➡️ Yuklab olish :
https://jtsu.uz/uz/e/pages/3279-kontraktmiqdori

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook